1-mavzu. Statistikaning predmeti, metodi va vazifalari reja


Download 23.47 Kb.
bet5/7
Sana07.02.2023
Hajmi23.47 Kb.
#1173386
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-MAVZU. STATISTIKANING PREDMETI, METODI VA VAZIFALARI

Ikkinchi bosqichda – jamlash va guruhlash metodlari, statistik jadvallar va grafiklar;
Uchinchi bosqichda - turli umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarni (mutloq, nisbiy va o’rtacha miqdorlar, dinamika ko’rsatkichlarini tahlil qilish, balans, indeks va boshqa) hisoblash va tahlil qilish metodlari.
Ilmiy jihatdan asoslangan statistik tadqiqot qayd etilgan metodlarning chambarchas bog’liq ravishda olib borilishini taqozo etadi.
Statistika o’z predmetini quyidagi kategoriyalar yordamida o’rganadi:
Statistik to’plam – bu umumiy bog’liqlikda, qandaydir bir sifat belgisi bilan birlashgan va bir-biridan farq qiluvchi ob’ekt yoki hodisalarning yig’indisidir. Masalan, korxonalar soni, aktsiyadorlik jamiyatlari soni, oilalar soni va h.k. To’plamlar bir jinsli (o’xshash, bir xil bo’lgan) va turli jinsli bo’lishi mumkin.
O’rganilayotgan ob’ektning belgilari to’plamning hamma birliklari uchun umumiy bo’lsa to’plam bir jinsli deyiladi. Masalan, xususiy firmalarni o’rganishda, eng avvalo, ulardan ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi va shug’ullanmaydigan korxonalarni ajratish kerak. Bu yerdan ikkita yangi to’plam paydo bo’ladi. Bu to’plamlarga kirgan har bir korxona to’plam birligi hisoblanadi.
To’plam birliklari bir holatda bir jinsli, shu birliklar boshqa holatda bir jinsli bo’lmasligi mumkin. Masalan, ish haqi nuqtai nazaridan davlat (yoki nodavlat) korxonalarida band bo’lgan ayollar-ishchilar to’plami bir jinslidir. Aholini takror ishlab chiqarish nuqtai nazaridan, aniqrog’i tug’ilish masalasidan qarasak bu to’plam bir hil emas, chunki ayollarning ayrim yoshdagilari endi bola tug’a olmaydi.
Belgi –bu to’plam birligining sifatiy xususiyatidir. O’rganilayotgan to’plam birligini ifodalash xarakteriga qarab belgilar miqdoriy, atributiv va alternativ belgilarga bo’linadi.
Miqdoriy ifodaga ega bo’lgan belgilar miqdoriy belgilar deyiladi.Masalan, ish staji, mehnat haqi, kishi yoshi va h.k.
Miqdoriy ifodaga ega bo’lmagan belgilar atributiv belgilar deyiladi. Masalan, professor, biznesmen, barmen, banker va h.k.
Agarda belgida, mohiyati bo’yicha teskari variant mavjud bo’lsa, bunday belgilar alternative belgilar deyiladi. Masalan, har bir kishi turmush qurgan va qurmagan bo’lishi mumkin, do’kondagi tovar iste’molga yaroqli va yaroqsiz bo’lishi mumkin. Bunday belgilar bo’yicha ma’lumot to’planayotganda, odatda, savolga ha yoki yo’q deb javob beriladi.
Statistik o’rganishning farqli xususiyati, unda faqat o’zgaruvchan (tebranuvchi, farqlanuvchi) belgilar o’rganiladi, ya’ni belgilar bir-biridan farqlanadi. Bu farqlanish statistikada variatsiya deb ataladi. Masalan, menejer ishini olaylik. Uning ishi natijasiga firmadagi umumiy sharoitlar va uning faqat o’ziga bog’liq omillar (uning ma’lumoti, ishchanligi, ishni tashkil qila bilishi va h.k.) ta’sir qiladi. Birinchi omil firmadagi hamma menejerlar uchun bir xil, ikkinchi omil esa har bir menejer uchun alohida tasnifga ega. Bu omillar bir-biri bilan qo’shilib, pirovard natijada ishchining ish natijasini har xil bo’lishiga olib keladi. Bunday belgilar variatsion belgilar deb ham ataladi.
Agarda, o’rganilayotgan belgining o’zgarishi turli davrlarga to’g’ri kelsa (oy, yil) bunday o’zgarish statistikada variatsiya emas, dinamika deyiladi.

Download 23.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling