1-Mavzu: Texnologiya fani dasturi bilan tanishtirish. Mavzu rejasi: Texnologiya fani milliy dasturi haqida
Download 1.35 Mb.
|
2 курс амалий УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta`limning ko’rgazmali metodlari
Ta`limning og’zaki metodlariTa`limning og’zaki metodlari qatoriga hikoya, suhbat, ma`ruza kabilar kiradi. HikoY. Mazkur metod o’quv materialini ta`lim oluvchilarga savollar bermasdan, uzluksiz hikoya qilib berishni ko’zda tutadi. Hikoya metodining hikoya-nutq, hikoya-bayon hamda hikoya-xulosa turlari mavjud. Suhbat. Suhbat metodi o’qituvchining ta`lim oluvchilar bilan so’zlashuvi, fikr almashinuvini ifodalaydi. Suhbat ta`lim oluvchilarni dalillar tizimi, yangi tushuncha yoki qonuniyatni o’zlashtirishga turtki beruvchi, puxta oylangan savollar ketma-ketligi asosida tashkil etiladi. Mashg’ulotni suhbat metodi asosida tashkillashtirishda savolni qoyilishi (asosiy, qo’shimcha, yo’naltiruvchi), ta`lim oluvchilar fikrlarini javoblari va fikrlarini tahlil qilish, tuzatish, suhbat xulosasini shakllantirish usullari qo’llaniladi. Suhbat uchun tanlangan savollar dars tushunchasini to’laqonli tasavvur qilish uchun etarli darajada keng qamrovli bo’lmog’i lozim. Mavzuni juda kichik savollarga bo’lib yuborilishi uning mantiqiy yaxlitligini buzadi, juda murakkab savollar esa tinglovchilar uchun tushunarsiz bo’lib qoladi. Savollar ta`lim oluvchilardan bir mazmundagi javobni talab qilmasligi lozim. O’qituvchi dars mazmunining o’zlashtirilishi uchun yo’naltiruvchi savollardan o’rinli foydalanib, uni bosqichma-bosqich o’zlashtirilishiga erishishi kerak. Ta`lim oluvchilarning ilgari o’zlashtirgan bilimlarini qayta esga olishi, xulosalar chiqarishi, ma`lum hodisaning amaldagi tadbiqiga oid yangi misollar topishiga oid usullar suhbat metodi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bunday usullar o’rganilgan tushunchalarni takrorlash va xotirani faollashtirish bilan bog’liq mashg’ulotlar uchun tavsiya etiladi. Ta`lim oluvchilarning tayyorgarligi etarli darajada bo’lgan hollarda ular qoyiladigan muammo va masalalar echimini o’qituvchi yordamida mustaqil topishlariga imkon yaratish maqsadga muvofiq bo’ladi. Ta`limning ko’rgazmali metodlariTa`limning ko’rgazmali metodlari o’zida muhim didaktik talabni aks ettiruvchi usullar majmuasini ifodalaydi. Hozirgi davrda zamonaviy didaktika ko’rgazmali vositalarni qo’llashning eng yuqori ta`limiy, tarbiyaviy hamda shaxs sifatlarini rivojlantiruvchi variantlarini qo’llashni talab qilmoqda. U pedagoglarni ko’rgazmali vositalarni qo’llash barobarida ta`lim oluvchilarning asbtrakt tafakkurini ham rivojlantirishga yo’naltiradi. Ko’rgazmali ta`lim metodining xususiyati uning hamma vaqt ma`lum darajadagi og’zaki metodlar bilan birgalikda berilishidir. Og’zaki bayon va ko’rgazmalilikning birgalikda olib borilishiga bo’lgan ehtiyoj ob`ektiv borliqni bilishning dialektik yo’li ijodiy mushohada, abstrakt tafakkur hamda amaliyotning birligini taqozo etishidan kelib chiqadi. Demak, og’zaki nutq va ko’rgazmalilikni o’zaro bog’liq holda amalga oshirishning turli shakllari mavjud ekan. Ularning qaysidir bittasini afzalroq deb baholash mumkin emas, zarur shaklni esa har bir mashg’ulot uchun belgilangan vazifalar, mavzu mazmuni, mavjud ko’rgazmali vositalar xususiyatlari, shuningdek ta`lim oluvchilarning tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib belgilash lozim. Ta`limning amaliy metodlari Amaliy ta`lim metodlari ta`lim oluvchilar faoliyatining juda keng jabhalarini qamrab oladi. Amaliy ta`lim metodlaridan foydalanishda quyidagi usullar keng qo’llaniladi: masalaning qoyilishi, uning bajarilishini rejalashtirish, tezkor rag’batlantirish, yo’llanma berish va nazorat qilish, yo’l qoyilgan kamchiliklar sabablarini aniqlash, ta`lim maqsadiga to’la erishishni ta`minlash uchun tegishli tuzatishlar kiritib borish. Bunday metodlar qatoriga tinglovchi o’zlashtirgan bilimlarini amalda qo’llashlari talab qilinadigan yozma mashqlarni kiritish mumkin. Amaliy metodlarga shuningdek ta`lim oluvchilarning tovush yozuvchi, ijro etuvchi uskunalar, jumladan kompyuterlar yordamida bajariladigan mashqlar ham kiradi. Amaliy ta`lim metodlari og’zaki hamda ko’rgazmali metodlar bilan birgalikda qo’llaniladi, chunki har qanday mashg’ulotlar avvalida albatta yo’riqnoma berilishi shart. Og’zaki tushuntirish va namunalarni namoyish qilish, shuningdek bajarilgan ish tahlili butun mashg’ulot davomida ham davom ettiriladi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling