1-mavzu. Pul mablag‘lari va hisob-kitoblar hisobi Mavzu rejasi
Hisob – kitob schyoti bo‘yicha operatsiyalarni hisobga olish
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar (5100)ning bog‘lanishi quyidagi jadvalda aks ettirilgan
3. Hisob – kitob schyoti bo‘yicha operatsiyalarni hisobga olish
Korxonaning bankdagi hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larining mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 5110-“Hisob-kitob schyoti”da amalga oshiriladi. 5110-“Hisob-kitob schyoti”ning debeti bo‘yicha korxonaning hisob-kitob schyotiga pul mablag‘larining kelib tushishi aks ettiriladi. 5110-“Hisob-kitob schyoti”ning kreditida korxonaning hisob-kitob schyotidan pul mablag‘larining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bank ko‘chirmasini tekshirish natijasida korxonaning hisob-kitob schyoti debeti yoki kreditiga xatolik bilan olib borilgan summalar 4860-“Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar” yoki 6960-“Da’volar bo‘yicha to‘lanadigan schyotlar” bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobida hisob-kitob schyoti bo‘yicha operatsiyalar bank ko‘chirmalari va ularga ilova qilinadigan pulli va hisob-kitob hujjatlari asosida aks ettiriladi. Hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar (5100) bo‘yicha analitik hisob milliy valyutadagi pul mablag‘larini saqlash uchun banklarda ochilgan har bir schyot bo‘yicha yuritiladi. Hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar (5100)ning bog‘lanishi quyidagi jadvalda aks ettirilgan: № Xo‘jalik muomalalarining mazmuni Schyotlarning bog‘lanishi Debet Kredit 1 Ijaraga berilgan asosiy vositalar bo‘yicha ijarachidan ijara to‘lovlarining kelib tushishi 5110 4810, 4820 2 Tovarlarni kreditga sotishdan tushgan pullar 5110 4710 3 Mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar, asosiy vositalar va boshqa aktivlarni sotilishidan tushgan tushumlar 5110 4010 4 Pul mablag‘lari kassadan hisob-kitob schyotiga topshirildi 5110 5010 5 Chet el valyutasini sotib olish uchun pul mablag‘lari o‘tkazildi 5530 5110 6 Bankka qaytarilgan chek va akkreditivlar bo‘yicha summalar hisob-kitob schyotiga o‘tkazildi 5110 5510, 5520 7 Ilgari qisqa muddatli investitsiya tartibida berilgan qarzlarning qaytarilishi 5110 5830 8 Ilgari berilgan bo‘nak qaytarildi 5110 4310-4390 9 Qondirilgan da’volar summasining kelib tushishi 5110 4860 10 Olingan bo‘naklar summasi 5110 6310-6390 11 Ilgari aksiyaga obuna bo‘lgan ta’sischilardan ulush summasining kelib tushishi 5110 4610 12 Nominal qiymatdan yuqori bahoda sotilgan aksiyalardan emission daromadning kelib tushishi 5110 8410 13 Bankdan kassaga pul mablag‘lari kelib tushdi (mehnat haqi, nafaqa, mukofot va shu kabilarni berish uchun) 5010 5110 14 Xususiy aksiyalarning sotib olinishi 8610, 8620 5110 15 Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar oldidagi qarzlarning qoplanishi 6010 5110 16 Berilgan bo‘naklar summasi 4310-4330 5110 17 Ilgari olingan bo‘naklarni qaytarilishi 6300, 7310 5110 18 Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz summasining o‘tkazilishi 6410 5110 19 Sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarning qoplanishi 6510-6530 5110 20 Ta’sischilarga hisoblangan dividendning to‘lanishi 6610 5110 21 Ajratilgan bo‘linmalar, sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga bo‘lgan qarz summasining qoplanishi 6110, 6120 5110 22 Qisqa muddatli kredit va qarzlarning qoplanishi 6810-6840 5110 23 Uzoq muddatli kredit va qarzlarning joriy qismining qoplanishi 6950 5110 24 Hisoblangan foizlar bo‘yicha qarzlarning qoplanishi 6920 5110 25 Ijaraga beruvchiga tegishli bo‘lgan to‘lovlar to‘landi 6910, 6950 5110 Yuridik shaxs, ya’ni mustaqil balansga, Nizom va Ustaviga ega bo‘lgan sub’ektlar banklarda o‘zlarning hisoblashish schyotini (5110 – «Hisoblashish schyoti) ochish huquqiga egadirlar. Chunki vaqtincha foydalanishdan chetga chiqarilgan pul mablag‘larini saqlash va ularning tizimli va doimiy nazoratni kuchaytirish lozim. Bank yoki boshqa moliyaviy tashkilotlarning schyotlarini qo‘llash pul mablag‘larini ustidan nazoratlarni o‘rnatishning muhim usulidir. Vaholanki, banklarning schyotidan foydalanish bir nechta ustunliklarni ruyobga chiqaradi: - Pul mablag‘lari banklarda maxsus jihozlangan xonalarda saqlanadi, ya’ni jismoniy himoyalangan bo‘ladi; - Pul mablag‘lari bo‘yicha alohida hisob bank tomonidan yuritiladi; - Pul mablag‘larini boshqarish jarayonida o‘g‘irlik va tavakkalchilikning darajasini kamaytiradi; - Mijozlar bilan hisoblashish muomalalarini naqd pulsiz shaklida to‘lovlar va oluvlarni bevosita bankdagi ushbu schyot orqali amalga oshirish mumkin; - Pul emissiyasining darajasini, pirovard natijada uning sarfini kamaytirish imkoniyatiga ega bo‘linadi, chunki naqd pul qancha muomalada bo‘lsa shuncha ko‘p jismoniy eskiradi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hisoblashish schyoti ochayotganda, bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim: - Hisoblashish schyotini ochish to‘g‘risidagi ariza; - Ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma; - Ustav va ta’sis shartnomasining notarial idora tomonidan tasdiqlangan nusxasi; - Notarial idora tomonidan tasdiqlangan imzolar va muhr belgilari tushirilgan ikki dona kartochka (1-imzo sub’ektning rahbariniki, 2-imzo bosh buxgalterniki); - Soliq nazortida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma. Hisoblashish schyotini ochish jarayonida sub’ekt bank bilan shartnoma tuzadi va yuridik shaxsning hisoblashishi schyotiga № beriladi. Qo‘shma korxonalar esa yuqorida qayd qilingan hujjatlardan tashqari bankka investitsiya loyihasini tasdiqlovchi davlat qaydnomasining nusxasini ham topshirishi lozim. Shuni ham ta’kidlash lozimki, yirik xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘zlarining hohishiga ko‘ra hisoblashishi schyotini ochgandan keyin boshqa manzillarda (sub’ekt joylashgan manzildan tashqarida) joylashgan bo‘limlari, filiallari, yirik dukonlari va boshqa bo‘linmalari uchun joriy schyotlr ochish huquqiga egadirlar. Bo‘lim, filial va dukonlar o‘zlarining ushbu joriy schyotlari orqali asosiy hisoblashish schyotidan mablag‘ o‘tkazib xodimlariga mehnat haqi, mukofot va nafaqalar berish, xizmat safarlarining sarflarini qoplash, xodimlarning omonatlariga o‘tkazish, mehnat haqidan ushlagan summalarni soliq organlari va pensiya jamg‘armalariga o‘tkazish, ishlab chiqarish uchun boshqa tezkor va zaruriy muomalalarni va boshqa xo‘jalik muomalalarini amalga oshiradilar. Bankda hisoblashish schyotini ochgandan keyin sub’ektlar doimiy ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma olish uchun qayd qilingan Ustav kapitalining 30% ini bankka qo‘yilganligi to‘g‘risida tegishli bankdan tasdiqnoma (spravka) olishi lozim. Bank ushbu Ustav kapitalini 30%ini hisoblashish schyotiga o‘tkazgandan keyingina sub’ektga ushbu tasdiqnoma (spravka) ni berish huquqiga ega. Hisoblashish schyotida sub’ektning vaqtincha pul mablag‘lari, mahsulotni sotish, ishni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatishdan olingan daromadlar, olingan uzoq va qisqa muddatli kredit va qarzlar hisobiga olinadi va hisoblashishning asosiy qismi amalga oshiriladi: - Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisoblashish; - To‘lovlar bo‘yicha byudjet bilan hisoblashish; - Ijtimoiy muhofaza tashkilotlari va davlat sug‘urta idoralari bilan hisoblashish; - Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisoblashish; - Mehnat haqi, moddiy yordam, mukofot, nafaqa va shunga o‘xshash yo‘nalishdagi to‘lovlar uchun naqd pullarni kassaga olish. Bu mablag‘larni o‘tkazish yoki naqd olish sub’ekt rahbarining topshirigi va roziligi bilangina amalga oshiriladi. Ayrim hollarda (qonunga muvofiq) bank sub’ektning roziligisiz quyidagi majburiyatlarga tegishli mablag‘larni hisoblashishga (inkasso tartibida) o‘tkazishi mumkin: - To‘lov muddati kelgan byudjetga bo‘lgan qarzlar; - Mahalliy va xo‘jalik sudlarining ijro varaqlariga asosan; - Kreditdan foydalanish foizi, muddati o‘tgan kredit summasi va bank xizmati summasi. Qolgan barcha muomalalar sub’ekt rahbariyatining roziligi bilan tasdiqlangan grafik asosida amalga oshiriladi, ya’ni bankka pul mablag‘ining kelib tushishi va schyolarni to‘lovga qabul qilish vaqti inobatga olinadi. Davlat korxonalari, aksionerlik jamiyatlari, kishlok xo‘jalik uyushmalari (shirkatlar), mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, uyushmalar, birlashmalar, konsernlar, korporatsiyalar, qo‘shma korxonalar, xalqaro birlashmalar va boshqa korxonalar tomonidan talab qilib olgunicha depozit schyotlarini ochish uchun zikr qilingan hujjatlarga qo‘shimcha qilib bankka yuqorida keltirilgan yo‘riqnomaga binoan yana boshqa hujjatlar topshiradilar. Barcha hujjatlar topshirilgandan so‘ng bank xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolanadi va bank boshqaruvchisining bo‘yrug‘i bilan korxonaga tegishli hisob-kitob schyoti nomeri belgilanadi va bankning buxgalteriya apparati tomonidan pul mablag‘lari harakatini hisobga olish uchun shaxsiy schyot ochiladi. Boshqa shahar yoki axoli punktlarida joylashgan xo‘jalik hisobida bo‘lmagan filiallar, magazinlar, ishlab chiqarish birligi va boshqa bo‘linmalarga mahalliy bank muassasasida cheklangan muomalalarni aks ettirish uchun joriy schyot ochiladi. Bu cheklanish asosiy hisob-kitob schyotini idora qiluvchi bosh korxona (tashkilot) tomonidan belgilanadi. Yuridik shaxsning talab qilib olguncha depozit (hisob-kitob) schyotida yetarli darajada pul mablag‘lari bo‘lsa, pul o‘tkazib berish uning bo‘yrug‘i yoki boshqa to‘lov hujjatlari bilan amalga oshiriladi. Yuridik shaxsning talab qilib olguncha depozit (hisob-kitob) schyotida pul mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 12 fevralda ro‘yxatdan o‘tkazilgan «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bank schyotlaridan pul mablag‘larini chiqarish tartibi to‘g‘risida» gi yo‘riqnomaga binoan birinchi navbatda byudjetga, pensiya fondiga va ish haqiga to‘lashni nazarda tutuvchi hujjatlar bo‘yicha mutanosib to‘lanadi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling