1-mavzu. Statistikaning predmeti, metodi va vazifalari reja


Tasviriy statistika bosqichi


Download 23.47 Kb.
bet4/7
Sana07.02.2023
Hajmi23.47 Kb.
#1173386
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-MAVZU. STATISTIKANING PREDMETI, METODI VA VAZIFALARI

Tasviriy statistika bosqichi - asosiy maqsad va vazifalar ko’zlanadi:

- o’rganilayotgan ob’ektlarni spetsifikatsiyalash;
- ular haqida ma’lumotlar to’plash va qayta ishlash;
- ommaviy hodisa va jarayonlarning miqdoriy me’yorlarini tavsiflovchi ko’rsatkichlarni hisoblash;
- ularni ko’rkam va ixcham shaklda va zarur xollarda so’z bilan tavsiflash.
2) Analitik statistika bosqichi - ko’rsatkichlarni statistik taxlil qilish:
- ular orasidagi sabab-oqibat bog’lanishlarni aniqlash va baholash;
- o’rganilayotgan ob’ektlar taqsimotlaridagi qonuniyatlarni oydinlashtirish;
- ilmiy gipotezalarni ishonchlilik jihatdan baholash;
- statistik xulosalarni chiqarish;
- asosiy maqsad va vazifalar.
Statistika nazariyasi statistik tadqiqotning ikkala bosqichi va ularning barcha fazalariga tegishli umumiy nazariyadir. U mazkur tekshirishning umumiy qoidalarini, uslubiyatini, ya’ni unda qo’llanadigan usullarni o’rganayotgan ommaviy hodisalarning mohiyati bilan bir butunlikda yoritadi.
Statistika o’z ob’ektini ma’lum metodlar yordamida o’rganadi.
Statistika dialektik metodga asoslanib, o’z predmetining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, ommaviy hodisa va voqealarni o’rganishning maxsus statistik metodlarini yaratgan. Ularning yig’indisi statistika metodologiyasi deyiladi.
Istalgan ommaviy hodisa va voqealar to’g’risida ma’lum bir xulosaga kelish uchun biz, birinchi navbatda, ular haqida ma’lumotlar to’plashimiz, ikkinchidan, to’plangan ma’lumotlarni tartibga solib, ularni jadvallarga joylashtiramiz va grafiklarda tasvirlaymiz, uchinchidan, olingan va hisoblangan ko’rsatkichlarni har tomonlama tahlil qilishimiz kerak. Mana shu shartlarni to’liq bajarsak, o’rganilayotgan ommaviy hodisa va voqealar to’g’risida ob’ektiv xulosaga kelishimiz mumkin. Shuning uchun ham har qanday statistik tekshirish statistik kuzatish, jamlash va guruhlash hamda statistik tahlildan iborat uch bosqichga bo’linadi.
Tekshirishning har bir bosqichida maxsus statistik metodlar qo’llaniladi. Birinchi bosqichda – statistik kuzatish metodi;

Download 23.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling