1-Mavzu: Ta’limni tashkil etish masalalari
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash mezonlari.
Kommunikativ motiv – tengdoshlarining munosabati, fikri. O‘quvchilar
tengdoshlarining munosabati, fikrlariga nisbatan e’tiborsiz bo‘la olmaydilar. Pedagog ana omildan foydalana olishi zarur, biroq uni suiste’mol qilish yaramaydi, zero, bunday yondashuv ham o‘quvchilarda ta’lim olishga bo‘lgan rag‘batni susaytiradi. XIX-XX asr boshlarida gimnaziyalarda shunday qoida ustun bo‘lgan: o‘quvchini jamoa oldida maqtash mumkin, lekin koyish mumkin emas. Bugun ham ta’lim amaliyotida ana shu qoidaga amal qilish foydadan holi emas. 1. kommunikativ ta’sirni kuchaytirish, bu o‘rinda o‘quvchilarni o‘z sinfdoshlarining muvaffaqiyatlari va muvaffaqiyatsizliklarini his qilish, unga yordam ko‘rsatishga o‘rgatishdan iborat; 2. o‘zlashtirish ekranlaridan foydalanish. Sinfda ekran osib qo‘yilib, unda o‘quvchilarning barcha baho ko‘rsatkichlari qayd etib boriladi. Buning kamchiligi a’lochilarda kibrlanish, past o‘zlashtiruvchilarda esa befarqlik yuzaga keladi. Bunday holatning oldini olish uchun o‘quvchilarni axborotni to‘g‘ri qabul qilishga o‘rgatib borish zarur. 3. o‘z-o‘zi bilan musobaqa tashkil etish, har hafta oxirida o‘quvchi o‘z faolitini tahlil etadi. YAkunlangan haftada o‘zlashtirish pasaysa, garchi u a’lochi bo‘lib qolaversa ham o‘quvchi musobaqada boy beradi. Aksincha, kuchsiz o‘quvchi yakunlangan haftada samarali ishlasa, g‘olib chiqqan hisoblanadi. O‘z-o‘zi bilan musobaqada barcha o‘quvchilar teng sharoitda bo‘ladilar, ya’ni, past o‘zlashtiruvchi o‘quvchi bitta past bahoni kam olsa, yutgan, a’lochi o‘quvchi esa bitta a’lo bahoni kam olgan bo‘lsa yutqazadi. Anglanganidek, bu usul o‘zlashtirish uchun emas, balki o‘zlashtirishni yaxshilash uchun xizmat qiladi. O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash mezonlari. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari hamma vaqt bahstalab mavzu bo‘lib kelgan. SHu bois u turli adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Biroq mavjud harashlarni umumlashtirib aytish mumkinki, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari har bir fanning maqsad va vazifalari, shuningdek, sinf (guruh)dagi o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga tayangan holda belgilanadi. Shuningdek, baholash mezonlarini ishlab chiqishda o‘quvchilarning og‘zaki javob berishlari, ko‘nikma va malakalariga alohida-alohida yondashiladi. Masalan, ximiya darsidan baholash mezonlariga o‘quvchilarning og‘zaki javoblari, amaliy topshiriqlarni bajara olishlari va amalda mavjud bilimlarini namoyish eta olishlari inobatga olinadi. Buni «4» baho misolida aniqlashtiramiz: og‘zaki javob berish jarayonida «4» baho qo‘yiladi, quyidagi holatlar namoyon bo‘lsa: 1. o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan to‘g‘ri javoblar berilsa; 2. material mantiqiy ketma-ketlikda aniq bayon etilsa; 3. o‘qituvchi talabi bilan tuzatilgan ikki-uchta unchalik ahamiyatga ega bo‘lmagan xatolar yo‘l qo‘yilsa yoki to‘liq bo‘lmagan javob aytilsa. Yozma topshiriqni bajarishda «4» baho qo‘yiladi, quyidagi holatlar namoyon bo‘lsa: 1. masalani yechishda va izohlashda muhim xato bo‘lmasa; 2. topshiriqni bajarish va izohlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lmagan bir-ikki xatoga yo‘l qo‘yilsa yoki bitta izohning mohiyati ochib berilmagan bo‘lsa. Amalda bilimlarni namoyish etishda «4» baho qo‘yiladi, quyidagi holatlar namoyon bo‘lsa: 1. ishni to‘liq, muhim xatolarsiz bajarsa, biroq natija chihara olmasa; 2. ishni bajarishda, tajribani tugallashda ikki-uch muhim bo‘lmagan xatolarga yo‘l qo‘yilsa. Bildirilgan fikrlarga tayangan holda shunday xulosa chiharish mumkin: o‘quvchilarning bilimlari uchun besh balli tizimda baholar quyidagi holatlarda qo‘yiladi: 1. «5» baho: a) o‘quvchi materialni to‘liq o‘zlashtirib olgan bo‘lsa; b) o‘rganilgan mavzu bo‘yicha asosiy ma’lumotlarning mohiyatini ochib bera olsa; v) egallangan bilimlarni amalda qo‘llay olsa; g) o‘rganilgan mavzuni bayon qilishda, o‘zma ishlarda xatolarga qo‘l qo‘ymasdan, ma’lumotlarni tushuntirib bera olsa qo‘yiladi. 2. «4» baho: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuning mohiyatini bilsa; b) o‘qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bera olsa; v) egallangan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olsa; g) og‘zaki javob berishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ymasdan, o‘qituvchining qo‘shimcha savollari bilan xatolarini to‘g‘rilay olsa hamda yozma ishda uncha jiddiy bo‘lmagan xatoga yo‘l qo‘ysa; 3. «3» baho: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuni o‘zlashtirgan, lekin mustaqil tushuntirish berishda o‘qituvchining aniqlashtiruvchi savollariga ehtiyoj sezsa; b) savollarning mantiqiy tuzuilishini o‘zgartirib berganda, javob berishga qiynalsa; v) yozma ishda xatolari bor bo‘lsa. 4. «2» baho: o‘quvchi o‘rganilgan mavzu haqida tushunchaga ega, biroq mavzuni o‘zlashtirmagan, yozma ishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ysa. O‘quv protsessida tinglovchilarni mustaqil ruhda tarbiyalash asosan ijtimoiy- siyosiy fanlar tsikli zimmasiga, ularni tarbiyaviy ishga tayyorlash esa psixologik- pedagogik fanlar va xususiy metodlar zimmasiga yuklatiladi. O‘qituvchining yoshlarning ma’naviy murabbiysi roli ortib borishi bilan uning o‘ziga g‘oyaviy e’tiqodi va uni tarbiyachisi sifatida tayyorlash xarakteriga yuksak talablar qo‘yiladi. SHuning uchun o‘qituvchi – tarbiyachining tayyorgarligiga yuqorida ko‘rsatilganidek yondashish yetarli emas, chunki bo‘lajak o‘qituvchilarda tarbiyaviy funktsiyalarni tarkib toptirishda tabiiy – matematik ixtisosni beruvchi fanlarning tarbiyaviy imkoniyatlarni hisobga olinmagan. Vaholanki, mutaxassisligiga doir bilim beruvchi mashg‘ulotlarda bo‘lajak o‘qituvchi bir tomondan, o‘zining kelgusi faoliyati uchun zarur bo‘lgan ilmiy bilimlar majmuini egallab oladi, ikkinchi tomondan, ana shu konkret bilimlar asosida ularda shaxsiy sifatlar: duneharash, ma’naviy qiyofa shakllanadi. «….Hozir har bir o‘qituvchi har qachongidan ham ko‘proq darajada, tarbiyachi bo‘lishi kerak» degan so‘zlar hozirgi sharoitda ayniqsa actual jaranglaydi. Bo‘lajak o‘qituvchi pedagogi-psixologik oliy o‘quv yurtida tabiat va bilish nazariyasiga, jamiyatga ta’lluqli ikkita parallel va o‘zaro bir-birini to‘ldiradigan juda ko‘p bilimlarni egallab va ularni o‘zining amaliy faoliyatida qo‘llab, o‘quvchilarda voqelikka dialektik – materialistik yondashish hamda tabiat va jamiyat hodisalarini ular nuqtai nazaridan analiz qilish malakalarini tarkib toptirishi kerak. O‘quv programmalarining tarbiyaviy imkoniyatlaridan yanada keng foydalanish maqsadida ijtimoiy fanlarni kasbiga doir bilim beruvchi kurslar bilan bog‘lanish zarur. Bu faqat yuqori kurs tinglovchilarida emas, balki kurs tinglovchilarida ham ijtimoiy fanlarning qonuniyatlarini o‘z ixtisosligida ixtisoslik beruvchi fan problemalarida ijodiy qo‘llash ko‘nikmalari hosil qiladi, ularni chuquroq o‘rganish shtiyoqini oshiradi. Bunday aloqani amalga oshirish bo‘lajak o‘qituvchilarni kasb tanlashga yo‘llash ishiga tayyorlashda ham foydali, chunki ma’lum bir fan doirasida tinglovchilarga o‘qituvchilarni kasb tanlashga yo‘llashdek murakkab prolemaning hamma tomonlarini ochib berish mumkin emas. Masalan, tabiiy-ilmiy tsikldagi fanlarni o‘qitishda ishlab chiharishning ilmiy, ilmiy-texnik asoslarini, turli kasblarning mazmuni va ishlash sharoitlarini yaqqol yoritish mumkin bo‘lsa, ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini ochib berish zarur. Ijtimoiy fanlarning kasbiga doir bilim beruvchi fanlar bilan aloqasini amalda ro‘yobga chiqarish tegishli kafedra o‘qituvchilarining birgalikdagi ishlarini rejalashtirishni nazarda tutadi. Buning uchun esa tegishli tayyorgarlik zarur, ya’ni ijtimoiy kafedra o‘qituvilari kasbiga doir bilim beruvchi fanlar haqida ma’lum tasavvurga ega bo‘lishi, aksincha, bu fanlar o‘qituvchilari o‘rganilayotgan hodisalarga dialektik yondashish ko‘nikma va malakalarini egallashi, bu malakalarni bo‘lajak o‘qituvchilarga singdira bilishi kerak. Bo‘lajak o‘qituvchining yuksak darajadagi siyosiy ongliligi, uning kelgusida o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash ishi samaradorligini belgilab beradi. O‘quv rejasiga muvofiq pedagogi-psixologik Binobarin, qo‘yi kurs tinglovchilari yetarli darajadagi maxsus bilimlar zapasiga ega bo‘lmagan va ixtisosligi bo‘yicha yetarli nazariy tayyorgarlik ko‘rmagan holda shu fanni o‘rganishga kirishadilar. Vaholanki, dialektik materializm o‘quv programmasining mazmuni ularning tayyorgarligi ko‘rgan bo‘lishini taqazo qiladi. Masalan inkorni inkor qonunni o‘rganishda bo‘lajak matematika o‘qituvchilariga evklid va noevklid geometriya mohiyatini tushunishda dialektrik materializmning metodologik vazifasini ko‘rsatib berish muhimdir. Tinglovchilarning o‘z ixtisosligi bo‘yicha bilim beruvchi fanlardan tegishli misollarni o‘rganishdan oldin ularga inkorni inkor qonunni mazmunini qanday qilib ochib berish mumkin. Ko‘pchilik o‘qituvchilar bu qonunni tahlil qilishda evklid geometriya fani rivojlanishining yangi mazmun bilan boyitadi va chuqurlashtiradi, bo‘lajak matematik o‘qituvchilarni juda murakkab, ba’zan xato harama-harshi fakt, xodisalarni ilmiy tahlil qilish va ularga dialektik yondoshish metodlari bilan qurollantiradi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling