1-mavzu. Pul mablag‘lari va hisob-kitoblar hisobi Mavzu rejasi


 Kassa operatsiyalarini hisobga olish


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana09.09.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1674933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2. Kassa operatsiyalarini hisobga olish 
Naqd pullar va qimmatbaho qog‘ozlarni saqlash uchun har bir korxona, muassasa va 
tashkilotlarda kassa mavjuddir. Kassa muomalalari «O‘zbekiston Respublikasida kassa 
muomalalarini amalga oshirish tartibi haqida» gi Markaziy bankning ko‘rsatmasiga asosan 
amalga oshiriladi. 
Har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ekt kassa (gazna) uchun maxsus jihozlangan xona yoki 
xonalarni ajratishi lozim. Ushbu xonalar temir eshik, temir panjaralar, ogohlantiruvchi 
jihozlar, temir seyf va temir shkaflarga ega bo‘lishi, pul berish tuynukchalari va xodimlar 
olgan pulini hisoblaydigan stol va stullar o‘rnatilgan kichik xonaga ega bo‘lishi lozim. 
Kassada doimiy saqlanadigan naqd pulning miqdori bank bilan kelishilgan holda 
belgilanadi. Ma’lum muomalalar (mehnat haqi, nafaqa…) uchun olinadigan naqd pullar 3 
kungacha (olingan kundan boshlab) saqlanishi mumkin. Kassa muomalalarini amalga 
oshirish jarayonida quyidagi hujjatlar tuziladi: 
- «Kassaning kirim orderi» - kassaga naqd pul kirim qilinayotganda. Unga bosh 
hisobchi imzo chekadi va pattasi qirqib olinadi; 
- «Kassaning chiqim orderi» - kassadagi naqd pullarning chiqishiga asos bo‘ladi. 
Unga sub’ektning rahbari va bosh buxgalteri imzo chekadilar. Ayrim hollarda (mehnat 
haqi berilayotganda – to‘lov qaydnomasi, yakka tartibda pul olganda – ariza va boshqalar) 
boshqa qo‘shimcha hujjatlar tuziladi; 
- «Kirim va chiqim orderlarini qayd qilish jurnali». Bu jurnal buxgalteriyada 
yuritilib unda har bir kirim va chiqim orderi qayd qilinadi va tartib nomeri qo‘yilib olingan 
va sarflangan naqd pullarning harakati va yo‘nalishi ustidan nazorat qilinadi; 
- «Kassa kitobi» - uni kassir yuritadi. Kitobning betlari nomerlangan va oxirida 
betlar soni ko‘rsatilib muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Kassa kitobidagi yozuvlar 2 nusxada amalga oshiriladi. 1-nusxasi hisobot sifatida 
tegishli hujjatlar bilan buxgalteriyaga topshiriladi va 2-nusxasi esa kassirda saqlanadi. 
Kassaning hujjatlarida tuzatish yoki uchirib yozishga ro‘xsat berilmaydi. 
Kassada naqd pullardan tashqari qimmatbaho qog‘ozlar (aksiya, obligatsiya), pul 
hujjatlari (yo‘llanmalar), transportda yurish biletlari ham saqlanadi. Naqd pullarning 
harakatini hisobga olish 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» va 5020-«Xorij 
valyutasidagi pul mablag‘lari» nomli sintetik, aktiv schyotlarda amalga oshiriladi. Ushbu 
schyotlarning debetida oy boshidagi qoldiq, oborotida oy davomidagi naqd pulning kirimi, 
kredit oborotida esa naqd pullarning oy davomidagi chiqimi – sarfi hisobga olib boriladi. 
Kredit summalari guruhlashgan holda 1-jurnal orderda, debet summalari 1-
qaydnomada jamg‘arilib boriladi. 
Hozirgi vaqtda tezkor muomalalarni amalga oshirish va mehnat haqini o‘z vaqtida 
to‘lash maqsadida yirik kompaniya va firmalarda kichik kassalar tashkil qilingan. 
Kichik kassalar kundalik xarajatlar uchun naqd pul berilgan bo‘nak jamg‘armasining 
turiga kiradi. Bo‘nak jamg‘armalari – bu xarajat qilingan summalarni doimiy to‘ldirib 
turadigan maxsus maqsadlar uchun tashkil qilingan jamg‘armalardir. Jamg‘armaning 
hajmi 5000 so‘mgacha yoki 10000 so‘mdan kam yoki undan ko‘p bo‘lishi ham mumkin. 
Katta kompaniyalarning hamma ofislarida va ishlab chiqarish bo‘linmalarida joylashgan 
bir necha kichik kassasi bo‘lishi mumkin. Alohida har bir bo‘limda kichik kassaning 
summasi kam bo‘lsa ham ularning hammasidagi naqd pul katta summani tashkil etishi 
mumkin. Kichik kassalar ishchi va xodimlarning trasport xarajatlarini boshqarish va 
amalga oshirish uchun tuzilgan. Kichik kassalardagi pul mablag‘larning qoldig‘i umumiy 
pul mablag‘lari qoldig‘ining bir qismi bo‘ladi va yangi kichik kassa tuzilganda o‘zgaradi. 


Faraz qilaylik, bir oyda 10000 so‘mlik maxsus kichik kassa tuzildi. Bu summa 
ma’muriy xarajatlar va foizlarni to‘lash uchun mo‘ljallangan. Hisobda 10000 so‘m 
miqdorida kichik kassaning schyoti ochildi. 
Kichik kassa…….10000 so‘m 
Bank……………..10000 so‘m. 
Kassir naqd pul olish uchun kassaning chiqim orderidagi ro‘xsatnomani kurib chiqadi 
va kerak bo‘lgan naqd pulni beradi. Kassaning chiqim orderlari kichik kassaning naqd 
pullari bilan birgalikda saqlanadi. Naqd pul va to‘lov miqdori 10000 so‘mga teng bo‘lishi 
kerak. To‘lovlar hisobida ko‘rsatilmaydi va ushbu to‘lovlarga jurnal yozuvlari qilinmaydi. 
Birinchi oyning oxirida kassada 1000 so‘m qoladi va bu oy davomida 9000 so‘m 
to‘langanligini ko‘rsatib turadi (10000-1000). Bu kassirning to‘lovlarini tasdiqlaydigan 
9000 so‘mga kassaning chiqim orderiiga ega bo‘lishi kerakligini bildiradi. Keyingi kassa 
orderlari kassa bilan birga olib boriladi: pochta sarfi –3000 so‘m; kanselyariya tovarlari –
3500 so‘m va taksi uchun to‘lov-2000 so‘m (jami 8500). Demak kassadgi kamomad 500 
so‘mga teng. Ehtimol, bitta chiqim kassa orderi yo‘qotilgan yoki berilgan kassaning chiqim 
orderida to‘langan summa qaytarilib ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Kamomad quyidagi 
to‘ldiruv yozuvi bilan aks ettiriladi: 
Pochta xarajatlari………………………………..3000 so‘m 
Kanselyariya tovarlari bo‘yicha xarajatlar……...3500 so‘m 
Transport xarajatlari…………………………..2000 so‘m 
Pul mablag‘larning kamomadi……………………500 so‘m 
Kassa……………………………………………….9000 so‘m. 
Kassadagi mablag‘lar tugaganda, xarajatlarni va kassadagi naqd pulning qoldig‘ini 
to‘g‘ri aks ettirish uchun hisobot davrining oxirida u yangidan to‘ldiriladi. Yozuv kassir 
tomonidan emas, buxgalteriya tomonidan qayd qilinadi va doimiy taqqoslashlar amalga 
oshiriladi. 
Pul mablag‘larining kamomadi yoki ortiqchaligi-bu xarajatlar schyoti (debet qoldiq) 
yoki daromadlar schyoti (kredit qoldiq) da ko‘rsatiladi. Kamomad yoki ortiqchalik qayd
qilishdagi yoki to‘lovdagi xatolardan paydo bo‘ladi. Agar kamomad odatdagidan ko‘proq 
yoki shu kassada doimiy bo‘lib tursa, demak o‘g‘irlik haqida shubha to‘g‘iladi. Ma’lum 
hollarda o‘g‘irlik yoki tovlamachilik haqida shubha bor joyda, bu zarar kabi aks ettiriladi, 
ammo naqd pulnig kamomadi yoki ortiqchaligi sifatida emas. 
Kichik kassa to‘ldirilganda, saflangandek yopilganida kichik kassaning va bankning 
schyotlariga tegilishi yozuv qayd qilinadi. Masalan: agarda ofisning pul ehtiyojlari 
kuchayganligi sababali kichik kassa 15000 so‘mgacha oshsa, quyidagi yozuv amalga 
oshiriladi:
Kichik kassa……………………………………………14000 so‘m 
Bank……………………………………………………14000 so‘m
Chunki oyning oxirida kichik kassaning qoldig‘i 1000 so‘mni tashkil qilgan. 
Kassadagi naqd pulning qoldiqlarini taqqoslash tartibi quyidagicha: 
Har bir hisobot sanasida yoki joriy oyning oxirida kassadagi qoldiqlarni taqqoslash 
shart. Har bir pul mablag‘larini saqlash joyi bo‘yicha alohida schyotda yuritish, 
taqqoslashning o‘tkazilishini osonlashtiradi va xatolarni topishga imkoniyat beradi. 
Taqqoslash jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 
 Kassadagi naqd pul qoldiqlarini sanash – kassirning ishtirokida naqd pul muomalasi 
bilan shug‘ullanmaydigan shaxslar o‘tkazadilar va tekshirish natijasida tuzilgan 
dalolatnoma hamma ishtirokchilar tomonidan imzolanib, sana qo‘yilishi shart; 


 Buxgalteriya schyotidagi qoldiqlarni haqiqatdagi naqd pul mablag‘lari bilan 
taqqoslash. Barcha tafovutlar ko‘rsatilishi kerak va ushbu aniqlangan tafovutlar 
dalolatnomaga qayd qilinishi lozim. 
Bundan tashqari qimmatbaho qog‘ozlar 5600 - «Pul ekvivalentlari va yo‘ldagi pul 
mablag‘lari» sintetik, aktiv schyotda va 3-jurnal orderida, qat’iy hisobot blankalari (mehnat 
daftarchalari, yuk xatlari, yo‘l varaqlari) esa 006-«Qat’iy hisobot blankalari» nomli 
balansdan tashqari schyotda umumlashtirilgan holda hisobga olib boriladi. 
Korxona, muassasa va tashkilotlardagi ayrim muomalalarni tezkorlik bilan amalga 
oshirish uchun hisobdor shaxslar xizmatidan foydalanadilar. Ular sub’ektning xodimlari 
bo‘lib, ma’muriy xo‘jalik muomalalarini amalga oshirish va xizmat safariga borish uchun 
kassadan naqd pul oladilar. Bu shaxslarning ro‘yxati sub’ektning rahbari tomonidan 
tasdiqlanadi. 
Xo‘jalik sarflari uchun sarflanadigan naqd pullar sub’ektning tasdiqlangan chegara 
(smeta) summasida xizmat safari sarfi esa buyruqqa asosan safar guvohnomasi ko‘rsatilib 
hisoblangan summada borish – kelish yo‘l xarajatlari, kunlik sarflari, tunash xarajatlari 
ko‘rsatiladi. 
Bu sarflarning maqsadga muvofiqligi yuqori mansabdor shaxslar tomonidan 
tasdiqlanadi. Hisobdor shaxslar muomala sodir bo‘lgandan keyin 3 kun ichida hisobot 
tuzishlari lozim. Qoldiq summalari, ya’ni sarflanmay qolgan bo‘naklar kassaga 
topshiriladi, ortiqcha sarf qilingan bo‘lsa, kassadan olingan bo‘nakning farqi summasi 
beriladi. Agar shaxslar o‘z vaqtida hisobot bermasalar bu summalar ularning mehnat 
haqidan ushlab qolinadi. 
Hisobdor shaxslar bilan hisoblashish muomalalari: 
4220 – «Xizmat safari uchun berilgan bo‘nak» 
4230 – «Umumxo‘jalik sarfi uchun berilgan bo‘nak» 
4290 - «Berilgan boshqa bo‘naklar» nomli aktiv schyotlarda va
6970 – «Hisobdor shaxslarga bo‘lgan qarz» passiv schyotida yuritiladi. 
4220 – 4290 schyotlarining debet tomonida berilgan bo‘nak summasining davr 
boshidagi qoldig‘i va oy davomida berilgan bo‘nak summalarining yig‘indisi hisobga olib 
boriladi. Ushbu schyotlarning kreditida sarflangan summa va 6970 – «Hisobdor shaxslarga 
bo‘lgan qarz» schyotining kreditida bo‘lsa hisobdor shaxslarga bo‘lgan qarz summasi 
hisobga olib boriladi. 
Ushbu summadan foydalanish va ularni o‘z vaqtida kaytirishni nazorat qilish uchun 
har bir hisobdor shaxs bo‘yicha analitik hisob (kartochka) yuritiladi va olingan va 
sarflangan summalar tezkorlik bilan qayd qilib boriladi. 
Hisobdor shaxslar bilan hisoblashish bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar 7-
jurnal orderida yil davomida yigma jami summa ko‘rsatilgan holda har bir hisobdor shaxs 
bo‘yicha yuritiladi. 
Pul mablag‘larini butligi, kassa muomalalarini bajarish bo‘yicha moddiy javobgarlik 
korxona rahbari tomonidan tayinlanadigan kassirga yuklatiladi. Kassa muomalalarini 
yuritish Markaziy bank boshqarmasining 1998 yil 24 yanvardagi 376 - sonli qarori bilan 
tasdiqlangan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa muomalalarini yuritish qoidalari» bilan 
tartibga solinadi. 
Kassada kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlarni qoplash uchun zarur bo‘lgan 
belgilangan limit doirasida qoldiq bo‘lishi mumkin. Agar korxonaning valyuta schyotida 
mablag‘lar bo‘lsa, naqd valyutadan foydalanish zaruriyati vujudga kelishi mumkin. Naqd 
valyutani hisobga olish uchun alohida 5020 «Chet el valyutasidagi pul mablag‘lari» schyoti 
ochilgan. Naqd xorijiy valyuta harakatining hisobi kassa daftarida yuritiladi. Bu daftarda 


xorijiy valyuta muomalalarining hajmiga qarab taxmindan bir necha betlar ajratiladi. 
Bankdan naqd xorijiy valyutani olinishi quyidagi provodka bilan rasmiylashtiriladi: 
D-t 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag‘lari» 
K-t 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» 
Safar xarajatlari uchun hisobdor shaxslarga berilsa: 
D-t 4220-«Xizmat safarlar uchun berilgan bo‘naklar» 
K-t 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag‘lari». 
Naqd xorijiy valyuta harakatining hisobi ikki bahoda yuritiladi: valyuta turlari 
bo‘yicha va so‘mda. Sintetik hisob faqat so‘mda yuritiladi. Jurnal order shaklida hisob 
yuritilganda naqd xorijiy valyutasi uchun 1/1 – jurnal-orderi va 1/1 vedomosti 
qo‘llaniladi. 
Kassadagi naqd xorijiy valyuta qoldig‘i vaqti vaqti bilan so‘mga nisbatan qayta 
baholanib turiladi. Ijobiy va salbiy kurs farqi 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag‘lari» 
schyoti 9540-«Kurs farqlaridan foydalar» yoki 9620-«Kurs farqlaridan zararlar» schyotlari 
bilan korrespondentlashgan holda aks ettiriladi. 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling