1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари
Download 1.66 Mb.
|
1 ìàâçó Ñó óðòàíèíã ìî èÿòè âà ôóíêöèÿëàðè
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sug‘urta polisi
- Sug‘urtada tarif siyosati
- Siyosiy risk
Sug‘urta zahiralari – sug‘urta summalarini to‘lashni kafolatlash maqsadida sug‘urta kompaniyalari tashkil etgan fondlar. Agar, ma’lum bir vaqtda sug‘urta qoplamalarini to‘lash uchun joriy sug‘urta mukofotlari etmasa, sug‘urta kompaniyasi zahira fondlaridan foydalanishi mumkin. Sug‘urta zahiralariga quyidagilar kiradi: hayotni sug‘urtasi bo‘yicha zahira fondlari, ro‘y bergan, ammo arz qilmagan zararlarni qoplash zahiralari va boshqalar. Ushbu zahira fondlarining mablag‘lari vaqtincha bo‘sh bo‘lgani uchun investitsiya maqsadlarida foydalanilishi mumkin. Buning natijasida sug‘urta kompaniyasi qo‘shimcha daromad oladi.
Sug‘urta polisi- sug‘urta shartnomasi tuzilganlik faktini tasdiqlovchi xujjat. Sug‘urta polisida quyidagi rekvizitlar bo‘lishi shart: sug‘urta kompaniyasining yuridik manzili, sug‘urtalanuvchining nomi, sug‘urta ob’ekti, sug‘urta mukofotining miqdori, shartnomaning amal qilish muddati. Sug‘urta qoplamasini to‘lashda sug‘urtalanuvchi sug‘urta polisini sug‘urta kompaniyasiga taqdim etishi zarur. Sug‘urtada tarif siyosati- sug‘urta operatsiyalarini zararsiz o‘tkazilishini va sug‘urtalanuvchilarning manfaati yo‘lida sug‘urta tariflarini belgilash, aniqlash, tartibga solish va tabaqalashtirish bo‘yicha sug‘urta kompaniyasining maqsadli yo‘naltirilgan faoliyati. Sug‘urtada tarif siyosati quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi: Netto-mukofotlar va sug‘urta qoplamasi o‘rtasidagi ekvivalentlik. Har bir sug‘urta turi bo‘yicha nettog‘stavka zararlarning ehtimol tutilgan miqdoriga maksimal darajada to‘g‘ri kelishi zarur. Sug‘urtalanuvchilarning asosiy qismi uchun sug‘urta tarifi miqdorining qulayligi. Tarif stavkalarini yuqori darajada belgilanishi sug‘urta ishini rivojlanishi uchun to‘siq bo‘ladi. Sug‘urta tarifi stavkalarining barqarorligi. Agar uzoq yillar mobaynida tarif stavkalari o‘zgarmasa, bu holat sug‘urtalovchining nufuzini oshiradi. Sug‘urta summalarining zararlilik ko‘rsatkichi kamaysa, sug‘urtalanuvchilarning manfaati uchun sug‘urta tarifi stavkasini o‘zgartirmasdan javobgarlik xajmini ko‘paytirish maqsadga muvofiqdir. Sug‘urta operatsiyalarining rentabelligini ta’minlash. Siyosiy risk- davlat organlarining hatti-xarakati yoxud uyushgan shaxslar guruhining siyosiy talab bo‘yicha chiqishi natijasida vujudga keladigan xavf. Siyosiy riskga urush xarakatlari, siyosiy hokimiyatning yoki tuzumning o‘zgarishi, qonun xujjatlaridagi o‘zgarishlar, fuqarolarning ommaviy chiqishlari va ish tashlashlari, milliylashtirish, konfiskatsiya kiradi. Siyosiy risk ro‘y bergan vaqtda sug‘urta kompaniyasi javobgarlikdan ozod bo‘ladi. CHunki siyosiy risklar, faqat, davlatga qarashli maxsus sug‘urta kompaniyalari tomonidan sug‘urtalanishi mumkin. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling