1-mavzu. Rossiyasi imperiyasi hukmronligi yillarida Samarqand


Download 24.5 Kb.
bet2/5
Sana23.04.2023
Hajmi24.5 Kb.
#1386573
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-ma`ruza (1)


shaharning eski qismida joylashganligi bois, Eski shahar bu davrda ham ijtimoiyiqtisodiy va madaniy hayotda o‘z ahamiyatini yo‘qotmadi. V.Masals­kiyning 1913 yilda keltirgan ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, Samarqand­ning Eski shahar qismida 28 ta karvonsaroy, 1169 ta do‘kon, 6185 ta xususiy uylar, 4 ta bozor, 14 ta madrasa, 91 ta maktab, 105 ta masjid bor edi. Shahar bozorlariga yaqin atrofdagi qishloq va shaharlardan ko‘plab xaridorlar kelgan, chunki Samarqand shahri Toshkent va Farg‘ona hududlariga mahsulot tarqatadigan o‘ziga xos savdo ombori bo‘lib, nafaqat viloyatdagi, balki Turkistondagi yirik savdo-sanoat markazlaridan biri edi.
1888 yilda Krasnovodskdan Samarqandgacha bo‘lgan Kaspiy orti temir yo‘li, 1898 yilda esa Samarqand-Andijon temir yo‘llarining qurilishi shaharni Rossiya imperiyasining janubiy qismlari hamda o‘lkadagi yirik shaharlar bilan yaqindan bog‘ladi, ayni paytda Samarqandga rus sanoatchilari va sarmoyadorlarining faol kirib kelishiga hamda viloyatda yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari va boshqa xom ashyoni Rossiyaga olib ketishga katta imkoniyat yuzaga keldi. Samarqand shahri va uezdida viloyatdan metropoliyaga mahsulot olib ketish bilan shug‘ullanuvchi o‘nlab savdo-sanoat firmalarining bo‘limlari va do‘konlari faoliyat ko‘rsata boshladi.
Samarqand shahrida ularning 117 ta do‘koni bo‘lib, ular shahardan asosan paxta, ipak, guruch, chorva mahsulotlari, ho‘l meva, vino, charmteri, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Rossiya shaharlariga, rus manufakturasi mahsulot­larini esa viloyat aholisiga yetkazish bilan shug‘ullanganlar. Samarqand Turkistondagi eng yirik vinochilik markazi bo‘lib, uning atrofi va ichkari­sida bogdorchilik va uzumchilik keng rivojlangan edi. Kas­­piy orti temir yo‘li qurilgach, Samarqand viloyatida rus sarmoyadorlarining kirib kelishi faollashadi va shaharda sanoat korxonalari ko‘payadi. Bu korxonalar asosan xomashyoni qayta ishlashga ixtisoslashgan bo‘lib, ular choy qadoqlash, paxta tozalash, yog‘-moy, ko‘nchilik, vinochilik korxonalaridan iborat edi.
Shahar aholisining ichki ehtiyojlarini qondirishda mahalliy hunar­mandchilik mahsulotlari muhim o‘rin tutsa-da, o‘lkada zavodfabrika mahsulotlarini ko‘payib borishi bilan mahalliy kosibchilik ustaxonalari kamaya boshlaydi. Agar 1888 yilda shaharda 1300 dan ortiq turli usta­xonalardan tashqari 1969 ta mayda hunarmandchilik ishlab chiqarish korxo­nasi faoliyat ko‘rsatdi. 1907 yilga kelib ularning soni 963 taga tushib qoldi.
Ustaxonalarning ma’lum qismi birlashib yiriklashgan bo‘lsa, ma’lum qismi zavod-fabrika mahsulotlari bilan raqobat qila olmay, yopiladi. Hunarmandchilikning ayrim turlari, masalan igna tayyorlash umuman tugatilib, o‘rniga yangi hunarlar, masalan choy qadoqlash hunari yuzaga
Download 24.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling