1-Mavzu: Texnologiya fani dasturi bilan tanishtirish. Mavzu rejasi: Texnologiya fani milliy dasturi haqida
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida amaliy fanlar tavsifi
Download 1.35 Mb.
|
2 курс амалий УМК
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida amaliy fanlar tavsifi Amaliy fanlar blok-moduli oʻz ichiga Musiqa madaniyati, Tasviriy sanʻat, Chizmachilik, Texnologiya, Jismoniy tarbiya va Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik oʻquv predmetlarini qamrab oladi hamda oʻzaro aloqadorligini taʻminlaydi.
Oʻquvchilarni maʻnaviy dunyosini boyitish, borliqni idrok etishda uning yaxlitligi, takrorlanmasligi va uygʻunligini anglash, hayotiy tasavvurini amaliy faoliyatida ifodalash orqali tafakkurini oʻstirish, ijodkorlikni rivojlantirish, innovatsion gʻoyalarni yaratish hamda kundalik hayotga tatbiq etishga oʻrgatish amaliy fanlar blok-moduli orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, oʻquvchilarni maʻnaviy, badiiy, axloqiy madaniyatini rivojlantirib, ijodiy mahorat, badiiy-estetik didini oʻstirishda, kasb-hunarga yoʻnaltirish bilan birga, jismonan baquvvat boʻlib, sogʻlom turmush tarziga amal qilish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va harbiy xizmatga tayyorlash, hayotiy koʻnikmalarni rivojlantirish Amaliy fanlar tarkibida olib boriladi. Hozirgi kunda yangiliklar, yuqori texnikaviy-texnologik innovatsiyalar, maʻlumotlar oqimining oʻsib borishi hayotning barcha jabhalarida toʻrtinchi texnologik inqilobni yuzaga keltirmoqda. Shaxsning qiziqishlari va jamiyatning talablari oʻzgarmoqda. Kundalik hayotni ilmiy-tadqiqot, texnika taraqqiyoti konsepsiyalari bilan taʻlimning integrativ yondashuvini STEAM taʻlimini joriy etadi. Bunday yondashuvdan maqsad - taʻlim berish orqali butun dunyo taraqqiyoti va iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini taʻminlashda maktab, jamoatchilikni jalb qilib, ilmiy savodxonlik, raqobatbardoshlikni targʻib qilishga qaratilgan. Ilgari mehnat darslarida qizlar faqat fartuk tikishni, oʻgʻil bolalar yogʻochga va metallga ishlov berishni, tasviriy sanʻat va chizmachilik darslarida rasm va chizmalar, qalam bilan qoʻlda chizishni oʻrganishgan boʻlsa, hozirga kunda buning oʻzi yetarli boʻlmay qoldi. Bugungi kunda butun dunyo maktab oʻquvchilarini robototexnika, modellashtirish, konstruksiyalashtirish, dasturlashtirish, 3D-loyihalashtirish va boshqa koʻplab yangiliklar qiziqtirmoqda. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling