1-mavzu: Sharq uyg‘onish davrida ilm-fan va madaniyat taraqqiyoti. Sharq Renessansi davri qomusiy olimlaridan Muhammad Al-Xorazmiy ва Abu Nasr Forobiyning pedagogika fani rivojiga qo‘shgan hissasi


 Sharq Uyg‘onish davri va islomiy-axloqiy ta’limotlar taraqqiyoti


Download 350.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana28.12.2022
Hajmi350.15 Kb.
#1021707
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-ma\'ruza

3. Sharq Uyg‘onish davri va islomiy-axloqiy ta’limotlar taraqqiyoti
Ma’lumki, ilm-fan taraqqiyoti insonning axloqiy kamolga yetishida katta 
ahamiyatga ega. Islom dini ta’minotida «Qur’on»dan keyin hadislar asosiy 
manbadir. VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab hadis ilmi bilan shug‘ullana 
boshlangan. Hadislar dastlab yozib borilmagan VIII-IX asrlar hadis ilmi uchun 
«oltin davr» hisoblanadi.
Islom dunyosida eng nufuzli manbalar deb sanalgan oltita ishonchli to‘plam (as-
sahih as-sitta) ni yaratgan vatandoshlarimiz bo‘lib hadis ilmini rivojlantirishga ulkan 
hissa qo‘shdilar.
Bular: Imom Ismoil al-Buxoriy (810-870), Imom al-Hajjoj (819-874), Imom at-
Termiziy (824-892), Imom Sulaymon Sijjistoniy (817-880), Imom an Nasoniy (830-
915), Imom ibn Yazid ibn Mojja (824-886). 
Muhaddislardan Imom Buxoriy «As-Sahih», Imom al Hajjoj «As-Sahih», 
Imom Mojja «Sunnan», Imom Sijjistoniy «Sunnan», At-Termiziy «Aj-jami al-
kabir», An-Nasoniy «Sunnan» kabi hadis kitoblari sahih hadislar deb tan olingan. 


Hadis uch yo‘nalishda yaratilgan. 
1. «Musnad»-bunda turli mavzudagi hadislar bir joyga to‘plangan va alifbo 
tartibida joylashtirilgan. 
2. «Sahih» (ishonchli) hadislar. Bunday hadislarga yuqorida to‘xtalib o‘tdik. 
3. «Sunnan» yo‘nalishi. Bunda to‘g‘ri va «zaif» hadislar ham kiritilgan.
Imom Buxoriy hadis ilmida «Amir ul-mo‘minin», «Imom al-muhaddisiy» kabi 
nomga sazovor bo‘lgan. 
Imom Ismoil al-Buxoriy 810 yil 13 mayda Buxoroda tug‘ilgan. Yoshligidan 
otasidan etim qolgan. 10 yoshida arab tilini va kitoblarni yod ola boshlagan. U hadis 
ilmini qiziqish bilan o‘rgana boshlaydi. 
Buxoriy 825 yilda onasi va akasi bilan Hajga boradi. Safar chog‘ida Balx, Basra, 
Kufa, Bog‘dod, Xume, Damashq, Misr, Makka va Madinada bo‘ladi va mashhur 
olimlardan hadis o‘qigan hamda faqih ilmini o‘rgangan. 
Olimlarning fikricha, Imom Buxoriy boy meros qoldirgan. Uning «Ishonchli 
to‘plam», «Katta tarix», «Kichik tarix», «Imom ortida turib o‘qish», «Nomozda ikki 
qo‘lni ko‘tarish» kabi asarlari mavjud.
4 tomlik «Sahih al-Buxoriy» asarida payg‘ambarimiz hadislaridan tashqari
islom huquqshunosligi, islom marosimlari, axloq-odob, ta’lim-tarbiya, tarix va 
etnografiyaga oid ma’lumotlar ham berilgan. Unga 600 ming hadisdan 7275 ta 
«Sahih» (ishonchli)hadislari kiritilgan bo‘lib, shundan 4000 tasi takrorlanmaydigan 
hadisdir.
Olim islom olami odob-axloqi va tarbiyasiga bag‘ishlab «Al-adab al-mufrat» 
(«Adab durdonalari») nomli hadis to‘plami yaratgan 1322 ta hadisni tashkil qiladi.
Mashhur muqaddas at-Termiziy 824 yilda Termiz yaqinidagi Bud (hozirgi 
Sherobod tumanida) qishlog‘ida tug‘ilgan. 
U 850 yilda safarga chiqadi, Makka va Madinada bo‘ladi. Iroq va Xurosonda 
hadis ilmi, fiqx, ilmi al-qiroat, bayon, tarix va boshqa ilmlarni o‘rganadi. U 863 yilda 
o‘z vataniga qaytadi. 
At-Termiziy 10 dan ortiq kitoblar yaratgan. Bular: «Ishonchli to‘plam», 
«Payg‘ambarning alohida fazilatlari», «Hadislardagi illatlar va oqimlar haqida» kabi 
asarlari mashhurdir. Asarlarda insonni halollik, adolat, e’tiqod, diyonat, poklik, 


mehnatsevarlik, muruvvatlilik, mehr-shavqat, kattalarga ota-ona va qarindoshlarga 
hurmat ruhida tarbiyalashga katta ahamiyatga ega.
Islom aqidasiga ko‘ra har bir musulmon iymonli bo‘lishi kerak. Iymon daraxtga 
qiyoslanadi, uning 60 dan ortiq shoxlari bor. «Qo‘li va tili bilan o‘zgalarga ozor 
bermagan musulmondir» deyiladi. Uchta xislatni o‘zida mujassamlashtirgan kishi 
iymoni butun kishidir.
1. Insofli va adolatli bo‘lmoq, 
2. Barchaga salom bermoq, 
3. Kambag‘alligida ham sadaqa berib turmoq, 
To‘rt illat kimda bo‘lsa, munofiq sanalgan bo‘lar: 
1. Omonatga xiyonat qilmoq, 
2. So‘zlasa yomon so‘zlagan, 
3. Urushib qolsa kek saqlaganlar. 
Islomda 2 xil ilm haqida fikr yuritiladi: 
1. Huquqiy (fiqx), diniy yo‘l-yo‘riqlar ilmi, 
2. Dunyoviy ilmlar. 
«Ilmning ofati unutishdir. Uni noahil kishiga gapirish esa uni zoe qilishdir»,-
deb ta’kidlangan. Hadislar mazmunan har bir kishining ishonchini, e’tiqodini 
mustahkamlaydi va insonni ma’naviy kamolotga yo‘llaydi. Islom dinida ziddiyatlar 
va ixtiloflar paydo bo‘lib, ularning natijasida VII asrning ikkinchi yarmidan boshlab 
islomning o‘z ichida turli yo‘nalishlar, mazhablar, oqimlar paydo bo‘la boshladi.
So‘fiylik ta’limoti VIII asr oxiri IX asr boshlarida va Markaziy Osiyoda keng 
tarqaldi. 
So‘fiylik butun Sharq ma’naviy hayotida komil inson haqidagi g‘oyalarning 
shakllanishida muhim rol o‘ynadi.
Mazkur oqim VII-VIII asrda arab mamlakatlarida, Movaraunnahrda keng 
yoyildi.
Imom G‘azzoliy, - So‘fiy bo‘lish doimo odamlarga samimiy, muloyim 
muomalada bo‘lib, tinchlikda yashash, o‘z «yukini» boshqalar yelkasiga 
ag‘darmaslik, balki odamlarning istagiga muvofiq hamma narsani o‘z ustiga olish 


demakdir. So‘fiylikning qoidasi shundan iboratki, kambag‘allik uning bezagi, sabr-
toqat uning naqshi, qanoat qilish uning oti, ishonch uning qadr-qimmatidir.
So‘fiylik Sharq xalqlarining ko‘p asrli ma’naviy hayotining g‘oyaviy asosini 
belgilab bergan ta’limot bo‘lib maydonga chiqdi. U ilohiy poklik va insoniy 
go‘zallikni idrok etish yo‘li. Haq va haqiqatni himoya qilish vositasi bo‘lib xizmat 
qiladi. So‘fiylar inson ma’naviy-ruhiy komillikka erishish yo‘lida 4 ta bosqichni 
o‘tishi kerak deb, hisoblaydilar.
Muhammad ibn Muhammad Fazl Buxoriy-Bahovuddin Naqshband 718 hijriy 
(1318 melodiy) yilda Buxoroga yaqin Qo‘shki Hinduvon (qasri Orifon) qishlog‘ida 
tavallud topgan. Naqshband uning laqabi bo‘lib, ota kasbi Kimxobboflik bilan 
shug‘ullangan. 
Uning tasavvufga qiziqishi bolaligidan paydo bo‘ladi va shu yo‘lda tarbiya 
topadi. U dastlabki tariqat so‘lukiga doir bilimlarni Shayx Samosiy va Sayyid Amir 
Kuloldan olgan.Abdulholiq G‘ijduvoniyni o‘ziga ustoz deb biladi va uning izidan 
boradi. Bahouddin Naqshband 1389 yilda vafot etadi va qasri Orifonda dafn etilgan. 
Bahouddin Naqshband Naqshbandiya tariqatining asoschisidir.Uning ta’limoti 
hayotlik chog‘idayoq Movarounnahrda keng tarqalgan. 
Naqshbandiya islomdagi sunniylikka asoslangan bo‘lib, uning ma’naviy 
silsilasi bir tomondan, Abu Bakr Siddiqqa (632-634) ikkinchidan Abu Tolibga borib 
tarqaladigan 12 tariqatning biri sanaladi. Bu silsila «Oltin silsila» deb ataladi. 
Naqshbandiya suluki halol mehnat bilan kun kechirishni targ‘ib qiladi. Uning «Dil 
ba yoru dast bakor» (Dil yorda, qul ishda) shiori diqqatga sazovor. Naqshbandiya 
sulukiga kirgan kishilar qo‘l mehnati bilan hayot kechirar edilar. Bu kishilardan 
oilani va mamlakatni obod qilish uchun mehnat qilish talab qilingan. Bahouddin 
Naqshbandning o‘zi ham qo‘l kuchi bilan hayot kechirgan. Naqshbandiya 
tariqatining suluklaridan yana biri «Zikri xufiya» bilan shug‘ullanganlar. 
«Zikri xufiya» muridlar bilan bir joyga to‘planishi shart bo‘lmagan, har kim o‘z 
o‘yida tinch, osuda, shovqin-suronsiz, raqsu-samosiz, muqaddas so‘zlarni dilda 
aytib kunduzlari o‘z ishlari bilan mashg‘ul bo‘lganlar. Bahouddin Naqshband inson 
barkamol bo‘lishi uchun avvalo, iymonli bo‘lishi zarur, deydi. 
Tarqat yo‘li odobdan iborat, har bir maqomning o‘z odobi bo‘lganidek, 
Naqshbandiya tariqatining ham o‘z xulq-odob talablari bor. «Kimki ana shu odobni 
ushlasa, uni balog‘at ahlining balog‘atiga yetkazadi. Adab bu xulqni chiroyli qilish, 
so‘zni va fe’lni soz qilishdir. Xizmat odobi ulug‘ baxtdan yaxshiroq, uning belgisi 
amalining qabuli, tugyon esa amalining buzuqligidir. Adabni saqlash-muhabbat 
samarasi, yana muhabbat daraxti, muhabbat urug‘idir.» Shu narsa ma’lumki, 


Naqshbandiya tariqati odob-axloq tariqati, bu tariqat insonning ma’naviy-axloqiy 
kamolga etish uchun qay darajada hulq-odob talablariga javob berishi, uni egallab 
olishiga bog‘liqdir. 
Naqshbandiya tariqatida har bir insonning halol, pok bo‘lishi, kamtar, samimiy 
bo‘lishi, iymon va e’tiqodini mustahkam tutishi, dilda xudoni jo etib, amalda xalq 
bilan birga bo‘lish kabi buyuk xislatlarni tarkib toptirish yotadi. Xoja Bahouddin 
shogirdlariga murojaat qilib, «Shamga o‘xshagin, toki hammaga ravshanlik 
bag‘ishla, o‘zing esa qorong‘uda bo‘l», deydi. 
Naqshband xikmatlarida komil insonni tarbiyalash uslublari ham mavjud. 
Bahouddin Naqshband shunday yozadi: «Suhbatimizga etishgan guruhlardan 
ba’zilari shundayki, ularning ko‘ngillarida muhabbat urug‘i bor, ammo xalaqit 
beruvchi xasu-xashaklar tufayli o‘solmaydi, bizga esa uni sozlash lozim. Ba’zilarida 
muhabbat urug‘i yo‘q bizga esa uni paydo qilish lozim.» 
Naqshbandiya sulukiga kirgan inson o‘zini ham ruxan, ham jismonan 
chiniqtirishi, ma’naviy poklanishi va qalbga sayqal berishi lozim. 
So‘fiylik-bu muruvvat, saxovat, mehnat, qanoat, diyonatdir. Ular inson 
xulqidagi barcha illatlar bilan kurashuvchilardir.
Ahmad Yassaviy 1041 yilda Saryomda (Sayram) Ibrohim shayx xonadonida 
tug‘iladi. Yetti yoshida otasidan, so‘ng esa onasidan yetim qoladi. U Arslonbobo 
nomli kishi qo‘lida tarbiya oladi. Ahmad Yassaviy ham juda ko‘p tolibi ilmlar kabi 
Buxoroda tahsil oladi. U yerda mashhur Yusuf Hamadoniydan suluk odoblarini 
o‘rganib so‘ng Turkistonga qaytadi va o‘z tariqatiga asos soladi. Yassaviya tariqati 
mashhur Ahmad Yassaviy nomi bilan bog‘liq bo‘lib, islom dunyosida «shayxul 
mashoyix» deb ulug‘lanadi. U so‘fiylik g‘oyalarini, o‘z tariqatini targ‘ib yetishda 
she’rlardan foydalanadi. Islom dini aqidalarini va o‘z g‘oyalarini hikmatlarida ifoda 
etadi. Ahmad Yassaviy shu hikmatlari bilan keng xalq ommasi orasiga kirib boradi. 
Ahmad Yassaviy hikmatlarining axloqiy, falsafiy, ilohiy ildizlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
«Qur’on» g‘oyalari va Muhammad payg‘ambar hadislariga borib bog‘lanadi.
Ahmad Yassaviy hikmatlarida nasihat asosiy o‘rin tutadi. Ularning barchasida 
so‘fiylik tasavvufdagi haqiqatni bilish, haqni sevish uchun nafsu dunyodan 
chekinishdir degan nasihatlarni ko‘rishimiz mumkin. Insondagi har qanday illat, 
qabohat uning ongida qurib bitishi kerak, ana shunda insonda ba’zi nuqsonlar qayta 
tiklanmaydi, deydi. Ahmad Yassaviy nafsni yomonligini, u o‘g‘rilikni, jaholatni 
keltirib chiqarishini ta’kidlaydi. Qanoat uning shiori hisoblanadi. Nafsga mute 
bo‘lganlar xudbinlikdan qaytmaydi, nafs balosiga uchrashini quyidagi misralarda 
keltiradi: 


Nafsdan kechib, qanoatni pesha qilg‘on, 
Har kim topsa, rozi bo‘lib bo‘yi so‘ng‘on. 
Yaxshilarga xizmat qilib duo olg‘on, 
Andoq oshiq mashhar kuni armoni yo‘q. 
Hoji Ahmad yana:
Banda bo‘lsang mehnat tortgil g‘ofil odam, 
Oqil ersang g‘animatdir, g‘animatdur senga shul dam. 
Omonatdur aziz joning yurma beg‘am, 
Eshitib o‘qib yerga kirdi Qul Hoja Ahmad. 
Ahmad Yassaviy nodonlik tufayli hayotda savodsizlik, diyonatsizlik, ota-ona va 
ustozlarga hurmatsizlik, ma’naviy qashshoqlikning rivoj topishi, nodonlik, razolat 
hukm surgan joyda, ma’rifat bo‘lmagan o‘lkada mamlakat inqirozga yuz tutadi, 
deydi. 
Ahmad Yassaviy hikmatlarida haqqa etish yo‘lini targ‘ib qilar ekan, insonni 
jaholat botqog‘idan xalos qilishni ilgari suradi. Ahmad Yassaviy hikmatlarining 
tarbiyaviy imkoniyati juda kattadir. Bu hikmatlarni o‘qigan har bir inson o‘zidagi 
salbiy xislatlarni yo‘qotishga va ijobiy fazilatlarni shakllantirishga harakat qiladi.

Download 350.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling