1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари


Download 1.66 Mb.
bet87/97
Sana20.01.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1104274
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   97
Bog'liq
1 ìàâçó Ñó óðòàíèíã ìî èÿòè âà ôóíêöèÿëàðè

Retrotsessiya- 1) qayta sug‘urtalashga ilgari qabul qilib olingan risklarni yana qayta sug‘urtalashga berish; 2) risklarni uchlamchi joylashtirish.
Sug‘urta portfeli g‘sug‘urta kompaniyasiga kelib tushgan sug‘urta mukofotlarining yig‘indisi. Sug‘urtalangan ob’ektlar soni, sug‘urta
shartnomalarining miqdori ham sug‘urta portfeli tushunchasini anglatadi. CHet mamlakatlar sug‘urta amaliyotida ushbu ibora ishlab topilgan sug‘urta mukofotining hajmi tushunchasiga to‘g‘ri keladi.
Sug‘urta dalolatnomasi - sug‘urta xodisasi ro‘y berganda sug‘urta kompaniyasi tomonidan tuziladigan xujjat. Dalolatnomada molg‘mulkning zararlanish yoxud nobud bo‘lish sabablari, ko‘rilgan zarar miqdori va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘ladi. Dalolatnomaga, zarur hollarda sug‘urta hodisasi va molg‘mulkning zararlanganligini tasdiqlovchi tegishli tashkilotlarning (yong‘inga qarshi kurash, davlat avtomobil nazorati, qishloq xo‘jaligi, veterinariya xizmati va boshqalar) yozma hulosasi ilova etiladi. Xalqaro sug‘urta munosabatlarida sug‘urta dalolatnomasini adjaster tuzadi va mohiyatan avariya sertifikatiga yaqinlashadi.
Sug‘urta mukofoti- sug‘urta mukofotining miqdori sug‘urta summasiga nisbatan foizlarda aniqlanadi. Sug‘urta mukofotining miqdori aniq summalarda ham ifodalanishi mumkin. Masalan, avtomobil egalarining uchinchi shaxsga zarar keltirish fuqarolik javobgarligini sug‘urtasida sug‘urta mukofoti aniq pul birligida ko‘rsatiladi.
Sug‘urtaviy foyda- sug‘urta xizmatining bahosi va tannarxi o‘rtasidagi farq. Sug‘urtaviy foyda sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirish natijasida shakllanadi. Sug‘urtaviy foyda balans uslubi asosida sug‘urta mukofotlari tushumi va sug‘urta operatsiyalari tannarxini o‘zaro taqqoslash natijasida aniqlanadi. Sug‘urta operatsiyalarining tannarxi bu, sug‘urta kompaniyasining sug‘urta himoyasini ta’minlashga qaratilgan to‘g‘ri va egri, (shu jumladan zahira fondlariga ajratmalar) xarajatlarning yig‘indisidir. Odatda, sug‘urta tarifini hisoblashda nettog‘stavkaga yuklamada foyda ulushi ham ko‘rsatiladi. SHakllanish manbaiga ko‘ra, haqiqatdagi sug‘urtaviy foyda o‘z ichiga quyidagi foyda turlarini oladi: sug‘urta summasi zararlik ko‘rsatkichini kamaytirishdan olingan foyda, boshqaruv xarajatlarini iqtisod qilish natijasida olingan foyda, investitsiyadan olingan foyda va sug‘urta tarifida belgilangan foyda.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling