1-mavzu. Rossiyasi imperiyasi hukmronligi yillarida Samarqand
Download 24.5 Kb.
|
1-ma`ruza (1)
keladi. Bu davrda Samarqand o‘lkada choy savdosi bo‘yicha asosiy o‘rinda turar edi. Imperiya hukumatining Turkistonda ma’naviy sohada olib borgan mustamlakachilik siyosatiga qaramay, XX asr boshida qo‘shni mamlakatlar va musulmon olamida keng tarqalgan ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlar Samarqand shahrini ham chetlab o‘tmadi. Bu davrda Samarqandda Hoji Muin, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Siddiqiy Ajziy, Abduqodir Shakuriy, Rahmatullo Ismatullaev kabi ma’rifatparvar ziyolilar yashab, faoliyat ko‘rsatdilar. Turkistonda jadidchilik harakatining yetuk namoyandalardan biri bo‘lgan Mahmudxo‘ja Behbudiy musulmon davlatlari va Rossiya shaharlarini kezib, o‘z mamlakatida ta’lim tizimi va moddiy-madaniy turmushning zamon talablaridan ortda qolayotganlini anglab yetadi. U Rahmatullo Ismatullaev, Abduqodir Shakuriy tomonidan tashkil etila boshlangan yangi usul maktablari uchun «Risolai asbobi savod», «Risolai jugrofiyai Rusiya», «Risolai jug‘rofiyai umroniy», «Kitobat-ul-atfol», «Amaliyoti islom», «Tarixi islom» kabi darslik va qo‘llanmalar yaratadi, 1913 yilda mahalliy teatrga asos solib, ilk o‘zbek dramasi «Padarkush» asarini yozadi va sahnalashtiradi. 1913-1914 yillarda Behbudiy «Samarqand» nomli mahalliy gazeta nashrini yo‘lga qo‘yadi. Rus, o‘zbek va tojik tillarida chop etilgan mazkur gazeta sahifalarida xalq taraqqiyotga va ma’rifatga da’vat etiladi, mavjud holat keskin tanqid ostiga olinadi. Hukumat gazetaning 45 ta soni chiqqach, yopib qo‘yadi. Mahmudxo‘ja Behbudiy tez orada mahalliy tildagi ilk jarida - «Oyna» jurnalini nashr qila boshlaydi. «Oyna» jurnali qisqa fursatda nafaqat Turkistonda, balki Kavkaz, Tatariston, Turkiya, Afg‘oniston, Eron va Hindistongacha tarqaladi. Bundan tashqari, Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘z hisobidan xususiy bosmaxona va kutubxona - «Nashriyoti Behbudiya» va «Kutubxonai Behbudiya»ni tashkil etadi. U o‘z bosmaxonasida jadid adabiyoti namunalaridan tashqari Turkiston xaritasini ishlab chiqib, chop etadi, kutubxonaga esa musulmon davlatlari va qo‘shni mamlakatlardan kitob olib kelishga harakat qiladi. Bu davrda xukumatning Turkistondagi ta’lim tizimini imkon qadar siqishtirish siyosatini olib borishiga qaramay, fan va adabiyot sohasidagi izlanishlar butkul to‘xtab qolmadi. Chunonchi bu davrda Samarqandda geografiya, astronomiya, kartografiya va tabiiy fanlar bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘lgan Hoji Yusuf tomonidan ilk globus ihtiro qilinadi. Moskva, Istanbul, Suriya va Yevropa shaharlarida 10 yil davomida otasi bilan sayohatda bo‘lib qaytgan, nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lgan Hoji Yusuf yaratgan globus o‘z zamondoshlari tomonidan yuqori baholanadi. Shahardagi ilg‘or fikrli ziyolilar mustabid tuzum sharoitidagi mavjud ahvolni tanqid qilish, xalqni ma’rifat va taraqqiyotga da’vat etish bilan cheqlanib qolmay, Samarqand shahrining kelajagi, uning obod bo‘lishi haqida orzu qilganlar hamda buning uchun nimalar qilish kerakligi haqida o‘z mulohazalarini bayon etganlar. Chunonchi, o‘sha davrda yashab, ijod qilgan, arab, fors, rus tillari va adabiyotini, musiqa va texnikani hamda tikuvchilik va to‘quvchilikni yaxshi bilgan, o‘z hisobidan yangi usul maktabi tashkil qilgan ma’rifatparvar Siddiqiy Ajziy o‘z she’rlarida ana shunday g‘oyalarni ilgari surgan. O‘zining «Mir’oti ibrat» nomli she’riy asarida Siddiqiy Ajziy Samarqandni obod va ozod kelajagini tasavvur qilib, shaharda katta va ko‘plab imoratlar, ko‘plab tramvay va avtomobillar, «oynai-bark», ya’ni televidenie hamda telefonlar, hattoki so‘zlashganda oynada aksi ko‘rinadigan telefonlar, har yerda elektr qandillar bo‘lishini bashorat qiladi. O‘zining «Xotima» nomli she’riy asarida esa u til, qonun, ilm-fan va davlatsiz millatning istiqboli yo‘qligini alohida ta’kidlaydi. Samarqand shahri Turkistonda kechgan siyosiy jarayonlarning qizg‘in o‘choqlaridan biri edi. Shahardagi mahalliy aholi orasida mustamlakachilik tuzumiga, hukumatning adolatsizlik siyosatiga qarshi tez-tez norozilik chiqishlari bo‘lib turgan. Mahalliy ulamolar Rossiyadan o‘lkani taftish kilish uchun yuborilgan senator Palenga bir necha marotaba yozma murojaat qilib, shahardagi boshqaruv tizimi va ijtimoiy hayotda o‘z diniy va Download 24.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling