7-Mavzu:Texnologik konstruksion xaritani ishlab chiqish Mavzu rejasi:
1. Texnologik konstruktsion karta.
2.Texnologik jarayon (operatsiyalar).
3.Buyum asosiy ko’rsatkichlari.
4.Buyum chizmasi.
Texnologik konstruksion xarita.
7.1. Texnologik xarita-ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqirish texnologik operatsiyalarini ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik xujjatdir.
Texnologik jarayon – ishlab chiqariladigan mahsulotga ishlov berishning yagona jarayonini hosil qiluvchi texnologik operatsiyalarning yig‘indisi.
Texnologik operatsiya – ishchi tomonidan o‘zining ish joyida bajariladigan, yakuniga yetkazilgan xarakat ko‘rinishidagi jarayonning bir qismi.
Ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagilarni bildiradi:
-xom-ashyo materiallar, yarim fabrikatlar yoki mahsulotlarni olish, ularga ishlov berish yoki qayta ishlash yo‘llari va usullarining yig‘indisi (texnologiyaning jarayonli-bayonli aspekti);
-yuqorida ko‘rsatilgan yo‘llar va usullarni ishlab chaquvchi va takomillashtiruvchi fan. Texnologiyani fan sifatida vazifasi, moddiy resurslar va vaqtni eng kam sarflashni talab qiladigan samarali va tejamkor ishlab chiqarish jarayonlarini aniqlash hamda amalda qo‘llash maqsadida qonuniyatlarni topish hisoblanadi (ilmiy aspekti);
-jarayonning o‘zi- qazib olish, topish, ishlov berish, qayta ishlash,tashish, omborga joylash, saqlash va ishlab chiqarishni texnik nazorat qilish (texnologiyaning jarayonli-harakatli aspekti).
7.2. Texnologik konstruksion xarita jadvalini berish.
Jarayon ketma-ketligi.
|
Texnologik jarayon nomi.
|
Jarayon eskizi.
|
Foydalanadigan asboblar va moslamalar.
|
Asosiy o‘lchovlar.
|
1.
|
Fartukning etak qismiga cho‘ntak o‘rnini belgilash.
|
|
Chizg‘ich, mel,nina, ip.
|
7sm
14sm
14sm.
|
2.
|
Fartukning cho‘ntaklarini etak qismiga qo‘lda ko‘klab tikish.
|
|
nina, ip
|
-
|
|
|
|
|
|
Texnologik jarayon nomi. Buyum tayyorlashda bajariladigan jarayonlarning ketma-ketligiga rioya qilgan xolda yoziladi.
Jarayon eskizi. Bajariladigan ishning eskizi chiziladi va ishni bajarishda foydalaniladigan asboblar, o‘lchamlari beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |