1-mavzu. Pul mablag‘lari va hisob-kitoblar hisobi Mavzu rejasi
Bank kreditlari va qarzga olingan mablag‘larni hisobga olish
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
9. Bank kreditlari va qarzga olingan mablag‘larni hisobga olish
Bank kreditlari korxonalarning qarzga oladigan mablag‘larining muhim manbai bo‘lib hisoblanadi. Korxonalarning banklar bilan olib boriladigan kredit - hisoblashish munosabatlari ixtiyoriy asosda bo‘lib, ikkala tomonlarning manfaatdorligi asosida tuziladi. Kreditlar xo‘jalik hisobida turgan, mustaqil balansi va o‘z aylanma mablag‘lariga ega bo‘lgan korxonalarga, odatda, yiriklashtirilgan kredit ob’ektlari uchun beriladi. Bank kreditlar quyidagi tamoyillarga qat’iy amal qilib boradi: kreditni qaytarib berish, muddatlilik, maqsadlilik, to‘lovlik ta’minlanganlik tamoyillari. Bank kreditlarini olish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar hisobi 6810-«Qisqa muddatli bank kreditlari» va 7810-«Uzoq muddatli bank kreditlari» schyotlarida aks ettiriladi. Bu schyotlar passiv bo‘lib, ularning qoldiqlari hisobot davri boshiga qaytarilmagan qarzlar summasini ko‘rsatadi, debet oboroti - kreditni qaytarilishini, kredit oboroti esa olingan kredit summasini aks ettiradi. Kredit olinganda, Dt 5010, 5110, 5210, 5510, 6010-schyotlari, Kt 6810 va 7810- schyotlari. 6810 va 7810-schyotlarning debetida kreditlarni qisman yoki to‘liq qaytarilishi aks ettirilib 5110, 5210 va 5510-schyotlar bilan korrespondentlanadi. Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomga binoan qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditdan foydalanganligi uchun to‘lanadigan foiz summasi moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatga o‘tkaziladi. Demak kreditdan foydalanganligi uchun hisoblangan foiz summasiga, Dt 9610-«Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar» schyoti, Kt 6920-«Hisoblangan foizlar» schyoti. Foiz summasi bank muassasalariga o‘tkazib berilganda Dt 6920-«Hisoblangan foizlar» schyoti, Kt 5110-«Hisob - kitob» schyoti. Bank kreditlarining analitik hisobi kredit turlari va kredit bergan banklar va alohida muddatida qaytarilmagan kreditlar bo‘yicha yuritiladi. Bank kreditlarining hisobi 4- jurnal - orderda olib boriladi. Korxonalarda ishchi va xizmatchilarga yakka uy - joy qurish, dalabog‘ uylarini qurish, ishchi va xizmatchilarga kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha savdo tashkilotlari bilan hisob - kitob qilish uchun banklardan kredit olish keng rivojlanmoqda. Bu operatsiyalar bo‘yicha xodimlar bilan olib boriladigan hisob - kitoblar 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzi» va 4720-«Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzi» schyotlarida yuritiladi. Bu schyotlar aktiv bo‘lib, debetida xodimlarga berilgan qarzlar, kreditida ushbu qarzlarning qaytarilishi aks ettiriladi. Bu operatsiyalar quyidagi yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi: Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha topshiriq - majburiyatni to‘lash uchun bankdan kredit olindi, Dt 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzi», Kt 6810 yoki 7810-schyoti. Ishchi va xizmatchilar kreditga olingan tovarlar bo‘yicha o‘z qarzlarini qaytarganda, Dt 5010 yoki 6710, Kt 4710-schyoti. Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha banklardan olingan qarz aytarilganda, Dt 6810 yoki 7810, Kt 5110-«Hisob - kitob schyoti» schyoti. Ishchi va xizmatchilarga uy-joy qurilishi, dalabog‘ qurilishi uchun banklardan kredit olinganda, Dt 5010 yoki 5110, Kt 6810 yoki 7810-schyoti. Ishchi va xizmatchilarga uy-joy qurilishi va dalabog‘ uylarini qurish uchun kredit berilganda, Dt 4720-«Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzi», Kt 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» yoki 5110-«Hisob-kitob schyoti» schyotlari. Ushbu qarzlar qaytarilganda, Dt 5010 yoki 6710, Kt 4720-schyot. Bankdan olingan qarz to‘langanda, Dt 6810 yoki 7810, Kt 5110-schyot. Yuqorida aytib o‘tilgan kreditlardan tashqari, ishchi va xizmatchilarga foizsiz kreditlar ham berilishi mumkin. Bu kreditlar qurilish, kapital ta’mirlash, uy-joylarini kengaytirish uy-ro‘zg‘orlari bilan ta’minlanish uchun korxonaning bo‘sh mablag‘lari hisobidan beriladi. Bunday kreditlar berilganda quyidagicha buxgalteriya yozuvi rasmiylashtiriladi: Dt 4790-«Xodimlarning boshqa qarzi», Kt 5010 yoki 5110-schyot. Ushbu kreditlar qaytarilganda aksincha rasmiylashtiriladi. Korxonalar boshqa korxona va tashkilotlardan qarz olishi mumkin. Qaytarish muddatiga qarab bu kreditlar qisqa muddatli (bir yilgacha muddatga) va uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatga) bo‘lishi mumkin. Korxonaning qarz beruvchilar bilan bo‘ladigan hisob-kitob operatsiyalari 6820-«Qisqa muddatli qarzlar» va 7820-«Uzoq muddatli qarzlar» schyotlarida hisobga olinadi. Bu schyotlar passiv bo‘lib, mamlakat ichidagi va xorijdagi qarz beruvchilardan davlat va xorijiy valyutalarda olingan kreditlar va boshqa jalb qilingan mablag‘lar bo‘yicha hisob- kitoblar holati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan. Bunday qarzlar olingan vaqtda Dt 5110, 5210 – schyotlar, Kt 6820 va 7820-schyotlari. Bunday qarzlar qaytarilganda aksincha provodkalar beriladi. Korxona tomonidan qisqa muddatli va uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar, xususan aksiyalar, obligatsiyalar chiqarib sotish yo‘li bilan chetdan mablag‘lar jalb qilish, shuningdek berilgan veksellar bo‘yicha qarzlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar 6830- «To‘lanadigan obligatsiyalar», 6840-«To‘lanadigan veksellar», 7830-«To‘lanadigan obligatsiyalar» va 7840- «To‘lanadigan veksellar» schyotlarida hisobga olinadi. Bu schyotlar passiv bo‘lib qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlar chiqarib sotilsa yoki veksellar berilsa, Dt Pul mablag‘larini hisobga oladigan schyotlar, Kt 6830 yoki 6840- schyotlar. Qisqa va uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar summasiga Dt 9610-«Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar» schyoti, Kt 6920-«Hisoblangan foizlar» schyoti. Ushbu foizlar to‘lansa Dt 6920- schyoti, Kt 5010, 5110- schyotlari. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling