1-mavzu: «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Reja


O‘zbek va tojik xalqlarining ovqatlanishiga xos umumiy xususiyatlar


Download 1.72 Mb.
bet115/128
Sana01.04.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1317668
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   128
Bog'liq
1-mavzu «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Rej

2.4. O‘zbek va tojik xalqlarining ovqatlanishiga xos umumiy xususiyatlar

Azaldan o‘zbeklar va tojiklar qo‘shni xalqlar sifatida do‘stona yashab kelishgan. Ular bir-birlari bilan qiz berib, qiz olishgan xalq. Bundan tashqari hozirgi O‘zbekiston mahalliy xalqining ma’lum bir qismini tojiklar, Tojikiston aholisining bir qismini o‘zbeklar tashkil qiladi.


Asrlar davomida o‘zbeklar va tojiklarning qo‘shni xalq sifatida birga yashashlari natijasida bir-birlarining ba’zi urf-odatlari va boshqa an’analari ikki millat uchun ham umumiy an’anaga aylangan. Bunday umumiylik ikki millatning ham mehmonlarni kutishda, kuzatib qo‘yishda hamda turli tantana va marosimlarni o‘tkazishda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bunday o‘xshashliklar ayniqsa taomlar tayyorlash texnologiyasida va ularni iste’mol qilish an’analarida kuzatiladi.
O‘zbek va tojiklar iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining turlari ham, ulardan tayyorlanadigan sevimli taomlar assortimenti ham deyarli bir xil. Ikkala millat pazandaligida ham go‘sht, sut mahsulotlaridan, hamirdan, guruch va dukkakli mahsulotlardan turli xil sabzavotlar qo‘shib tayyorlanadigan taomlar ulushi juda ham katta. Ikkala xalq ham qo‘y go‘shtini, palovni, sho‘rvani va dumba yog‘ini sevib iste’mol qilishadi. O‘zbeklarning ham, tojiklarning ham birinchi taomlari quyuq konsistensiyali, yog‘li va to‘yimli bo‘ladi. Taomlar tayyorlashda birin-ketin bajariladigan murakkab texnologik usullardan azaldan foydalanib kelishgan. Asosan dimlab pishirish usuli nisbatan keng qo‘llaniladi. Ana shu jihati bilan o‘zbek va tojik pazandaligi turkman, qozoq va qirg‘iz pazandaliklaridan farq qiladi.
Ko‘rsatilganlardan tashqari o‘zbek va tojik milliy taomlari ishtahani ochadigan o‘ziga xos yoqimli ta’m va hidga ega, chunki ularni tayyorlashda turli xil ziravorlardan (murch, achchiq va shirin qalampir, arpabodiyon, sarimsoqpiyoz, zira, qorag‘at, va sh.o‘) hamda yoqimli xushbo‘y hidga ega bo‘lgan madaniy va yovvoyi o‘sadigan ko‘katlardan (seldereydan tashqari) keng foydalaniladi.
Shunga qaramasdan har ikkala millatning ham pazandaligi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ular quyidagi bandlarda ko‘rib chiqilgan.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling