1-Mavzu: Texnologiya fani dasturi bilan tanishtirish. Mavzu rejasi: Texnologiya fani milliy dasturi haqida


-Mavzu: To‘garak mashg‘ulotining yillik ish rejalarini tuzish


Download 1.35 Mb.
bet19/33
Sana22.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1219955
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33
Bog'liq
2 курс амалий УМК

11-Mavzu: To‘garak mashg‘ulotining yillik ish rejalarini tuzish.
Mavzu rejasi:
1. To’garak ishlarining ish rejalarini tuzish.
To’garakning nizomini, maqsadini, vazifalarini belgilash.
To’garak a`zolarini yig’ish, guruhlarga bo’lish.
To’garak ish rejasini tuzish.
O‘quvchilarni to‘garaklarga jalb etish orqali kasb-xunarga yo‘naltirish
O‘kuvchilarni mehnat bo‘yicha sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga jalb qilishda quyidagi umumpedagogik prinsiplarga amal qilish lozim.

  1. Kashtachilik to‘garagining ijtimoiy foydali yo‘nalishi: Davlat mablag‘ini tejash, o‘z ishidan ma’naviy qoniqishni ta’minlash.

  2. Har bir o‘quvchining o‘z moyillari va qiziqishlarini hisobga olgan holda tegishli to‘garakning ixtiyori va ongli ravishda tanlash.

  3. To‘garakning ijodiy xarakterda bo‘lishi, to‘garak a’zolarida texnik tafakkurni, mustaqillik, topshiriqqa ijodiy yondoshish.

  4. O‘quvchilarni individual xususiyatlari va qiziqishlarini hisobga olish.

  5. Mehnat bo‘yicha sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlar maktabning o‘quv tarbiya vazifalariga bo‘ysunadi.

Mehnat ta’limi darslarida o‘quvchilarga loyihalovchi rassom, tikuvchi, bichuvchi mehnatlariga qiziqishi bor bo‘lgan o‘quvchilarga yordam beriladi. Umumta’lim maktablarida mehnat ta’limi fanining maqsadi o‘quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda mehnatlari bilan dastlabki tanishtirish, mehnat tanlashga tayyorlash, ularda mehnatni qadrlash, mehnatga qiziqish, mehnatsevarlikni shakllantirish orqali ularning mehnatgacha tayyorgarliklarini amalga oshirishdan iborat. Mehnat ta’limi jarayonida olgan bilimlarni mustahkamlash, ularning bo‘sh vaqtlarining to‘g‘ri, rejali o‘tishini ta’minlash va tikuvchi-bichuvchi mehnatlarini egallashlarida to‘garaklarning vazifasi katga.
Tikuvchi-bichuvchi mehnatini egallash orqali qizlarimizni hayotga tayyorlashdek zarur vazifa bajariladi, chunki har bir ayol tikuvchilik sirlarini bilishi albatta kerak. Tikuvchilik mehnati eng sharafli mehnatlardan biri hisoblanadi, axir hech bir sanoat yoki odam yo‘qki bu mehnat xizmatidan foydalanmasin. Bichish-tikishni o‘rgatish uslubiyoti tikuvchi mehnati to‘garagi tashkilotchisi tayyorlashda mutaxassislik fani hisoblanadi. Bu fanning asosiy maqsadi bo‘lajak to‘garak rahbarlariga bichish-tikish to‘garagi davomida tikuvchilik mehnati sirlarini, ularni har tomonlama tarbiyalashni o‘rgatishda zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalarni hosil qilish yo‘l-yo‘riqlarini o‘rgatishdir. Fanning asosiy vazifasi bo‘lajak to‘garak rahbarlariga tikuvchilik ustaxonasining moddiy bazasi, jihozlanishi, kiyimlarni tikishda qo‘llaniladigan ish turlarini bajarish va kiyimda qo‘llash, yengil kiyimlarning xillari va ularni tikish jarayonlarini o‘rgatishda qo‘llaniladigan yo‘l-yo‘riqlarni o‘rgatadi.
To‘garak rahbarlari ilg‘or pedagogik texnologiya asosida tuzilgan mashg‘ulotlarni kuzatishlari va tahlil etib o‘rganishlari zarur. Olgan tajriba natijalarini o‘zlarining ish faoliyatlari davomida qo‘llashlariga e’tibor berilishi zarur.
Tikuvchilik o‘qitish uslubiyoti pedagogika, psixologiya, rasm, tikuvchilik buyumlarini loyihalash va badiiy bezash, tikuvchilik gazlamashunosligi, tikuvchilik jarayoni va jihozlari kabi mutaxassislik fanlariga bog‘lab o‘qitiladi. Shu fanlardan olgan bilimlari, ko‘nikma va malakalari asosida mashg‘ulotlarga tayyorlanish, ishlanmalar yozish, ko‘rgazma tayyorlash o‘rgatiladi. Bichish-tikishni o‘rgatish uslubiyoti fani uchun ajratilgan soat o‘quv rejasidan olingan bo‘lib, jami 92 soat, shundan 22 — amaliy, 70 — nazariy soatlarni tashkil etadi.
Tikuvchilik o‘qitish uslubiyoti fanidan o‘quvchilarning bilim, qo‘nikma va malakalari kundalik oraliq va yakuniy tarzda nazorat qilib boriladi. Dastur mazmunida bu turdagi nazorat ishlari uchun ham soatlar ajratilgan. Dastur 2 bo‘limdan iborat:
I bo‘lim. Bichish-tikishni o‘rgatish uslubiyoti bo‘yicha umumiy masalalar bo‘lib, unda tikuvchilik uslubiyoti fanining maqsad va vazifalari, tikuvchilik to‘garagi jarayonida tarbiyalash, to‘tarak rejalari turlari, ularni tuzish, to‘garak mashg‘ulotlari turlari, mehnatni gashkil etish shakllari, tikuvchilik mutaxassislign tavsifnomasi. to‘garak rahbarlarining mashg‘ulotlarga tayyorlanishi, uni kuzatishni tahlil etish, ijodiy ishlar ko‘rgazmasini tashkil etishni o‘rganish kabi mavzular o‘tiladi.
II bo‘lim. Bichish-tikish to‘garagi mashg‘ulotlarini o‘tkazishni o‘rgatish uslubiyoti bo‘lib, to‘garak uchun xonaning moddiy bazasi, qo‘l, mashina, dazmollash ishlarini o‘rgatish. Ayollar va bolalar kiyimlari uchun gazlama sarfi, ularni loyihalash, badiiy bezashni o‘rgatish, mayda detallarni tayyorlashni, ayollar, qiz va chaqaloq bolalar kiyimlarini, milliy kiyimlarni tikishni va ta’mirlashni o‘rgatish bo‘yicha nazariy bilim, ko‘nikma, malakalar shakllantirish nazarda tutilgan. Bu bo‘limda ko‘rsatilgan tikuvchilik buyumlari xillari, o‘rgatish tartiblari, ularga ajratilgan soatlar miqdori, mahalliy va milliy sharoitni hisobga olinib, o‘zgartirilishi mumkin bu o‘zgarish fan birlashma yig‘ilishida ko‘rib chiqilib, pedagogik kengashda tasdiqlanib qo‘llanishi mumkin.
Umumta’lim maktablarida tshgarak ishlarini tashkil etishda Yangi o‘quv yili uchun to‘garakka qabul qilish va uni tashkil etish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ish o‘quvchilarni kasb-korni ongli ravishda tanlashga, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, moddiy ishlab chiqarish, fan, texnika borasida va shu kabi sohalarda ularda ishga qiziqishni shakllantirishga ko‘p jihatdan yordam beradi.
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda olib borilayotgan kasbga yo‘nalitirish ishida o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlariga qarab bir necha bosqichni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Birinchi bosqich (I-IV sinflarning o‘quvchilari bilan ishlash) – moddiy ishlab chiqarish sohasida mehnatga bo‘lgan ijtimoiy qiziqishlarni shakllantiradi, o‘quvchilarda umuman mehnatga ijobiy munosabatda bo‘lishni, eng muhimi-jismoniy mehnatga shunday munosabatda bo‘lishni, ishchi degan nomni hurmat qilishni, qo‘lidan keladigan o‘z mehnati bilan atrofdagi kishilarga quvonch bag‘ishlashga va bundan ma’naviy qoniqish olishga intilishni shakllantiradi.
Bu boradagi ishlar oldindan tuzilgan reja asosida olib boriladi. Bu rejaga muvofiq ekskursiya uyushtirish va eng ommalashgan kasblar to‘g‘risida qishloq maktablarining o‘quvchilari uchun jamoa xo‘jaligida, shahar maktablarining o‘quvchilari uchun korxonalarda, ota-onalarning ishlari va ularning mehnatda erishgan muvaffaqiyatlari haqida suhbatlar tashkil qilish ko‘zda tutiladi.
Ikkinchi bosqich (V-VII sinflarning o‘quvchilari bilan ishlash) – Biron ish qilishga undaydigan bosqich. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarda bilishga bo‘lgan qiziqish, odatda, kasbga bo‘lgan qiziqishdan oldin shakllanadi. Shu bosiadan Ushbu bosqichda kasbga yo‘naltirish sohasida olib borilayotgan ishda o‘quvchilarda ish turlarini bilishga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish muhimdir. Kasbga yo‘naltirishning ana shu bosqichida texnikaga va mehnatga oid sinfdan tashqari mashg‘ulotlar, viktorinalar, o‘yinlar katta rol o‘ynashi lozim. Bu bosqichda o‘quvchilarda ijtimoiy maqsadlarning shakllanishi davom etadi, shu bilan birga kasbga yo‘naltirish ham boshlanadi.
Uchinchi bosqich (asosan VIII-IX sinflarning o‘quvchilarini qamrab oladi)-bu bosqichda o‘quvchilar o‘z kuchlarini konkret mehnatda tekshirib ko‘radilar, o‘quvchilarning kasbga bo‘lgan qiziqishlari va mayllari yanada shakllanadi. O‘quvchilar bu bosqichda o‘z kasbiy niyatlarini birmuncha umumiy kasblar bo‘yicha amaliy ko‘nikma va malakalar bilan mustahkamlaydilar. Bu bosqich konkret kasbni tanlash, uni o‘zlashtirish yo‘llarini belgilash bilan tugaydi.
Darsdan tashqari vaqtda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishi quyidagi maqsadlarda:
- mehnatga muhabbat, mehnat ahliga hurmat hislarini singdirish, unumli mehnatga ijtimoiy mayllarni shakllantirish;
- barqaror kasbiy qiziqishlar va mayllarni shakllantirish va rivojlantirish;
- mutaxassislikni, kasbni tanlash va uni o‘zlashtirish yo‘llarini tanlash maqsadida o‘tkaziladi.



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling