1-mavzu. Qurilish konstruksiyalarini hisoblash va loyihalash tartibi Reja


Download 76.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana16.06.2023
Hajmi76.82 Kb.
#1507415
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 тема лекция

1.3.Hisoblash bosqichlari 
Umuman qurilish konstruksiyalarini hisoblash ikki bosqichdan iborat:
1-bosqich. Elementlardagi kuchlanishni aniqlash va bu kuchlanish asosida 
kesim yuzasini topish; 
2-bosqich. Konstruksiyadagi deformatsiyalarni me’yoridan oshmasligini 
ta’minlash. 
Kuchlanishni aniqlash bilan qurilish mexanikasi shug‘ullanadi va uni statik 
hisoblash usuli bilan tekshiradi. Konstruksiya materialining qarshiligi va uning 
xususiyatlarini esa materiallar qarshiligi fani o‘rganadi. Qurilish konstruksiyalari 


fani esa material xususiyati va ishlash sharoitini hisobga olgan holda, yuqoridagi 
barcha vazifalarni birgalikda hal qiladi. Ya’ni statik hisob ishlarida 
konstruksiyalarni ishlashini aniqroq ko‘rsatadigan hisobiy sxemalarni belgilash
konstruksiya ishlash vaqtida ularga ta’sir etadigan tashqi kuchlarni hisoblash 
hamda loyihalanayotgan elementlardagi kesim yuzalarida hosil bo‘ladigan ichki 
kuchlanishini (eguvchi moment, ko‘ndalang va bo‘ylama kuch) aniqlash bilan 
shug‘ullanadi. 
Elementning ko‘ndalang kesim yuzasini samarali shakli va o‘lchamlarini, 
materialning optimal mustahkamlik parametrlarini, kesim yuzasini va elementni 
darzbardoligi va bikrligini hisobga oladigan kesim hisobiy kesim yuzasi deyiladi.
Konstruktivlash bu, konstruksiyani ishchi chizmasini ishlab chiqish, ularni 
tutashishbinolarni konstruktiv hal etish, ularning elementlaridan ishchi, montaj 
armaturasini joylashni samarali sxemasini belgilash, qolip va armatura 
konstruksiya tugunlari va elementlari chizmalarini ishlab chiqishdan iborat. 
Konstruksiyalarni loyihalash kesim yuzasi haqidagi mahlumotlar asosida, mehyor 
talablarni hisobga olgan holda bino va inshootni qurish va ishlatish jarayonida 
mustahkamligi, yoriqbardoshligi va bikirligini tahminlaydigan hisobiy kuchni 
aniqlashdan
iborat bo‘lishi kerak. Loyihalangan konstruksiyalarning samaradorligi 
ularning texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlari hamda ishlash jarayonida mavjud 
foydalanish talablariga mosligi darajasiga qarab baholanadi. 

Download 76.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling