1-mavzu. Pul mablag‘lari va hisob-kitoblar hisobi Mavzu rejasi


Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana09.09.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1674933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar 
(5500)ning bog‘lanishi 
№ 
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni 
Schyotlarning 
bog‘lanishi 
Debet 
Kredit 

Akkreditivlarga pul mablag‘lari o‘tkazildi 
5510 
5110-5220 

Qondirilgan da’volar summasining maxsus schyotga 
kelib tushishi 
5510-5530 
4860 

Depozit ishtirokchisi sifatida aksiya obunachilaridan 
bo‘nak summasining olinishi 
5530 
6320 

Qisqa 
muddatli 
bank 
kreditlari 
hisobidan 
akkreditivlarga pul mablag‘lari o‘tkazildi 
5510 
6810 

Sotish xarajatlarining to‘lovi chek bilan amalga 
oshirildi 
9410 
5520 

Ishlatilmagan 
summaning 
muddat 
oxirida 
qaytarilishi: 
a) akkreditivlar 
b) chek daftarchalari 
5110-5220 
5110-5220 
5510 
5520 

Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga bo‘lgan 
qarzni to‘lashda akkreditivdagi summa hisobdan 
chiqarildi 
6010 
5510 

Akkreditivdan bo‘nakning berilishi 
4310-4330 
5510 

Sug‘urta bo‘yicha qarzlarning akkreditiv mablag‘lari 
hisobiga qoplanishi 
6510 
5510 
10 
Boshqa kreditorlarning xizmatlari uchun to‘lovlarda 
ishlatilgan cheklar summasini hisobdan chiqarish 
6990 
5520 
7. Hisobdor shaxslar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar hisobi 
Hisobdor shaxslar bilan hisoblashishlar mayda xo‘jalik xarajatlarini va xizmat safar 
xarajatlarini to‘lashda sodir bo‘ladi.
Demak, hisobdor shaxslar – kelgusi ma’muriy-xo‘jalik va safar xarajatlari uchun pul 
mablag‘larini oldindan olgan xodimlardir. Hisobdor shaxs sifatida kassadan naqd pul 
oladigan xodimlarning ro‘yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Beriladigan pul 
miqdori cheklangan:
- xo‘jalik ehtiyojlari uchun beriladigan naqd pul korxona smetasida nazarda tutiladi;
- safar xarajatlari uchun beriladigan pul safar muddati va boradigan joyiga bog‘liq.
Safar xarajatiga pul berishda yo‘lkira (ikki tomonga), sutkalik va yotoq (turar joy 
ijarasi) xarajatlari hisoblab chiqiladi. 


Korxonada safarga ketgan va kelgan shaxslarni ro‘yxatga olish jurnali yuritilib, 
hisobdor summa operatsiyalari korxona buxgalteriyasida 4220 - «Xizmat safarlari 
uchun berilgan bo‘naklar» schyotlarida hisobga olinadi. Bu aktiv schyot bo‘lib, debet 
qoldig‘i hisobdor shaxsining korxonadan bo‘lgan qarzini ko‘rsatadi. Bu schyotning debetiga 
kassa chiqim orderiga asosan yangi avans summasi berilganda, kreditga esa – avans 
hisobotiga asosan sarflangan va kirim kassa orderiga asosan qaytarib topshirilgan 
foydalanilmagan summa yoziladi. 
Hisobdor shaxslar oldindan olingan bo‘nak summasidan ortiqcha xarajat qilgan bo‘lsa, 
hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan ortiqcha qilingan xarajatlar summasiga 6970-«Hisobdor 
shaxslarga qarzlar» schyoti kreditlanadi. Ushbu ortiqcha qilingan xarajat summasi hisobdor 
shaxsga qaytarilganda 6970-schyoti debetlanib, 5010-«Milliy valyutadagi pul 
mablag‘lari» schyoti kreditlanadi. Ushbu jurnal-order kombinlashgan registr bo‘lib, bir 
qatorga yozish yo‘li bilan sintetik va analitik hisobni o‘zida mujassamlashtirgan. Bunda 
har bir hisobdor shaxsga berilgan summa uchun jurnal-orderda bir qator ochilib, unga 
hisobdor shaxsning avans hisoboti bo‘yicha sarflangan xarajat, qaytarib topshirilgan 
foydalanilmagan summa yozib boriladi. Bunda 7- jurnal-order shaklidan 
foydalaniladi. 
Agar korxona tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘illansa, xorijiy safar bo‘yicha 
xarajatlarni hisobga olish zaruriyati tug‘iladi. Xorijiy safar xarajatlari uchun pul 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan me’yor bo‘yicha 
to‘lanadi.
Xorijiy valyutada qilingan safar xarajatlari maqsadli tayinlanishiga qarab 4220-
schyotidan mahsulot (ish va xizmat) lar tannarxiga (2010-schyot) yoki davr xarajatlariga 
(9400-schyot) yoki xorijdan sotib olingan asbob-uskunalarga (0720-schyot), materiallarga 
(1000-schyot), tovarlarga (2910-schyot) o‘tkaziladi. Schyotlarga xarajatlar xorijiy valyuta 
va so‘m ekvivalentida yoziladi. Hisobdor shaxslarda qolgan valyuta ham qaytadan 
baholanib natija 9620 yoki 9540 - schyotlarga o‘tkaziladi. 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling