Mashg’ulot turi: amaliy
6-Mavzu: O‘quv ustaxonasida yasaladigan buyumlar ro‘yxatini tuzish.
Mavzu rejasi:
1. Har bir sinf uchun ish ob`ektlarini royxatini tuzish.
2. Qanday didaktik printsiplarga asoslanib tuziladi.
O’quv ustaxonasida qilinadigan ishlar royxati – har bir sinfda o’quv yili davomida qanday ishlarni bajara olish imkoniyati mavjudligini oldindan aniqlash, bu ishlarni bajarishda nazariya va amaliyotning bir-biriga mutanosibligini amalga oshirish hamda ularni qanday ketma-ketlikda bajarish kerakligini ko’rsatuvchi hujjat bo’lib, har bir maktab o’qituvchisi mahalliy shart-sharoitlar, tushgan buyurtmalar, o’quv dasturida ko’rsatilgan ish ob`ektlarining namunaviy ro’xatini hisobga olgan holda kalendar mavzuli rejaga solanib ishlab chiqadi va maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.
O’quv ustaxonasida qilinadigan ishlar royxati va kalendar mavzuli reja bir vaqtda tuziladi.
Tushuntirish:
O’quv ustaxonasida qilinadigan ishlar royxati bu ishlar o’quvchilar tomonidan dars davomida bajariladigan bo’lganligini uchun o’quvchilar yil davomida qancha vaqt amaliy ish bilan mashg’ul bo’lishlarini aniqlashdan boshlandi.
Buning uchun siz ishlab chiqqan mavzuli rejani o’zingiz tahlil etib, quyidagi savollarga javob berishingizni to’g’ri keladi:
1.Qaysi mavzularni o’qtishda o’quvchilar amaliy ish bajarmaydilar masalan, nazariy darslarda, “Yog’ochlarning tuzilishi va ularning xossalari”, “Tokarlik vintqirqar stanogining umumiy tuzilishi va ishlash printsipi”, “Korxonalarga ekskursiya”va h.k.
2. Ularning umumiy soatlari yig’indisi qancha bo’ladi?
3. Har bir amaliy mashg’ulotda o’qituvchi darsning tashkiliy qismi va kirish instruktaji hamda darsni yakunlash uchun har bir darsning 1\4 qismi, ya`ni 25%gacha sarflashi kerak.
Yuqoridalarni hisobiga olgan holda o’quvchilarning o’quv yili yoki choragi davrida tegishli bo’lim boyicha amaliy ishlarni bajarishlari uchun qancha vaqt ishlashlarini aniqlaymiz.
Mashg’ulot turi: amaliy
Do'stlaringiz bilan baham: |