1-mavzu: «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja


Download 2.33 Mb.
bet51/121
Sana02.06.2024
Hajmi2.33 Mb.
#1833632
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   121
Bog'liq
1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja

VII. Issiq ichimliklar — choy, kofe, kakao va boshqalar
VIII. Sovuq ichimliklar va sharbatlar mevalardan
tayyorlangan alkogolsiz ichimliklar.
IX. Hamir va qandolat mahsulotlari — pirojniylar,
tortlar, kekslar.
X. Non — qora bug‘doy noni
Ichimliklar odatda ikkiga bo‘linadi: alkogolli va alkogolsiz. O‘z navbatida alkogolli ichimliklar ham uch kichik guruhga bo‘linadi: vino aperitivlar, kuchli spirtli ichimliklar, likyorlar va pivo. Taomnomada vino ichimliklari quyidagicha tartibda boradi:
Vino — O‘zbekistonda vinoning juda ko‘p xillari tayyorlanadi. Ayniqsa, mustaqillik yillari musallas toifi vinolari sifatli qilib ishlab chiqilmoqda va manzarali chiroyli shishalarda qadoqlanmoqda. Bu bilan vinolarga bo‘lgan iste’mol ehtiyoji oshib bormoqda. Hatto chet davlatlarga chiqarib sotilmoqda.
Kuchli spirtli ichimliklar — aroq, viski, rom, konyak.
Pivo — O‘zbekistonda ham ishlab chiqariladi, xorijdan ham keltiriladi.
Aralash ichimlik — kokteyl.
Alkogolsiz ichimliklar — ma’danli suvlar, limonadlar, sharbatlar.
Vino-aroq, tamaki mahsulotlari va ichimliklar bahosi preyskurantiga tegishli navbat bilan quyidagicha yoziladi: aroq, kuchli uzum vinosi, oq va qizil oshxona vinosi, konyak, likyor, pivo, ma’danli va meva suvlari, tamaki mahsulotlari. Ba’zan bu preyskurantga qandolat mahsulotlari va mevalar ham kiritiladi.
Preyskurantda 4 ta grafa chiziladi: birinchisida ichimlik nomi, ikkinchisida shisha sig‘imi (0,25; 0,33; 0,5; 0,75), uchinchisida to‘la shisha bahosi, to‘rtinchisida 100 g ning bahosi ko‘rsatiladi.
2.Taomnoma tuzish tartibi va uning turlari
Vazifalariga ko‘ra taomnomalar bir necha turlarga bo‘linadi:

  • taomlarni erkin tanlab olish bo‘yicha;

  • kunduz kungi ovqatlar buyurtmasi bo‘yicha;

  • taomlar majmui;

  • doimiy taomlar; banketlar,

  • maxsus xizmatlar bo‘yicha;

  • parhez ovqatlar.

Taomlarni erkin tanlab olish bo‘yicha tuziladigan taomnomalar turli korxonalarga mo‘ljallab tuziladi. Taomnomada ovqatlar guruhlarga bo‘linib ko‘rsatiladi va mijozlar xohlagan taomini tanlaydi.
Taomlarga buyurtma beradigan taomnomalar oldingi erkin tanlash bo‘yicha taomnomaning bir ko‘rinishiga o‘xshab ketadi. Bu tur taomnomalardan lyuks va oliy toifadagi restoran, kafelarda foydalaniladi. Buyurtma beriladigan taomnomalarga har xil taomlar, gazaklar, sho‘rva, ikkinchi va shirin taomlar kiritiladi. Hamma buyurtma firma taomlari mijozning buyurtmasi bo‘yicha tayyorlanadi va 15—20 daqiqadan so‘ng dasturxonga keltiriladi.

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling