1-mavzu: «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Reja
-mavzu: Restoran oshxonasida ishlatiladigan
Download 1.72 Mb.
|
1-mavzu «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Rej
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oshxona sochiq va dasturxonlari.
12-mavzu: Restoran oshxonasida ishlatiladigan
idish-tovoqlar va anjomlar Reja: Farfor-fayans va chinni idish-tovoqlar.Billur va shisha idishlar.Metal idishlar.Oshxona anjomlari.Oshxona sochiq va dasturxonlari.Mijozlarga sovuq gazaklarni berishda ishlatiladigan idish-tovoqlar.Birinchi va ikkinchi taomlarni tortishda ishlatiladigan idish-tovoqlar.8. Mijozlarga dissertni berishda ishlatiladigan idish-tovoqlar. OSHXONA IDISH-TOVOQDARI Idish-tovoqlar umumiy ovqatlanish tarmog‘ining shun-day qismiki, u masalan, restoranning butun manzarali bezagidan, ofitsiant va boshqa xodimlar yaxshi muomala-sidan qolishmaydi. Dong‘i ketgan restoranning pala-partish idish-tovog‘i bo‘lsa, bu hech aqlga sig‘maydigan nar-sa. Vaholanki, mijozlar bu yerga faqat ovqat yeyish uchun-gina emas, uning chiroyli manzarasidan lazzat olish uchun ham keladi. Umumiy ovqatlanish korxonalarida turli xil idish-tovoqlardan foydalaniladi: chinni idishlar, fayans, shisha, billur, kulolchilik, metall, yog‘och va plastmassa. Oshxona idish-tovoklari assortimenti va miqdori ovqatlanish korxonasining turi, zalga necha kishi sig‘i-shi, ishlab chiqariladigan mahsulot assortimenti va miq-dori, ish rejimi, xizmat shakliga qarab belgilanadi. Iste’mol xususiyatiga qarab idish-tovoqlar har bir kishi uchun uch, uch yarim, ba’zan 4 tadan mo‘ljallanadi. Ikki komplekt idish-tovoq anjomlari harakatda, ovqat suzi-ladigan bo‘limda, uchinchisi — yuvilish xonasida, to‘rtin-chisi — servantda bo‘ladi. Ana shu miqdordagi idish-to-voqlar iste’molchilarga uzluksiz va sifatli xizmat qilish uchun imkoniyat yaratadi. 1. Farfor-fayans va chinni idish-tovoqlar Chinni va fayans idish-tovoqlar. Ishlab chiqarilayotgan chinni va fayans idish-tovoqlar shaklining oddiyligi, noyobligi, yuksak gigiyena talablariga javob berishi bi-lan farq qiladi. Bu idishlarda o‘tkir burchaklar yo‘q, shuning uchun sanitariya ishloviga qulay. Ba’zi tarelka-lar kvadrat shaklida ishlab chiqariladi. Chinni va fayans idishlarga turli xil ranglar beriladi. Milliy taomlar tayyorlaydigan oshxonalarning idish-tovoqlari ham o‘z xususiyatlariga ega bo‘ladi. Chinni va fayans issiqni uzoq saqlaydi va yuqori kislotabardoshlik xususiyatiga ega. Chinnidan ishlangan idishlar yengil, o‘zining yorqinligi bilan ajralib turadi. Fa-yansdan qilingan mahsulotlarning mexanik kuchi va ter-mik turg‘unligi kam, shuning uchun ular chinnidan qalin. Chinni idish — oppoq qordek, nur o‘tkazuvchan, fayans-ga qaraganda tashqi ko‘rinishi chiroyli, sifati yaxshi, termik xususiyati yuqori, bo‘yoq tutishda chidamli. Chetiga chertsangiz uzoq payt jaranglab turadi. taom iste’mol qilishda estetik tuyg‘u uyg‘otib, taomni lazzatli qiladi. Restoranlar uchun chiqariladigan an’anaviy Xitoy va Yevropa chinnilari restoranning madaniyatini ko‘rkamlash-tiradi. Chinniga berilgan bo‘yoq dunyoda eng sifatli va chidamlidir, unda kishi sog‘lig‘iga putur yetkazadigan za-rarli moddalar yo‘q. Bo‘yoq sirti silliq, mustahkam, unda pichoq yoki vilka izlari qolmaydi. Mahsulotning chekka-lari yupqa va yaltiroq, u uzoq muddat chidamliligi bilan farq qiladi, odatdaga idish-tovoqlarga qaraganda 2—4 marta uzoq xizmat qiladi. Chinnining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ku-lolchilik mahsulotlaridan faqat chinnigina yorug‘lik o‘tka-zish qobiliyatiga ega. Ikki xil chinni tayyorlanadi: qat-tiq va yumshoq — qattiq chinni yuksak mexanik, termik va «myoviy xususiyatga ega. Yumshoq chinni kamroq mexanik !lgstahkamlik va kimyoviy chidamga ega, ammo nur o‘tkazish xususiyati yuksak, yaltiroqligi sut, oynaga yaqin. Yumshoq chinniga Yaponiya, Xitoy, Fransiya, Angliya chinnilari ki-padi. Qattiklariga an’anaviy rus chinnisi, nemis va bosh-ka chinnilar kiradi. Chinni idishlar rangli mahsulot-lardan tayyorlanadi yoki chinniga turli bo‘yoqlarda rang beriladi. Oq va sariq chinni ko‘proq uchraydi. Chinni idishlar gigiyena talablariga to‘la javob beradi. Chinni idishlar quyidagi joylarda foydalaniladi: lyuks toifadagi restoranlarda: oliy guruhdagi yuqori sifatli, badiiy bezatilgan chinnilar; oliy toifadagi restoranlarda: restoran tamg‘asi bosilgan monogrammali chinni idishlar; birinchi toifadagi restoranlarda: badiiy bezak berilgan, 8-guruh chinnilaridan past bo‘lmagan idishlar. Fayans idish-tovoqlar — oq, o‘ziga nam singdira ola-digan, yupqa qatlami ham nur o‘tkazmaydi, rangsiz bo‘yoq bilan bo‘yalgan. Chetiga chertilganda past, tund, tez so‘nuv-chi ovoz chiqaradi, chunki fayans uncha yuqori bo‘lmagan haro-ratda quydiriladi. Fayans qattiq va yumshoq bo‘ladi. Yum-shoq fayansdan tayyorlangan buyumlarning mexanik mustahkamligi va termik turg‘unligi uncha yuqori emas. Fayans idishlarining mustahkamligi chinniga qaraganda 15—25% kam. Fayans idishlari chinnidan ancha yengil. Ulardan osh-xonada foydalanish mumkin (miska, ko‘zacha, sut idishi, sochiluvchi mahsulotlar soladigan bankalar, tuzlash uchun idishlar va hokazo). Chinni va fayans idish-tovoqlarni issiq suv bilan yuviladi. Ba’zan idish ichida choy yoki kofe qoladi, yuvilganda ketmaydi, bunday onlarda sir-kaga namlangan latta, namokob, osh sodasi bilan yuviladi. Fayans idishlar non, ikki tomoni qovurilgan non (tost), hamirli kulinar mahsulotlari solish uchun ishlatiladi: Somsa solinadigan tarelkalar (diametri 175 mm) yolg‘iz mijozlarga xizmat kilganda — non, qovurilgan non, somsa va boshqa ko‘p xil taomlar solishda ishlatiladi. Non tarelkalari, kichik oshxona tarelkalari (diamet-ri 24 mm) — guruh bo‘lib kelganlarga xizmat qilishda, max-sus vazalar yo‘q bo‘lsa, gazak tarelkalarida beriladi. Oshxo-naning mayda tarelkalari ikkinchi taom — go‘shtli, balikli, sabzayutli ovqatlar, shuningdek gazak uchun ham ishlatiladi. S ovuq gazaklar berishda quyidagilar qo‘llaniladi: kichkina gazak tarelkalari (diametri 200 mm); ular-dan taomli, gazakli tarelkalar ostiga qo‘yishda foydala-niladi. salat solinadigan kvadrat idishlar (240, 260, 480, 720 mm) — salatlar, tuzlangan narsalar, vinegret, qo‘zi-qorin va boshqalar solinadi. baliq mahsulotlari solish uchun idish (uzunligi — 250, 300 mm; uzunligi — 100, 150 mm) — baliq gastronomiya-si uchun, semga, sevryuga, yog‘li baliq, shprot, sardin, sayra va boshqalar; uzunchoqroq idish (uzunligi — 350—400 mm) — ba-liq va go‘sht gastronomiyasi, buyurtma taomlar uchun; dumaloq idish (diametri 300 va 350 mm) — go‘sht va sabzavot mahsulotlari gazagi, buyurtma taomlar uchun; vazalar (diametri 240 mm) pastak, firma salat, shuningdek yangi pomidor, bodring, rediska va boshqa sa-latlar uchun; sous idishlar (hajmi — 100, 200, 400 sm3) — sovuq souslar va qaymoq uchun, bittadan olti porsiyagacha. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling