Mustaqil ta`lim vazifalar.
Qo’l ishlarini bajarishda ish o’rniga qoyiladigan talablar nomli plakat tayyorlash.
Qo’l ishlarini bajarishda ishlatiladigan asbob-uskunalardan namunalar olib kelish.
Tarqatma materiallar tayyorlash.
Dars konspekti.
Barcha qo’lda bajariladgan ishlarni ikki guruxga bo’lib olish mumkun. Bularga tik turib bajariladigan qo’l ishlari hamda o’tirib bajariladigan qo’l ishlari. Shunga ko’ra ish jixozlari va ish o’rnining tashkil qilinishi har xil bo’lishi mumkun. Ish o’rnining to’g’ri tashkil qilinishi Mehnat unumdorligini oshirishga yordam beradi va ishning yuqori sifatli bo’lishini ta`minlaydi. Tik turib bajariladigan ishlarga dazmol bilan ishlash kiradi.
Dazmol bilan ishlaganda ish o’rnini tashkil qilish. Dazmollash moslamasi ishlash uchun qulay qilib qattiq yog’ochdan tayyorlanadi va istiga paxmoq odeyal qoyiladi. Uning ustiga oq surpdan g’ilof kiydiriladi. Dazmollar har xil: oddiy qizdiriladigan , issiqligi rostlanadigan, bug’li bo’ladi.
Dazmol bilan ishlash.
Gazlamalarni silliqlash, choklarni tekislash uchun dazmol qilinadi. Kiyimni tikishda dazmoldan to’g’ri foydalanishsa, ish sifatli chiqadi. Choklarni, kiyimlarni gazlamaning teskari tomonidan dazmollash maqsadga muvofiqdir.
Dazmollash ishlarini bajarish qoidalari.
1. Gazlamaning xossasiga harab dazmolning issiqlik rostlagichi to’g’rilanadi.
2. Dazmol bosishdan avval uning tagi tozaligini tekshirish zarur.
3. Tayyor kiyimni avval teskari tomonidan, mayda qismlaridan boshlab dazmollanadi.
4. Dazmollangan kiyimni to’g’rilab osib yoki taxlab qoyish maqsadga muvofiqdir.
Elekt dazmol bilan ishlaganda xavfsizlik qoidalari.
1. Dazmolni ishlatishdan oldin shnurini tekshirish.
2. Dazmolni ishlatishda vilkani quruq qo’l bilan korpusidan ushlab yoqish va o’chirish.
3. Dazmolni maxsus taglikka qoyish maqsadga muvofiq.
Ish tamom bo’lgach dazmolning shnurini elektr rozetkadan chiharish.
Do'stlaringiz bilan baham: |