1-mavzu. Rossiyasi imperiyasi hukmronligi yillarida Samarqand


Download 24.5 Kb.
bet1/5
Sana23.04.2023
Hajmi24.5 Kb.
#1386573
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-ma`ruza (1)


1-mavzu. Rossiyasi imperiyasi hukmronligi yillarida Samarqand
General fon Kaufman bir necha bor turli bahonalar bilan Buxoro amirligi va rus hukumati o‘rtasida tinchlik kelishuvini imzolashni kechiktirib, harbiy to‘qnashuvga olib boradigan yo‘lni tanlagan. U Buxoro amirligidan haqoratomuz, amirlikning sha’nini yerga uradigan shartlarni bajarishni talab etgan. Shunday talablardan biri Amir Said Muzaffarga 1867 yil oxirida yuborilgan bo‘lib, unda Buxoro amirligining Qo‘qon xonligi singari «oq podsho» hukmronligini tan olib unga vassal bo‘lishi taklif qilingan edi. «Tinchlik shartnomasi» ga shu tariqa tayyorgarlik ko‘rish ikki o‘rtada harbiy to‘qnashuvni muqarrar qilib qo‘ydi. 1868 yil aprel oyiga qadar ikki o‘rtadagi muzokaralar shartnomaga olib kelmadi, ikkala tomon ham urushga tayyorgarlik ko‘ra boshladi.
1868 yilda Erjar va Jizzax olingandan so‘ng ruslar Samarqand ostonasiga yetib keldilar, bosqinchilar Buxoro amirligining «ikkinchi poytaxti»bo‘lgan Samarqandni egallashga alohida ahamiyat berishgan.
Ruslar tomonidan Samarqand shahrini zabt etish 1868 yil 1 may kuni Cho‘ponota tepaligida boshlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, shaxsan general fon – Kaufman qo‘mondonligidagi ruslar armiyasining soni 13500 kishidan iborat bo‘lib, amir sarbozlarining soni ulardan qariyb 5 baravar ko‘p edi. Jang vaqtidagi Kaufmanning eng yaqin yordamchilari keyinchalik Turkiston siyosiy tarixida muhim rol o‘ynagan Abramov va Golovachevlar bo‘lgan. Amir sarbozlari va rus qo‘shinlari o‘rtasida shiddatli jang bo‘lib o‘tadi. Bu jangda ruslarning g‘alabasini ta’minlagan asosiy kuch, ularning harbiy texnikasining, ayniqsa, artilleriyasining ustunligida edi, deb qayd qilish mumkin.1868 yil 2 mayda Samarqand shahri ruslar qo‘liga o‘tdi.
1868 yilning may oyining oxiriga qadar, uning atrofidagi barcha tuman markazlari bosib olindi. Ruslar Urgut va Chelakdan tashqari biror joyda jiddiy qarshilikka duch kelmadilar. Bu ruslarning aholida rus fuqaroligiga ixtiyoriy o‘tish ilinji bor degan tasavvurni tug‘dirdi. Ammo tez orada ular yerli xalq to‘g‘risida sarob tasavvurga ega ekanliklarini angladilar. 1868 yilning o‘zidayoq, ruslar Samarqandni qayta bosib olishga majbur bo‘ldilar.
Rus qo‘mondonligi Samarqanddagi harbiy qo‘rg‘onda 658 kishini qoldirib, Buxoro tomon hujumni davom ettirdi. Kattaqo‘rg‘on va ayniqsa, Zirabuloqda qattiq to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tgan. Afsuski, ichki ziddiyatlar tufayli amirlikning butun harbiy qudratini bosqinchilarga qarshi birlashtira olmagan Amir Muzaffar qo‘shinlari katta talofat ko‘rib mag‘lubiyatga uchraydi. 1868 yil 2 iyunda Zirabuloq tepaligida bo‘lgan jangda ruslar tomonidan misli ko‘rilmagan vahshiylik amalga oshirilgan. Xuddi shu vaqtda, Samarqanddagi voqealarning rivojlanishi ruslarning Zirabu­loqda g‘alabani tantana bilan nishonlashiga imkon bermadi. Samarqandning olinishi bilan, Buxoro amirligi harbiy qudratiga shubha tug‘ildi. Samarqandni ozod etish uchun Shahrisabzdan Jo‘rabek va Kitobdan Bobobeklar boshchiligida katta harbiy kuch yo‘lga chiqdi. Ular Qarshi bekligi tomonidan quvvatlandi. Qo‘zg‘olonchilarni shahar aholisi va uning atrofidagi joylardagi xalq quvvatladi. Natijada, 20-25 ming qo‘zg‘olon­chilar soni tez orada 50 mingga yetdi va 2 iyun 1868 yilda ular shaharga hujum boshladi. Yetti kun davomida shiddatli janglar bo‘ldi, janglar davomida ruslar talofati 240 kishi bo‘lib, ulardan 70 kishi o‘lgan.
Kaufmanning buyrug‘i bilan shaharning obod, tarixiy Siyob bozori butkul yondirildi. «Samarqand qo‘zg‘oloni» davomida va undan keyin ming­lab bolalar, ayollar va keksalar yovuzlarcha o‘ldirildi. Samarqand va uning atrofida ruslarning «tinchlantirish» tadbiri natijasida xalq juda ko‘p vatanparvar farzandlaridan judo bo‘ldi.
Samarqand qayta bosib olingandan so‘ng 28 iyun 1868 yilda Rossiya va Buxoro amirligi o‘rtasida shartnoma imzolandi va unga ko‘ra, Buxoro Rossiyaga nisbatan o‘zining vassal ekanligini tan oldi. Shartnomaga muvofiq amir Samarqand va Kattaqo‘rg‘onni Rossiyaga berishga majbur bo‘ldi va katta miqdorda kontributsiya (tovon) to‘lash majburiyatini ham oldi. Bosib olingan yerlardan 1868 yilda Zarafshon okrugi tashkil etilib, unga boshqaruvchi qilib general A.K.Abramov tayinlandi.
Bosqinchilar tomonidan tarixiy yodgorliklar - Buxoro amirining Samarqanddagi saroyi, masjidlar, aholiga tegishli bo‘lgan chiroyli imoratlarga ham katta shikast yetkazildi: shahar harbiy qo‘rg‘oni ichida joylashgan amirning arki harbiy gospitalga aylantirildi, sobiq Samarqand hokimi binosi Zarafshon okrugi boshqaruvchisi general – mayor A.K.Abramovga bo‘shatib berildi.
Zarafshon okrugi markazi sifatida Samarqand shahri belgilandi va okrug boshlig‘i etib 1868 yilda A.K.Abramov (1868-1877) tayinlangan. Imperiya harbiy harakatlari davomida tarixiy yodgorliklar Buxoro amirining Samarqanddagi saroyi, masjidlar, aholiga tegishli imoratlarga ham katta shikast yetkazildi. Boshqaruvning yangicha tartib-nizomi 1868 yil 29 iyunda tasdiqlangan Zarafshon okrugini boshqarishning vaqtinchalik qoidalari asosida tuzildi.
Samarqand shahri bosib olingan dastlabki kunlardan va keyinchalik ham an’anaviy boshqaruv tartibi va qonunchilik tizimi saqlanib qolinishi rasmiy hujjatlarda ham bir necha bor ta’kidlangan. Jumladan,
1868 yil 4 mayda K.P. Kaufmanning Samarqand shahri aholisiga e’lon qilgan murojaatnomasida boshqaruv va qonunchilikda an’anaviy tartib hamda shariat ahkomlari saqlanib qolinishi aytib o‘tilgan edi. Keyinchalik general gubernator Fon Kaufmanning «Zarafshon okrugini boshqarish to‘g‘risidagi muvaqqat nizomi»da ham o‘lkada imperiya hukumati muassasalarini tuzish bilan birga oqsoqol va aminlar boshqaruvini qisman saqlab qolinishi ko‘rsatib o‘tilgan. Lekin amalda barcha mahalliy boshqaruv muassasalari tartibi quyi pog‘ona bo‘g‘ini sifatida belgilanishi va imperiya mahkamalariga bo‘ysundirilishi bilan ular faoliyati va vakolat doirasi cheklangan hamda ularning vazifalari mohiyati o‘zgartirilgan.


1868 yilda Samarqandning Rossiya imperiyasi tomonidan zabt etilishi nafaqat O‘rta Osiyo hududida, balki islom olami va Yevropada katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Buxoro xonligi aholisining Samarqand shahrini ozod qilish uchun olib borgan keskin kurashlari mag‘lubiyatga uchragach, xonlikning Rossiya imperiyasi bosib olgan yerlarida Zarafshon okrugi tuziladi.
1886 yilda «Turkiston o‘lkasini boshqarish haqidagi Nizom»ning qabul qilinishi munosabati bilan Zarafshon okrugi Samarqand viloyatiga aylan­tirib, uning tarkibiga Kattaqo‘rg‘on, Jizzax, Samarqand va Xo‘jand uezdlari kiritiladi, Samarqand shahri esa viloyat markazi etib belgilanadi.
Samarqand viloyat va uezddining ma’muriy markazi sifatida belgilan­gach, shaharga ko‘plab rus amaldorlari, harbiylar ko‘chib keladilar va 1871 yilda ular uchun shaharning yangi qismi barpo etiladi. Shu maqsadda ajratilgan hududda mahalliy aholi yerlari majburan sotib olinadi va ma’muriy binolar qurishga kirishiladi. Yangi qismni qurishda mahalliy aholi vakillariga arzimas ish haqi to‘lanib, majburan ishlatiladi va qisqa fursatda Yangi shaharcha barpo etiladi. Harbiy kazarmalar bilan o‘rab olingan bu shaharcha tez orada Samarqand viloyatining harbiy-ma’muriy markaziga aylanadi. Samarqandning Yangi shahar qismida aholi yil sayin ko‘payib boradi.
Rus aholisi uchun uy-joylar, ma’muriy binolar, kasalxona, xiyobon, kutubxona, ta’lim maskanlari, hammom, kitob do‘koni, ibodatxonalar, 69 ta turli do‘konlar, bank, harbiylar uyi, transport kontoralari, muzey va boshqa madaniy muassasa hamda maishiy xizmat idoralari tashkil etiladi, ko‘chalarni ko‘kalamzorlashtirish, yoritish, tosh yo‘llar yotqizish va obodonlashtirish uchun katta mablag‘lar sarflanadi. Ammo Eski shaharda esa faqatgina mahalliy aholini nazorat qilish va itoatda saqlab turishga, ya’ni politsiya va mirshablik uchun mablag‘ sarflanadi, shahar obodonchiligi, tibbiyot, sanitariya holati, qurilish va madaniy hayotga mutlaqo e’tibor qilinmaydi. Ma’muriyat Samarqandning Eski shahar qismidan to‘planadigan soliqlardan tushgan daromadni shaharning yangi qismining qurilishiga va obodonchiligiga sarflaydi. Natijada asrlar davomida dunyoga mashhur bo‘lib kelgan shaharda sanitar holat, uy-joy qurilishlari, madaniy obidalar, jamoat joylari, ko‘chalar davr talablaridan orqada qolib, ruslar yashaydigan Yangi shahar qismi obodlashib, hududi esa kengayib boradi. Shunga qaramay, asrlar davomida rivojlanib kelgan an’anaviy savdo markazlari – bozorlar, xunarmandchilik ustaxonalari, masjidlar hamda aholining asosiy qismi
Download 24.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling