1-mavzu: «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Reja


Qozoq xalqining ovqatlanishiga xos xususiyatlar


Download 1.72 Mb.
bet114/128
Sana01.04.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1317668
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   128
Bog'liq
1-mavzu «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Rej

2.3.2. Qozoq xalqining ovqatlanishiga xos xususiyatlar

Bundan oldin ta’kidlanganidek, qozoq va qirg‘iz pazandaliklarida o‘xshashliklar juda ham ko‘p. Hatto sevib iste’mol qiladigan taomlarining nomlari ham bir xil, masalan, beshbarmoq, boursoq qimiz, kurut va shunga o‘xshaganlar. Bu asrlar davomida qozoq va qirg‘iz xalqlarining qo‘shni yashaganliklaridan va mustahkam iqtisodiy va madaniy aloqada bo‘lganlaridan darak beradi.


Qozoq xalqining ham eng sevimli taomlari go‘sht mahsulotlaridan, hamirdan va sutdan tayyorlanadi. Bu o‘z navbatida qozoq xalqining ham o‘tmishda, xuddi qirg‘izlardek, chorvachilik bilan shug‘ullanib kelganligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Milliy qozoq pazandaligida taomlar tayyorlash uchun qo‘y, echki, mol, ot va parranda go‘shtlari ishlatiladi. Ulardan eng sevimlisi qo‘y go‘shti hisoblanadi. Bironta bayram yoki tantana qo‘y go‘shtisiz o‘tkazilmaydi.
Qozog‘iston Respublikasi eng ko‘p millatli davlatlardan biri hisoblanadi. Uning hududida qozoq xalqi bilan do‘stona va yonma-yon bir necha o‘n yillar davomida 100 ga yaqin millatlar va elatlar vakillari yashab kelishadi. Ular pazandaligi hisobidan qozoq milliy taomlari assortimenti kengayib bormoqda, chunki ularning ba’zi bir taomlari, masalan, palov, manti, dungan ugrasi, somsa, yutaza kabilar qozoq milliy taomlariga aylanib bormoqda.
Qozoq xalqining milliy taomlari asosan suvda qaynatish, bug‘da pishirish va yog‘da qovurish usullari yordamida tayyorlanadi. Qovurish va iste’mol qilish uchun chorvachilik bilan shug‘ullanadigan oilalarda dumba va charvi yog‘lari ishlatiladi. Qozoq pazandaligida ham dimlab va boshqa usullar yordamida pishiriladigan murakkab taomlar yo‘q. Agar o‘tmishda qozoq xalqi asosan go‘sht, sut va hamirdan tayyorlanadigan mahsulotlar bilan ovqatlanib kelishgan bo‘lsa, bugungi kunda ular pazandaligini kartoshka, pomidor, karam, bulg‘or qalampiri, baqlajon, bodring kabi sabzavotlarsiz va oziq-ovqat sanoati korxonalarida ishlab chiqarilgan makaron, qandolat mahsulotlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shunga qaramasdan qozoq xalqining eng sevimli taomi beshbarmoq bo‘lgan va bo‘lib qoladi.
Beshbarmoq qirg‘iz pazandaligida qanday tayyorlansa, qozoqlarda ham xuddi shunday tayyorlanadi. Qozoq urf-odatiga ko‘ra besh-barmoq taomi solingan katta tovoq dasturxon o‘rtasiga qo‘yiladi. Go‘sht suyaklari bilan alohida keltiriladi. Beshbarmoq kuchli konsentrlangan bulon bilan iste’mol qilinadi. Bulon katta piyolalarga suzilib, har bir kishiga alohida beriladi.
Banket, to‘y va boshqa tantanalarda qaynatilgan mol (asosan qo‘y) go‘shtidan laganda alohida keltirilib, dasturxonga qo‘yiladi. Kalla go‘shtini maydalash huquqi eng martabali yoki yoshi ulug‘ mehmonga beriladi. Mehmon o‘z navbatida kalladan quloqlarini yosh yigitlarga, qizlarga esa tanglayini kesib olib beradi. Bundan keyin esa mehmon kalla go‘shtini stol atrofida o‘tirganlarning hammasiga tarqatib chiqadi. Mehmon mol kallasini yonidagiga, yonidagi esa qo‘shnisiga uzatib, stol atrofida kallani aylantirib chiqadi.
Beshbarmoqdan keyin eng sevib iste’mol qilinadigan qozoq taomlaridan biri qovurdoq (kuqrdak) hisoblanadi. Bu sevimli taom jigar, o‘pka, go‘sht va kartoshkani birga qo‘shilib, qovurib tayyorlanadi. Xuddi qovurdoqdek, qaynatilgan qo‘yruq ham qozoq xalqi tomonidan sevib iste’mol qilinadi. Uni tayyorlash uchun yupqa bo‘laklar shaklida kesilgan jigar qo‘yning dumbasi bilan birga qo‘shib, qaynatib olinadi va sovuq taom sifatida iste’mol qilinadi.
Bo‘g‘irsoq (baursak) qozoq milliy pazandaligining ko‘rki hisoblanadi. Bo‘g‘irsoqsiz bironta ham to‘y yoki boshqa tantanali marosim o‘tkazilmaydi. Bo‘g‘irsoq faqat mol yog‘ida qovuriladi. Bo‘g‘irsoqdan tashqari hamirdan turli oddiy va yog‘li, qatlama nonlar tayyorlanadi.
Bundan oldin ta’kidlanganidek, ot go‘shtidan tayyorlangan qazi juda sevimli taom hisoblanadi va yil davomida kolbasa o‘rnida yoki boshqa mahsulotlar bilan birga pishirib iste’mol qilinadi.
Qozoq xalqi milliy pazandaligida sut va undan achitib olingan mahsulotlar ham sevib iste’mol qilinadi. qatiq (ayron) havoning issiq kunlarida chanqoqni yaxshi bosadi va u qaynatilib sovutilgan suv bilan aralashtirilib ichiladi. Biya suti qimizi qozoqlar uchun ham eng sevimli sut ichimligi hisoblanadi va erta bahordan kechki kuzgacha iste’mol qilinadi. Xuddi qimizga o‘xshash ichimlik moya sutidan ham tayyorlanadi. Faqat u qimiz emas, shubat deb ataladi.
Qozoq millatiga mansub turist mehmonlarni kutishda ham ular ovqatlanishidagi yuqorida ko‘rsatilgan xususiyatlarni hisobga olish zarur.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling