1-mavzu. Statistikaning predmeti, metodi va vazifalari reja
Statistika o’rganish ob’ekti
Download 23.47 Kb.
|
1-MAVZU. STATISTIKANING PREDMETI, METODI VA VAZIFALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Statistika predmeti
Statistika o’rganish ob’ekti - bu ommaviy hodisa va jarayonlardir. Statistika fani ijtimoiy hodisalarning miqdoriy tomonlarini, ularning sifat tomonlari bilan uzviy ravishda bog’langan holda o’rganadi. Butun borliq, ya’ni moddiy dunyodagi tabiiy va ijtimoiy hodisalarning barchasi statistikaning o’rganish ob’ekti bo’lib hisoblanadi.
Statistika ayrim hodisalar bilan shug’ullanmasdan balki ommaviy hodisalarning miqdoriy tomonlarini ularning sifat tomoni bilan chambarchas bog’langanholga tahlil qiladi. Statistika predmeti deganda statistika o’rganadigan ob’ekt, uning jihatlari va rivojlanish qonuniyatlari, statistik fikrlash, tushuntirish mazmunini tashkil etuvchi voqealar, ularning mohiyatidan kelib chiqadigan sabab-oqibat bog’lanishlar, statistika fanining mazmunini yoritib beradigan bilimlar doirasi nazarda tutiladi. Bu masalaga statistika qo’llanish sohalari ham aloqadordir. Shunday qilib statistika nimani o’rgatadi degan savolga, bizning fikrimizcha, quyidagicha javob berish mumkin. Statistikaning o’rganish ob’ekti insoniyat hayotida ro’y beradigan barcha ommaviy voqea va hodisalardir, predmeti esa shu ommaviy voqea va hodisalarni miqdoriy tomonlarini o’rganuvchi, aniq sharoit va vaqtda hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini o’rgatuvchi metodlar yig’indisidir. Statistika ommaviy hodisa va jarayonlarni o’rganadi. Ular biror narsalar to’plamida va o’zaro bog’langan to’plamlar orasida kechadi. Bu yerda hodisa so’zi jamiyat hayotida, turmushda, tabiatda, bir so’z bilan aytganda, moddiy dunyoda haqiqatda bo’lgan real voqeani bildiradi. Ommaviy hodisa - biror ob’ektlar to’plamida yoki murakkab ob’ekt element-lari majmuasida yuzaga chiqqan voqea. Ommaviy jarayon - bu ob’ektlar to’plamida sodir bo’lgan voqealar oqimi va uning xarakteri, ularning rivojlanish darajalari, to’plama hodisalar kechishidagi (harakatidagi) o’zgarishlar. Ommaviy hodisa va jarayon bir qator muhim belgilari va xossalari bilan ajralib turadi: birinchi muhim belgisi - unda bir qancha ob’ektlar ishtirok etib, ular o’xshashlik alomatiga ega ekanligidan iborat; Download 23.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling