1-mavzu. Statistikaning predmeti, metodi va vazifalari reja


Download 23.47 Kb.
bet6/7
Sana07.02.2023
Hajmi23.47 Kb.
#1173386
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-MAVZU. STATISTIKANING PREDMETI, METODI VA VAZIFALARI

Statistik ko’rsatkich – bu kategoriya bo’lib, hodisa va voqealarni aniq sharoit va vaqtdagi miqdoriy tasvirlanishidir. Statistik ko’rsatkichlar hajmiy va hisoblangan ko’rsatkichlarga bo’linadi. Ular reja, hududiy, haqiqiy, bashoratlangan ko’rsatkichlar shaklida bo’lishi mumkin. Statistik ko’rsatkichlarni statistik ma’lumotlar bilan chalkashtirmaslik kerak. Statistik ma’lumotlar bu statistik ko’rsatkichlarni aniq raqamdagi ifodasidir.
Statistik ko’rsatkichlar tizimi – bu bir-biri bilan o’zaro bog’langan statistic ko’rsatkichlar yig’indisidir. Statistik ko’rsatkichlar tizimi ijtimoiy hayotni barcha pog’onalarini o’zida qamrab oladi. Agarda ko’rsatkichlar mamlakat, hudud, tarmoq darajasida hisoblansa, ular makrodaraja ko’rsatkichlari deyiladi. Agarda korxona, firma, oila va shu kabi darajalarda hisoblansa, mikrodaraja ko’rsatkichlari deyiladi.
Bosh to‘plam – xulosa chiqarilishi lozim bo‘lgan barcha birliklarni o‘z ichiga olgan to‘plam.
Tanlama to‘plam – bosh to‘plamdan tahlil uchun ajratib olingan to‘plam.
Parametr – bu bosh to‘plamni tavsiflovchi miqdoriy o‘lchov.
Statistika – tanlama to‘plamni tavsiflovchi miqdoriy o‘lchov.
Ommaviy hodisa va jarayonlarni miqdoriy jihatdan statistika o’rganayotganda matematika usullaridan ham foydalanadi. Jumladan bir qator statistika metodlari algebra va sonlar nazariyasiga - to’plamlar nazariyasi, algebraik sistemalar, chiziqli tenglamalar va tengsizliklar sistemalari hamda matritsalar, vektor va yevklid fazolari, determinantlar va hokazolarga tayanadi. Odatda statistika nazariyasi va matematik statistika ikkita mustaqil fan sohalari sifatida qaraladi. Bunday zid qo’yish ularning matematik apparatidagi farqlarga asoslanadi. Statistika nazariyasi elementar, matematik statistika esa murakkabroq matematik yo’llardan foydalanadi.


1.3. Statistika fanining tafakkuri va vazifalari
Statistikaning rivoji mamlakatdagi hozirgi vaqtdagi vaziyat, iqtisodiyot va jamiyatdagi islohotlar jarayoni, boshqaruv tizimini qayta tashkil qilish, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti yo’llariga o’tish va eski iqtisodiy munosabatlardan yangi shakllarga o’tish bilan belgilanadi.
Iqtisodiyotni boshqarishning yangi tamoyillardan kelib chiqqan holda statistika oldida quyidagi vazifalar qo’yilgan:
1.Boshqaruv idoralarining statistik axborotlarga bo’lgan ehtiyojlarini tahlil qilish va baholash;
2.Mamlakatda sodir bo’layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ifodalovchi hisob va statistikaning xalqaro amaliyotiga qo’llaniladigan statistik ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqish;
3.Statistik kuzatishni rivojlantirish. Statistikaning asosiy vazifasini bajarish maqsadida maxsus uyushtirilgan tekshirishlar, ro’yxatlar, anketa orqali savol-javoblarni tashkil qilish va o’tkazish;
4. Statistikaning yagona uslubiy asosiga tayanib axborot fondini tashkil qilish, uni boshqaruv va o’z-o’zini boshqarish idoralari va boshqa foydalanuvchilarni zarur statistik ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsadida muntazam yangilab boorish;
5. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ilmiy asoslangan tezkor tahlilini tashkil qilish. Shakllangan statistik axborotlarning sifati, to’laligi, haqqoniyligi va tezkorligini ta’minlash;
6. Yoppasiga va qisman statistik kuzatish, maqsadli ma’lumotlar banki va registrlar kabi usullarni qo’llash maqsadida barcha davlat va nodavlat sektoriga tegishli xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni to’la qamrab olish va hisobdagi haqqoniylikni ta’minlash;
7. Axborotlarga ehtiyojlarni hisobga olgan holda statistik axborotlar oqimlari sxemasini ishlab chiqish;
8. Ochiq statistik axborotlarni barcha foydalanuvchilar tomonidan teng olish huquqini ta’minlash.
Statistika fani statistika oldidagi vazifalarni echishda quyidagi vazifalarni bajarish orqali faol qatnashadi:
 iqtisodiyotning turli hodisa va jarayonlarini bilish vositasi sifatida ifodalanadigan bilish funktsiyasi;
 metodologik funktsiya – statistik ko’rsatkichlar tizimini takomillashtirish va tuzish;
 analitik funktsiya –statistik axborotlar tahlilini chuqurlashtirish.
Yuqorida sanab o’tilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish statistika amaliyoti va fanining metodologik birligi va ular faoliyatini muvofiqlashtirishga ko’p jihatdan bog’liqdir.
Statistika metodologiyasining hozirgi davrdagi rivoji quyidagi yo’nalishlarda sodir bo’lmoqda:
1. Iqtisodiyot holati va rivojlanish istiqbollariga statistik xarakteristika berish.
2. Tarmoqlar va mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajalari bo’yicha farqlanishlarini va omillar ta’sirini o’rganish metodologiyasini takomillashtirish.
3. Xalqaro va mintaqalararo taqqoslashlar metodologiyasini rivojlantirish.
4. Milliy hisoblar tizimi (MHT) metodologiyasini rivojlantirish.

Download 23.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling