1-mavzu. Rossiyasi imperiyasi hukmronligi yillarida Samarqand
Download 24.5 Kb.
|
1-ma`ruza (1)
milliy manfaatlarini, an’analarni tiklashni, adolatsizliklarga chek qo‘yishni so‘raganlar. Shahar aholisi nomidan tuzilgan 53 banddan iborat petitsiyada nafaqat ijtimoiy, diniy va milliy manfaatlar, balki siyosiy huquqlar ham talab qilingan bo‘lib, musulmonlarning Rossiya Davlat Dumasida va boshqaruv tizimida rus aholisi bilan teng huquqqa ega bo‘lishi lozimligi talab qilingan edi. Samarqand shahri, uezdi va viloyati aholisi 1916 yilda butun Turkistonni qamrab olgan, Rossiya imperatorining mahalliy aholini front orti ishlariga safarbar qilish haqidagi farmoniga qarshi ko‘tarilgan umumxalq qo‘zgolonida faol ishtirok etib, hukumatga qarshi o‘z noroziligini keskin namoyon etgan. Samarqandning ruslar yashaydigan yangi qismi ham imperiya hukumatiga qarshi muxolifatda bo‘lgan siyosiy kuchlar markaziga aylangan edi. Bu yerda rus-sotsial demokratlari hukumatning adolatsiz siyosatini keskin tanqid ostiga olgan rus matbuoti «Samarkand» gazetasi nashr etila boshlaydi. Gazeta sahifalarida hukumatning adolatsiz siyosatini keskin tanqid ostiga olinishi ma’muriyat tomonidan tazyiqqa uchrab, to‘xtatib qo‘yiladi. Ammo ma’muriyatning tazyiqlariga qaramay, gazeta turli nomlarda - «Russkiy Samarkand», «Zarafshan», «Novыy Samarkand» kabi nomlar bilan yana qaytadan tiklanadi. O‘rta Osiyo tarixida muhim o‘rin tutgan Samarqandning tarixi va madaniy merosiga katta qiziqish bilan qaragan rus sharqshunoslari – V.V.Bartold, N.I.Veselovskiy, V.L.Vyatkin kabi olimlar bu davrda qarovsiz qolgan shahar tarixi, uning moddiy yodgorliklarini o‘rganishga katta e’tibor qaratib, qator tadqiqotlar olib bordilar. Zero, bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan ko‘hna Samarqanddagi boy madaniy merosning ta’rifi hatto Yevropa mamlakatlariga ham yetib borgan bo‘lib, jahon madaniyati tarixida katta o‘rin tutar edi. Ammo ma’muriyatning madaniy merosga e’tborsizligi tufayli ko‘pgina yodgorliklar bu davrda qarovsiz ahvolga tushib qoldi. Bu davrda shahar hayotiga kirib kelgan yangiliklar – ilk bosmaxonalar, teatr, matbuot, kommunikatsiya, temir yo‘llar hamda sanoat korxonalari, bank-kredit tizimi, savdo-sanoat firmalari va boshqalar Samarqand hayotiga zamonaviy shaharsozlik madaniyati va iqtisodiymoliyaviy munosabatlarning yangicha shakllarini olib keldi, ammo ulardan asosan rus Download 24.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling