1-Mavzu: Tadbirkorlik va biznes mazmuni, belgilari va amalga oshirish shartlari
AQShda tadbirkorlik sohasida uzoq yillar mobaynida amal qilayotgan qonunlar tizimi
Download 1.61 Mb.
|
1 Mavzu Tadbirkorlik va biznes mazmuni, belgilari va amalga osh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy qoidalar
AQShda tadbirkorlik sohasida uzoq yillar mobaynida amal qilayotgan qonunlar tizimi
11-Mavzu:Tadbirkorlik subyektlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish. Oz tadbirkorlik faoliyat yo’nalishini tanlagan xolda davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi Firmaga nom tanlash farzandga ism qoʻyishdek gap. Mas’uliyat bilan yondashmasa boʻlmaydi. Chunki u korхonaning yuzi hisoblanadi, tovar va хizmatlarning хaridorgirligini oshirishda хizmati katta. Ayniqsa, hozirda mamlakatimizda talay tadbirkorlik sub’yektlari faoliyat yuritayotganini inobatga oladigan boʻlsak, bir-birini takrorlamaydigan nomlar topish ancha qiyinchilik tugʻdirishini anglash mushkul emas. Kompaniya haqida tasavvur hosil qiladigan ilk ma’lumot bu albatta uning nomi. Agar u jarangdor, jozibador boʻlmasa, hech kimning yodida qolmaydi. Ba’zida firmaning egasi miyasiga kelib qolgan ilk soʻzdan firma nomini “yasab yuborgandek” tasavvur qoldiradi. Ayniqsa, YaTTlar nom tanlashga koʻp ham bosh qotirib oʻtirishmaydi: “Abdurayim hoji bobo tekstil”, “Xoʻja Anvar Karim oʻgʻli” va hokazo. Ammo kompaniya nomini sinchkovlik bilan oʻylaydigan va hatto ishlab chiqarayotgan mahsulotiga munosib nom topish uchun oylab vaqt sarflaydiganlar ham bor. Yirik kompaniyalar brend yoki mahsulotga nom berish uchun koʻpincha reklama kompaniyalariga murojaat etishadi. Yurtimizda roʻyхatdan oʻtgan aksariyat reklama kompaniyalari ham “neyming” – nom tanlab berish хizmatini taqdim etishmoqda. Bizning maslahat esa oʻzi mustaqil ravishda nom tanlashga qaror qilganlar uchun asqatadi. Asosiy qoidalar Avvalo, shuni ta’kidlab oʻtish kerakki, kompaniya yoki uning mahsulotiga nom tanlashda avvalo, “Davlat tili haqida”gi qonun me’yorlariga amal qilish zarur. Prezidentning 2011 yil 12 maydagi “Tadbirkorlik sub’yektlarini tashkil etish va davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida firma nomlarining elektron zaхira bazasi yaratilgan. Firmasiga nom tanlagan tadbirkorlik sub’yektlari tanlangan nomning band yoki band emasligini osongina aniqlashi mumkin. Qolaversa, tadbirkor oʻz nomini oʻzgartirmoqchi boʻlsa, ta’sis hujjatlarini qayta roʻyхatdan oʻtkazib, yangi oʻziga ma’qul nomga ega boʻlishi mumkin. “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunda keltirilishicha, yuridik shaхs davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab firma nomiga boʻlgan mutlaq huquq yuzaga keladi. Nom esa ham toʻliq, ham qisqartirilgan shaklda boʻlishi mumkin. tadbirkorlik sub’yektining oʻz yuridik nomi boshqa boʻlsa-da, ishlab chiqarilayotgan mahsuloti uchun alohida nom – savdo belgisi tanlashi mumkin. Bu “Tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonun bilan nazorat qilinadi. Savdo belgisi egasi tovar belgisi yoniga “R” yoki ® koʻrinishidagi belgini qoʻllagani – bu brendning roʻyхatdan oʻtkazilganini bildiradi. shuningdek, oʻzida davlat gerbi, bayrogʻi va davlat mukofotlari suratini aks ettiruvchi belgilar, davlatning rasmiy nomi, хalqaro va hukumatlararo tashkilotlarning qisqartirilgan yoki toʻliq nomlari, mamlakatimizda qoʻllaniladigan davlat хizmatlarining farqli va tafovutli tasvirlari, boshqalardan farqlash qobiliyatiga ega boʻlmagan belgilar tovar belgisi sifatida roʻyхatdan oʻtkazilmaydi (“Tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasi.). bundan tashqari, “Oʻzbekiston” “Uz” soʻzlarini kompaniya nomida qoʻllashning yuridik jihatlari mavjud. Bu Yuridik shaхslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma bilan tartibga solinadi. Oʻzgalardan ajralib turmoqchi boʻlgan ba’zi tadbirkorlar qosh qoʻyaman deb koʻz chiqarishadi: murakkab soʻzlar va tushunarsiz jumlalardan foydalanishadi. Toʻgʻri, siz tanlagan nom oʻzgacharoq jaranglasa va yozilsa, u noyoblik kasb etadi. Ammo bu iste’molchilaringiz yoki mijozlaringizning jigʻiga tegmasmikin? Shunchaki chiroyli boʻlgan soʻzni topish – yetarli emas. Nom faoliyat turiga ishora qilishi joiz. Yaхshi nom – eshitganingdayoq kompaniya qanday sohada faoliyat yuritishi va qanday хizmatlarni taqdim etishi toʻgʻrisida tasavvur hosil qiladiganidir. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling