1-mavzu. Qurilish konstruksiyalarini hisoblash va loyihalash tartibi Reja
Qurilish konstruksiyalarkonstruksiyalariga qo‘yiladigan asosiy talablar
Download 76.82 Kb. Pdf ko'rish
|
1 тема лекция
1.4. Qurilish konstruksiyalarkonstruksiyalariga qo‘yiladigan asosiy talablar
Bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalari ko‘tarib turadigan va to‘suvchi bo‘lishi mumkin. Ularning ayrim turlari har ikki vazifani ham bajaradi. Qurilish konstruksiyalari me’morchilik konstruksiyalaridan (bino qismlaridan) shu bilan farq qiladiki, bularning kesimlari hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi. Ular qo‘yilgan talablarga, mahalliy qurilish sharoitlariga, iqtisodiy va boshqa mulohazalarga ko‘ra turli xil materiallardan tayyorlanadi. Qurilish konstruksiyalarining asosiy turi temirbeton konstruksiyalar bo‘lib, ular hozir kapital qurilishning asosini tashkil qiladi. Qurilish konstruksiyalardan foydalanishda texnik, iqtisodiy, ishlab chiqarish, estetik va boshqa talablarga ham javob berishi kerak. Foydalanish talablari va texnik talablar shundan iboratki, qurilish konstruksiyalari bino (inshoot) lardan foydalanish qulay, yetarlicha mustahkam, ustivor, chidamli, bikr, darz ketishiga nisbatan bardoshligi, bino va inshootlarning uzoqqa chidamliligi bilan xarakterlanadi. Asosiy talablardan biri ularning tejamliligidir. Konstruksiyaning tejamliligi ashyolar sarfi va ularning narxiga, tayyorlash, tashish, o‘rnatish narxlariga va foydalanish sarflari miqdoriga bog‘liq. Shu sababli konstruksiyani tanlashda uni tayyorlash va o‘rnatish sermehnatligi va bino (inshoot) ni qurish muddatlarini qisqartirish hisobga olinishi zarur. Tejamlilik, shuningdek, konstruksiyaning turiga (masalan, arkalar, ferma yoki fazoviy – qobiqlar, burmalar) binoning konstruktiv sxemasi, asosiy o‘lchamlarning nisbatlariga bog‘liq. Konstruktiv yechimni tanlashda ommaviy ishlab chiqarishdagi tayyor tipovoy (turkum) buyumlardan foydalanishga alohida e’tibor berish kerak. Xom ashyolar sarfining va konstruksiya og‘irligining kamayishiga, shuningdek, statik jihatdan eng zarur sxemalarni tanlash va hisoblash yo‘li bilan yoki konstruktiv mulohazalarga ko‘ra konstruksiya elementlari ko‘nalang kesimlarining eng kichik o‘lchamlarini belgilash orqali ham erishiladi. Turli xil materiallardan tayyorlangan konstruksiyalarning asosiy afzalliklari va kamchiliklarini og‘irligi, o‘tga chidamliligi, uzoqqa bardoshligi, industriallik, foydalanish sarflari kabi ko‘rsatkichlarga ko‘ra baholash mumkin. Konstruksiyaning og‘irligini kamaytirishga mustahkamlik ko‘rsatkichlarini saqlab qolgan holda materiallarning o‘zining og‘irlinii kamaytirish yo‘li bilan erishish mumkin. Chunonchi, siqilishga ko‘ra mustahkamlikning zichlikka nisbatidan iborat bo‘lgan ko‘rsatkich po‘lat uchun eng yuqori bo‘ladi; yog‘och uchun bu ko‘rsatkich o‘rtacha olganda 1,2-1,5 marta, temirbeton uchun 2-3 marta, g‘isht-tosh devor uchun 6-8 marta kam bo‘ladi. Qurilish konstruksiyalarini loyihalash hisoblash va konstruktivlash, chizmalarni chizishdan iborat bo‘lib, so‘ngra shu asosida zavodda konstruksiyalarni tayyorlanadi va uni qurilish maydonchasida montaj qilinadi. Loyihalash asosiy bosqichidan biri bino va inshootning konstruktiv yechimini va qurish uchun lozim bo‘lgan asosiy materialni tanlash hisoblanadi. Odatda ob’ektni loyihalashda har xil materiallardan tayyorlanadigan konstruktiv yechimlar varianti solishtiriladi. Loyihada qabul qilingan variantni narxi, materiallar sarfi, mehnat sarfi va material resurslari mavjudligini texnik iqtisodiy baholanadi. Konstruksiyalar uzoq yashovchanligi binoning uzoq yashovchanligi bilan bir xil bo‘lishi lozim. Yuqorida ta’kidlaganimizdek bino qurilish konstruksiyalari bajaradigan ishiga ko‘ra yuk ko‘taruvchi va to‘suvchi bo‘ladi. Yuk ko‘taruvchi kontruksiyalarga asosiy yuk ko‘taruvchi konstrkutsiyalar balka, ustun, poydevor va boshq. kiradi. Yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar binoni mustahkamligi, ustivorligi va bikrligini ta’minlashi lozim. Yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarni loyihalashda yuklama va ta’sirlarni eng noqulay to‘plami olinadi. To‘suvchi konstruksiyalar binoni xajmini chegaralovchi va alohida xonalarga ajratuvchi yopma, devor, pardevor konstruksiyalari tushuniladi. To‘suvchi konstruksiyalar mustahkamligi, bikrligi, ustivorligi va yong‘inbardoshligi bilan bir qatorda kerakli issiqlik, bug‘, gidro va tovushdan himoyalashi lozim. Yer osti konstruksiyalari agressiv yer osti suvlari ta’siriga bardoshli bo‘lishi lozim. Tashqi to‘suvchi konstruksiyalarni loyihalashda qurilish rayonini iqlim xarakteristikalarini, xona harorati va namligini hisobga olish lozim. Download 76.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling