1-mavzu. Qurilish konstruksiyalarini hisoblash va loyihalash tartibi Reja
Qurilish konstruksiyalarkonstruksiyalarni hisoblash va loyihalash
Download 76.82 Kb. Pdf ko'rish
|
1 тема лекция
1.2. Qurilish konstruksiyalarkonstruksiyalarni hisoblash va loyihalash
Loyihalash - bu texnik hujjatlarni ishlab chiqish jarayoni bo‘lib, u qurilishni olib borish uchun lozim bo‘lgan texnik-iktisodiy asoslar, hisob, chizma, smeta va boshqa hujjatlardan tashkil topadi. Loyihalashni loyihalash institutlari Qurilish uchun qo‘llanilayotgan me’yoriy hujjatlar asosida bajaradi. QMQ (SNiP) qurilish me’yorlari va qoidalari hamda Davlat standartlari (DAST) loyihalash uchun asosiy hujjat hisoblanadi. QMQ da shahar va aholi punktlari, barcha turdagi bino va inshootlarni loyihalash va qurish, muhandislik uskunalar va konstruksiyalarni tanlash va loyixalash, qurilishni narxini belgilashni asoslari belgilanadi. QMQ 5 ta qismdan iborat: 1-tashkil qilish, boshqarish va iqtisod; 2-loyihalash me’yorlari; 3-ishlab chiqarishni tashkil qilish va ishni qabul qilish; 4-smeta me’yorlari; 5-materiallar va mehnat resurslari sarfi me’yorlari. QMQ lar o‘ziga xos to‘rtta raqamdan iborat shifr bilan nashr qilinadi. Ular qism raqami, guruh raqami, hujjat raqami va tasdiqlangan yili. Masalan, QMQ 2.03.01-96 "Beton va temirbeton konstruksiyalari" quyidagicha o‘qiladi 2-qism, 3-guruh, raqami 1, tasdiqlangan yili - 1996 yil. 1.1-jadval QMQ 1.02.07-97 Qurilishda muhandislik izlanishlar QMQ 1.01.04-98 Arxitektura-qurilish atamalari ShNQ 1.03.01-03 Korxona Qurilish konstruksiyalarqurilishi uchun loyiha hujjatlarining tarkibi, ishlab chiqishning ma’qullanishi va tasdiqlanishi QMQ 2.08.01-94 Turar-joy binolari ShNQ 2.07.01-03 Shahar va qishloq aholi punklari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish. QMQ 2.04.08-96 Gaz ta’minoti. Loyihalash me’yorlari QMQ 3.07.03-97 Sug‘orish sistemalari. Ishlab chiqarishni tashkil qilish va ishni kabul qilish QMQ 3.03.04-98 Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar va mahsulotlarni ishlab chiqarish ShNQ 4.02.00-04 Qurilish ishlariga elementli resurs smeta normalarini ishlab chiqarish va tadbiq etish bo‘yicha umumiy Nizom Qurilish konstruksiyalarini loyihalashda asosiy me’yoriy hujjat QMQ ni ikkinchi qismi, loyihalash me’yorlari bo‘lib uning 03-guruhida alohida mahsulotlar va konstruksiyalarni loyihalash ko‘zda tutilgan. DAST texnik hujjatlarga (chizmalar, hisob me’yorlari), qurilish materiallariga (g‘isht, beton, oyna), konstruksiya va buyumlarga (to‘sinlar, ustunlar, deraza va eshik bloklari) me’yor, qoida va talablarni belgilaydi. Bundan tashqari DAST larda sinash, konstruksiya va materiallarni sifatini nazorat qilish usullari keltiriladi. Bino va inshootlarni hisoblash va loyihalashda kerakli mustahkamlik, ustivorlik va kapitallikka ega bo‘lishi ta’minlanadi. Binoning ustivorligi va mustahkamligi qurilish konstruksiyalarini mos holdagi hisobi va konstruktiv yechimni to‘g‘ri qabul qilish asosida ta’minlanadi. Binoning kapitalligi esa konstruksiyalarni uzoq yashovchanligi va yong‘inbardoshligiga bog‘liq bo‘lgan xizmat qilish vaqti bilan xarakterlanadi. Qurilish konstruksiyalarkapitallik bo‘yicha 4 ta guruhga bo‘linadi. 1-guruhga kontruksiyalarni uzoq yashovchanligi va yong‘in bardoshligi bo‘yicha yuqori talab qo‘yiladigan binolar (teatrlar, madaniyat saroylari, muzeylar), hamda xalq xo‘jaligida axamiyatli ob’ektlar (gidro va elektrostansiyalar, metropoliten stansiyalari). IV-guruhga eng kam talab qo‘yiladigan binolar kiradi (omborlar, naveslar). Uzoq yashovchanlik - bu konstruksiyani xizmat qilish vaqti bo‘lib, bu davr mobaynida ular o‘z ekspluatatsiya sifati, mustahkamligi va ustivorligini yuqotmaydi. Uzoq yashovchanlik bo‘yicha konstruksiyalar 3 toifaga bo‘linadi: birinchi- xizmat vaqti kamida 100 yil, ikkinchi-50 yil, uchunchi-20 yil. Konstruksiyani uzoq yashovchanligi bo‘yicha toifasi binoning kapitallik bo‘yicha guruhiga mos keladi. Yong‘inbardoshlik - bino va inshootlarni asosiy yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarini yong‘inbardoshlik chegarasi va yonuvchanlik guruhi bilan belgilanadi. Konstruksiyani yong‘inbardoshlik chegarasi konstruksiyani olov va yuqori harorat ta’siriga qarshilik ko‘rsata olish vaqti bilan aniqlanadi va soatda hisoblanadi. Yong‘inbardoshlik bo‘yicha Qurilish konstruksiyalarbeshta toifaga bo‘linadi. Masalan temir-beton va tosh konstruksiyali binolar I...III (devor, yopma va orayopmalarni yong‘inbardoshlik xarakteristikalariga bog‘liq holda) toifaga kiradi; IV-toifaga konstruksiyasi yonishdan himoyalangan yog‘och binolar kiradi (QMQ 2.01.02-96 “Yong‘inbardoshlik me’yorlari”). Download 76.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling