1-mavzu. Qurilish konstruksiyalarini hisoblash va loyihalash tartibi Reja
Download 76.82 Kb. Pdf ko'rish
|
1 тема лекция
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1. Qurilish konstruksiyalarkonstruksiyalarini hisoblash va loyihalashning maqsad va vazifalari
1-mavzu. Qurilish konstruksiyalarini hisoblash va loyihalash tartibi Reja: 1.1. Qurilish konstruksiyalarkonstruksiyalarini hisoblash va loyihalashning maqsad va vazifalari 1.2.Qurilish konstruksiyalarni hisoblash va loyihalash 1.3.Hisoblash bosqichlari 1.3.Qurilish konstruksiyalariga qo‘yiladigan asosiy talablar 1.1. Qurilish konstruksiyalarkonstruksiyalarini hisoblash va loyihalashning maqsad va vazifalari Qurilish konstruksiyalarkonstruksiyalarini hisoblashning asosiy maqsadi, qurilish konstruksiyalari yuk ostida ishlaganda ularni eng tejamli o‘lchamlarini tanlash va shu bilan birga xavfsizlik, ishonchlilik va uzoqqa chidamlilik talablariga javob berishiga erishishdir. Hisoblashning asosiy vazifasiga tashqi yuk ta’siridan konstruksiya elementlarida hosil bo‘ladigan zo‘riqishlarni aniqlash, talab etilgan kesim kattaligini hamda konstruksiya ishchi chizmalarini tayyorlashdagi zarur mahlumotlarni aniqlash kiradi. Konstruksiyani hisoblash qurilish me’yorlari talablari asosida amalga oshiriladi. Qurilish me’yorlari va qoidalari - QMQ hisoblash va konstruksiyalash nazariyasining amaliy natijasi hisoblanadi va u konstruksiyalarni loyihalashda, qurishda va foydalanishda erishilgan yutuqlarni o‘zida aks ettiradi. Qurilish konstruksiyalarni loyihalash deb, ularning statik (yoki dinamik) kuchlarga konstruksiyalarning ayrim elementlarini, kesim yuzalarini hisoblash va loyihalash tushuniladi. Qurilish konstruksiyalarni hisoblash va loyihalashning asosiy maqsad, qurilishi ko‘zda tutilgan binoning mustahkamligi, ustivorligi, bikrligini ta’minlash hamda bino va inshootlarga qo‘yiladigan kapitallik, uzoq yashovchanlik, yong‘inbardoshlik talabalariga javob berishi bilan bir qatorda ulardan foydalanish qulay bo‘lishini ta’minlash. Yuqoridagilar bilan bir qatorda bino va inshootlarning sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlariga putur yetmagan holda, ularning tannarxi samarali bo‘lishini ta’minlayd. Qurilish konstruksiyalarni hisoblash va loyihalash uchun, avvalo ularni turlari, qo‘llanish sohalari, ularni afzallik va kamchilik tomonlarini o‘rganish lozim. Qurilish konstruksiyasi deganda, bino va inshootlarda alohida olingan vazifani bajarishga mo‘ljallangan, bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan, bir yoki bir necha materiallardan tayyorlangan elementlar yoki detallar majmuasi tushuniladi. Qurilish konstruksiyalarini qo‘llanishiga ko‘ra xilma-xil bo‘lib, ularni umumiy tomonlariga ko‘ra quyidagicha turlarga ajratish mumkin: 1) geometrik ko‘rinishiga ko‘ra – massiv, to‘sin, plita, qobiq va sterjenli sistemalar; 2) tayyorlangan materialiga ko‘ra metall, beton va temirbeton, tosh, yog‘och va plasstmassa konstruksiyalar; 3) yuk ostida ishlashiga ko‘ra – siqiluvchi, cho‘ziluvchi, egiluvchi elementlar; Download 76.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling