1-mavzu: «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Reja


Qirg‘izlar va qozoqlar ovqatlanishiga xos umumiy xususiyatlar


Download 1.72 Mb.
bet112/128
Sana01.04.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1317668
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   128
Bog'liq
1-mavzu «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Rej

2.3. Qirg‘izlar va qozoqlar ovqatlanishiga xos umumiy xususiyatlar

Qirg‘iz va qozoq xalqlarining tili, dini va issiq iqlim sharoitining bir xilligidan tashqari taomlar tayyorlash texnologiyasi va ularni iste’mol qilish qoidalarida ham o‘xshashliklar juda ko‘p. Shu sababli ham ushbu millatlar ovqatlanishiga xos umumiy xususiyatlarni alohida bandda ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq deb topildi. Shu bilan birga qozoqlarning ham, qirg‘izlarning ham ovqatlanishida faqat o‘zlariga xos xususiyatlari mavjud.


O‘tmishda qirg‘iz va qozoqlar asosan chorvachilik bilan shug‘ullanib kelishgan. Albatta, bunday turmush tarzi millatlar pazandaligiga va ovqatlanishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Shu sababdan ham ularning asosiy oziq-ovqat mahsuloti go‘sht, sut hamda ular bilan birga iste’mol qilinadigan non bo‘lgan. Dehqonchilik bilan kam shug‘ullanganliklari sababli qozoq va qirg‘izlar ratsionida sabzavotlar, yormalar va dukkakli mahsulotlar ulushi juda ham past bo‘lgan. Lekin o‘tgan XIX asrning oxirida va XX asrning boshlarida qirg‘iz va qozoqlarga avvaldan tanish bo‘lmagan, tanish bo‘lsa ham sotib olish imkoniyati bo‘lmagan kartoshka, pomidor, bodring, baqlajon, patisson, kabachka, bulg‘or kalampiri kabi sabzavotlarning Markaziy Osiyo respublikalarida keng tarqalishi, oziq-ovqat sanoati sohalarida ishlab chikariladigan makaron, qandalot mahsulotlari, un, yormalar va boshqa baliq mahsulotlari bilan reja asosida ta’minlanishi XX asrda qirg‘izlar va qozoqlar iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari assortimentining keskin yaxshilanishiga va ulardan tayyorlangan taomlar hisobiga milliy pazandaliklarning boyishiga katta imkoniyat berdi.
Hozirgi vaqtda qirg‘iz va qozoq milliy taomlari assortimenti katta. Qirg‘iz va qozoqlar pazandaliklarining shakllanib, bugungi kundagi darajaga kelishida va takomillashishida Markaziy Osiyo respublikalarining umumiy ovqatlanish sohasi uchun hozirgi Samarqand shahrida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash va qo‘shni xalqlar pazandaliklarining millat urf-odatlariga mos tomonlarini o‘zlashtirish ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Masalan, qirg‘iz milliy pazandaligining boyishida hozirgi Qirg‘iziston Respublikasi hududida qirg‘izlar bilan yonma-yon yashaydigan o‘zbek, uyg‘ur, dungan, qozoq, rus kabi millatlar pazandaliklarining ta’siri ham juda katta. Bugungi kunda qirg‘izlar ratsionini shorpo, lagman, manpar yoki mantisiz tasavvur qilish juda qiyin. Shu bilan birga qirg‘izlar va qozoqlar milliy pazandaliklariga xos xususiyatlar nafaqat saqlanib kelmokda, boyib va takomillashib ham bormoqda.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling