1-mavzu: «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Reja


Download 1.72 Mb.
bet69/128
Sana01.04.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1317668
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   128
Bog'liq
1-mavzu «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Rej

3. Metall idishlar.

Zalda ofitsiant ovqat tarqatish bo‘limidan yordamchi stolga taomlarni metall idishlarda olib keladi.
Metall idishlar mustahkam va ko‘rimlidir, taomning issiqlik haroratini saqlaydi. Mis va qalayi eritma-sidan yasaladigan idishlar issiqbardosh, zanglamaydi. Yupqa kumush qatlami surtilgan bu idishlar (0,3 dan 0,5 mm gacha) ga badiiy ishlov berish oson. Bu idishlardan foy-dalanishda qattiq urilishdan saqlash kerak, chunki shakdan maxsus nam o‘tkazmaydigan mato solinadi, u dastur-xonga to‘kilgan suyuqlikni stolga o‘tkazmaydi. Dasturxonda fujer, ryumkalar ag‘darilib ketsa ham sinmaydi, mijoz-lar bilaklarini qo‘yish uchun dasturxon yumshoq bo‘ladi. Bu turdagi dasturxon va uning ostiga solinadigan mato maxsus buyurtma asosida lyuks va oliy toifa restoranla-ri uchun tayyorlanadi. Dasturxonlar restoran zali manza-rasiga, uning badiiy elementi bezagiga mos kelishi lo-zim. Gadiiy deganda restoranning nomi, tamg‘asi, beza-tilishi ham tushuniladi.
Paxtadan yoki uning aralashmasidan to‘qilgan dastur-xonlar yaxshi yuviladi, 60° S da undagi ovqat va vino dog‘-lari ketadi. Dasturxonlar yaxlit bo‘lgani yaxshi, chunki kichik-kichik bo‘lganda bir necha dasturxon solishga to‘g‘ri keladi va oralari ochilib qoladi.
Metall idishlar—alyumin, po‘lat, jez, chuyan, temir, melxior, neyzilberlardan tayyorlanadi. Emal bilan qoplanishi mumkin.
Alyumin idish shtamp qilinib va alyumin, dyuralyumindan qo‘yish yo‘li bilan yoki ularning ikkinchi erit­masidan tayyorlanishi mumkin. Shtamp qilinib tayyorlangan alyumin idish yengil (tub qalinligi 1,5 mm), urtacha (2 mm) va og‘ir (tubi qalinligi 2,5 mm) bo‘ladi. Quyib tayyorlangan, devorlari qalin idishlar — tovalar, kastryul, qozonlar, agar ularning sirtiga yaxshi ishlov berib pardozlansa, zanglamaydi. Bu idishlar asosan taomlarni qovurish uchun, ikkinchi taom tayerlash uchun ishlatiladi. Alyumin idishlarga turli xil ishlov beriladi, kumushsimon va boshqa har xil ko‘rinishda yaltirab turadi. Otashbardoshligi 658°S gacha, haroratning birdaniga o‘zgarishidan qo‘rqmaydi, taomning mazasi, xidi, ko‘rinishiga salbiy ta’sir qilmaydi. Bu idishlarda har qanday taomni pishirish mumkin, organik kislotali mahsulotlar ham ularga ta’sir qilmaydi. Biroq, alyumin idishlarda taomni 2 sutkadan ortiq saqlash tavsiya etilmaydi. Alyumin idishlarda tuzlangan bodring, Karam saqlash mumkin emas, chunqi ishqor va kislota idishni ishdan chiqaradi. Yangi alyumin idish ichini moylab, suv qaynatib olish zarur.
Alyumin idishning kirini ketqazish uchun nashatir spirt yoki soda qo‘shilgan suv bilan yuviladi (bir litr suvga bir choy qoshiq). Bunday idishlarni turli xil kukunlar bilan yuvilsa ham bo‘laveradi. Alyumin kastryullarni 1—1,5 chelak iliq suvga 80—100 g idorada ishlatiladigan silikat yelimidan va 100—125 g kalsiy sodasi qo‘shib yuvilsa, yangidek bo‘ladi. Suyuqliq qaynash darajasigacha isitilishi, so‘ngra idishlar solinishi mumkin. 20—30 daqiqa qaynatish kerak. Suv sovigunga qadar idishlar olinmaydi, so‘ngra ochib yengilgina yuviladi. Alyumin idishlarni qattiq, poroshoq va metall cho‘tka lar bilan tozalash mumkin emas.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling