1-Mavzu: Texnologiya fani dasturi bilan tanishtirish. Mavzu rejasi: Texnologiya fani milliy dasturi haqida
Download 1.35 Mb.
|
2 курс амалий УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tasviriy sanʻat
- Texnologiya
- Jismoniy tarbiya
Musiqa madaniyati oʻquv predmeti oʻquvchilarning maʻnaviy, badiiy va axloqiy madaniyatini rivojlantirishga, milliy gʻurur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga, ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didni oʻstirishga xizmat qiladi. Shuningdek, oʻzbek, klassik va zamonaviy sanʻat haqidagi boshlangʻich bilimlarni oʻzlashtirishga, musiqiy asarlarni tinglab tushunish boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarni egallash hamda hayotda qoʻllay olish layoqatini shakllantirish koʻzda tutilgan.
Tasviriy sanʻat oʻquv predmeti oʻquvchilarda tasviriy savodxonlikni rivojlantirishga, badiiy-estetik tafakkur va emotsional sezgirlikni oʻstirish orqali ijtimoiy hayotda zarur boʻlgan bilimlarni egallashga xizmat qiladi. Chizmachilik oʻquv predmeti oʻquvchilarning grafik savodxonligi, fazoviy tasavvuri va tafakkurini rivojlantirishga, texnik detal va buyumlarning chizmalarini oʻqish va uni tuzish qobiliyatlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, oʻquv predmeti oʻquvchilarning fazoviy tasavvurini rivojlantirishga alohida eʻtibor qaratiladi. Texnologiya oʻquv predmeti oʻquvchilarda texnik ijodkorlikni, qobiliyatni, tafakkurni rivojlantirish, dars jarayonida tabiiy, metall va metallmas materiallarga texnologiya asosida ishlov berish usullarini oʻrgatish orqali kasb-hunarga yoʻnaltirishni yanada kuchaytirish, hunarmandchilik asoslari, ishlab chiqarish va roʻzgʻorshunoslik asoslari, elektrotexnika ishlari, elektronika asoslari, ijodiy loyiha tayyorlash texnologiyasi, kasb-hunarga yoʻllash boʻyicha oʻzlashtirgan bilim, koʻnikma va malakalarini hayotda qoʻllay olish layoqatini shakllantirishni koʻzda tutgan. Oʻquv predmetini oʻqitish orqali oʻquvchilarning texnik ijodkorlik qobiliyati, kreativ koʻnikmalarini rivojlantirishga alohida eʻtibor qaratiladi. Jismoniy tarbiya oʻquv predmeti oʻquvchilarni jismonan sogʻlom, baquvvat, vatanga sadoqatli boʻlish ruhida tarbiyalash orqali jismoniy sifat: kuch, tezlik, chaqqonlik, chidamlilik hamda egiluvchanlik malakalarini rivojlantirish, oʻquvchilarning salomatligini saqlash, ularning jismonan yetuk boʻlib yetishishi uchun shart-sharoitlar yaratish va mashgʻulotlarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish koʻnikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling