1-mavzu: Ta'limda akt dan foydalanish konseptsiyalari. O'zbekistonda akt sohasini rivojlantirishdagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari, amaldagi qonunlar
Axborotlashtirish sohasidagi asosiy qonunlar
Download 35.78 Kb.
|
1-мавзу Maruza matni
Axborotlashtirish sohasidagi asosiy qonunlar.
1) Axborot-kutubxona faoliyati to'g’risida (2011 y.) 2) Elektron to'lovlar to'g’risida (2005 y.) 3) Elektron tijorat to'g’risida (2004 y.) 4) Elektron hujjat aylanishi to'g’risida (2004 y.) 5) Axborotlashtirish to'g’risida (2003 y.) 6) Elektron raqamli imzo to'g’risida (2003 y.) 7) Axborot erkinligi principlari va kafolatlari to'g’risida (2002 y.) 8) Telekommunikatsiyalar to'g’risida (1999 y.) 9) Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma'lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to'g’risida (1994 y.) Glossariy. Axborot - manbalari va taqdim etilish shaklidan qat'iy nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to'g’risidagi ma'lumotlar. Axborot jamiyati - ko'pchilik ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning oliy shakli bo'lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qaytaishlash va amalga oshirish bilan band bo'lgan jamiyatdir. Axborot zahiralari - alohida hujjat va alohida hujjat to'plami, axborot tizimlari (kutubxona, arhiv, fond, ma'lumotlar banklari, boshqa axborot tizimlari) dagi hujjatlar va hujjatlar to'plamidir. Axborot infratuzilmasi - axborot tizimlarining ishlashini ta'minlovchi tashkiliy-texnikaviy tuzilmalar va ob'ektlar, ma'lumotlar banklari va bazalari, aloqa va ma'lumotlar uzatish tizimlarining majmui. Axborot resursi - moddiy jismlardagi yoki axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma'lumotlar banki va bazasi, dasturiy mahsulot. Axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdori - axborot resurslariga yoki axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Axborot sohasi - sub'ektlarning axborotni yaratish, qaytaishlash va undan foydalanish bilan bog’liq faoliyati sohasi. Axborot tehnologiyasi - axborotni to'plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar majmui. Axborot tizimi - axborotni to'plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari. Axborot egasi - qonunda yoki axborot mulkdori tomonidan belgilangan huquqlari doirasida axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Axborotlashtirish - axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlaridan foydalanilgan holda yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoitlar yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni. Ommaviy axborot - cheklanmagan doiradagi shaxslarga mo'ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audiovizual hamda boshqa habarlar va materiallar. Hujjat - matn, tovush yoki tasvir shaklida axborot yozilgan, zamon va makonda uzatish hamda saqlash va jamoat tomonidan foydalanish uchun mo'ljallangan moddiy ob'ekt. Elektron katalog - tizimlashtirilgan axborot-kutubxona resurslari ro'yhatining elektron shakli. Elektron kutubxona - axborot-kutubxona fondining elektron shakli. Elektron hujjat -bu axborot kommunikatsiya vositalari va texnologiyalari yordamida inson uchun qulay shaklda saqlanadigan, uzatiladigan va taqdim etiladigan va uni tanib olishga imkon beradigan rekvizitlarga ega elektron vositalardagi axborot.
Download 35.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling