1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари
Download 1.66 Mb.
|
1 ìàâçó Ñó óðòàíèíã ìî èÿòè âà ôóíêöèÿëàðè
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sug‘urta ob’ekti
- Sug‘urta shartnomasi
Sug‘urta puli- sug‘urta majburiyatini bajarish hamda sug‘urta operatsiyalarini moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmasdan o‘zaro kelishgan holda bir qancha sug‘urta kompaniyalarining ixtiyoriy uyushmasi. Sug‘urta puli, asosan, xavfli, yirik ob’ektlarni sug‘urtalash maqsadida tashkil etiladi. Har qaysi kompaniya o‘z sug‘urtalangan riskni pulga beradi va buning uchun, pul orqali yig‘ilgan sug‘urta mukofotlarining bir qismini oladi. Olingan sug‘urta mukofotlari hajmida sug‘urta koplamasini to‘lash bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmalariga oladi. Xorijiy
mamlakatlarda aviatsiya, atom, xarbiy risklarni sug‘urtalash uchun sug‘urta puli tashkil etilgan. Sug‘urta ob’ekti - shaxsiy sug‘urtada fuqarolarning hayoti, sog‘ligi, mehnat qobiliyati: mulkiy sug‘urtada binolar, qurilmalar, transport vositalari, uy-joy mulki, tashiladigan yuklar va boshqa moddiy boyliklarni saqlash bilan bog‘liq manfaatlar; jismoniy yoki yuridik shaxsning o‘z hatti-harakati bilan uning shaxsga zarar keltirish fuqarolik mas’uliyati - mas’uliyatni sug‘urtalashda sug‘urta ob’ektlari bo‘lib hisoblanadi. Riskni baholash maqsadida sug‘urta ob’ekti sug‘urta kompaniyasining mutaxassislari tomonidan ekspertiza qilinishi mumkin. Sug‘urta shartnomasi - ikki tomonlama yozma ravishdagi bitim bo‘lib, bunda sug‘urta kompaniyasi sug‘urta hodisasi tufayli zarar ko‘rilganda sug‘urtalanuvchiga sug‘urta qoplamasi yoki sug‘urta summasini to‘lash majburiyatini, sug‘urtalanuvchi esa belgilangan muddatlarda sug‘urta mukofotini to‘lash majburiyatini oladi. Sug‘urta shartnomasi tuzilganlik faktini tasdiqlash uchun sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchiga sug‘urta polisi beradi. Sug‘urta shartnomasini tuzishdagi asosiy, oddiy va qo‘shimcha shartlar sug‘urta shartnomasining mazmunini tashkil etadi. Sug‘urta - har xil noxush xodisalar ro‘y berishi natijasida ko‘rilgan zararni qoplash hamda fuqorolarning hayotida tegishli sug‘urta xodisalari ro‘y berganda ularga moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etiladigan va undan foydalanish bilan bog‘liq (maqsadli pul fondlari) iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi. O‘tkazish shartiga qarab, sug‘urta majburiy va ixtiyoriy bo‘ladi. Ob’ektiga ko‘ra, mulkiy, shaxsiy va javobgarlik sug‘urtasiga bo‘linadi. Sug‘urtaning asosini risk tashkil etadi. Sug‘urta - bu riskni taqsimlash usulidir. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling