III-guruh- PAZANDACHILIK TARIXI VA TARAQQIYOTI. OZIQ-OVQAT MAXSULOTLARINING OZUQAVIY QIYMATI, INSON ORGANIZMI UCHUN AHAMIYATI.
Ovqatlanish inson hayotining asosiy sharti hisoblanadi. Ovqat tayyorlash usullari va ularning rivojlanishi mamlakatning iqtisodiy hamda iqlim sharoitlari, shuningdek, jamaiyat tarixi va xalqning madaniy turmushi darajasi bilan belgilanadi.
O‘zbek milliy pazandaligi ham faoliyatning boshqa turlari kabi doimo o‘zgarib va takomillashib borgan. XIX asrga kelib O‘zbekistonda ham pomidor, karam, kartoshka, lavlagi kabi sabzavotlar; malina, qulupnay kabi rezavorlar yetishtirila boshlandi. Taom turlari ko‘paydi. Sabzavot, meva, ko‘katlar turi ko‘pligi boks taoml arimiz xushbo‘yligi, mazaliligi bilan ajralib turadi. Taomlarning xilma-xil va lazzatli bo‘lishini ta’minlash, ularni did bilan dasturxonga tortish pazandachilikning asosini tashkil qiladi.
Kishining organizmi normal rivojlanishi uchun turli xil oziq moddalar - vitamin, oqsil, mineral tuzlar, yog‘, shirin moddalar bilan ta’minlanib turishi kerak.
2.
Mashg’ulot turi: amaliy
14-Mavzu: “Tabiiy tolali gazlamalar va ularning xususiyatlari” mavzusiga dars rejasini tuzish va o‘tkazish.
Mavzu 1. Tabiiy tolali gazlamalar. O’simlik tolasidan tayyorlangan gazlamalar, ularning xususiyatari mavzusini o’qitish metodikasi.
Talabalarga “Tabiiy tolali gazlamalar. O’simlik tolasidan tayyorlangan gazlamalar, ularning xususiyatari mavzusini o’qitish metodikasi” mavzusidagi labaratoriya mashg’ulotini bajarishda quyidagi dars ishlanmasi tavsiya etiladi. Labaratoriya mashg’ulotini bajarishda talabaga berilgan topshiriqlarni bajarishi va kasbiy kompetentligini shakllantirishlari talab etiladi.
Tabiiy tolali gazlamalar. O’simlik tolasidan tayyorlangan gazlamalar, ularning xususiyatari
Dars maqsadi:
Ta`limiy: O’quvchilarga tolalar haqida tushuncha berish va o’simliklardan olinadigan tolalar va ulardan tayyorlangan gazlamalarning ishlatilishi va xususiyatlari.
Tarbiyaviy: O’quvchilarga atrofimizni o’rab turgan ona tabiatni bizlar uchun naqadar foydali ekanligini va uni asrab avaylash zarurligini tushuntirish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarga tolalar haqida tushuncha berish, gazlamalarning tarkibi haqidagi bilimlarini rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |