1-Mavzu: Texnologiya fani dasturi bilan tanishtirish. Mavzu rejasi: Texnologiya fani milliy dasturi haqida


Dars tipi: Yangi bilimlar berish Dars shakli


Download 1.35 Mb.
bet24/33
Sana22.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1219955
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
Bog'liq
2 курс амалий УМК

Dars tipi: Yangi bilimlar berish
Dars shakli: nazariy,amaliy.
Dars metodlari: og’zaki, ko’rgazmali, aqliy hujum.
Fanlararo bog’lanish: botanika, fizika,
Moddiy-texnik jio’atdan jio’ozlash va ko’rgazmali qurollar: Tabiiy tolalardan tayyorlangan gazlamalardan namunalar, albomlar, plakatlar.
Mavzu yuzasidan tavsiya etiladigan adabiyotlar:

  1. Mehnat ta`limi Optimallashtirilgan va uzviylashtirilgan Davlat Ta`lim Standartlari “Ta`lim taraqqiyoti” 2010y

  2. Uzviylashtirilgan o’quv dasturlarini joriy etish boyicha tavsiya va taqvim-mavzuli rejalar.(1-9 sinflar)

  3. Sh.S.Sharipov, O’.S.Yakubova Mehnat ta`limi metodikasi fanidan labaratoriya mashg’ulotlari. metodik tavsiyanoma Toshkent-2008y.

  4. X.Z.Ismatullaeva, T.A.Ochilov “Materialshunoslik” Toshkent-2010y.

  5. Sh.S.Sharipov, O.A.Qoysinov va boshqalar “Mehnat ta`limi” 5 sinf uchun darslik. 2012y

Mashg’ulotni o’tkazish yuzasidan metodik tavsiyalar
Bu mavzu umumta`lim maktablarida Mehnat ta`limining «Servis xizmati» yo’nalishi «Materialshunoslik» bo’limida o’qitiladi. Maktabda o’quvchilar Mehnat darslarida gazlamalarning turlari haqida, ularning inson o’ayotidagi roli, tolalarning qanday olinishi va gazlamalarning to’qilishi haqida umumiy ma`lumotga ega bo’ladilar. Mavzuni nazariy dars shaklida, suo’bat, og’zaki, ko’rgazmali dars metodlaridan foydalanib o’tish mumkun. Mavzuni tushuntirishdan oldin o’quvchilarning Mehnat ta`limi darslarida mavzu yuzasidan olgan bilimlarini suxbat usulida tekshirib olinadi. So’ngra qaysi o’simliklardan tolalar olinishini rasmlardan, namunalardan foydalanib tushuntiriladi. O’simliklardan tola olinishigacha bajariladigan ishlarni bosqichma-bosqich o’quvchilarga tushunarli qilib o’rgatiladi. Masalan paxta o’simligi qaerlarda o’stiriladi, ularni qanday parvarish qilinadi, uni terish usullarining kamchiliklari va avzalliklari haqida to’liq ma`lumot berish kerak. Paxta zavodlarida paxtani changdan, turli xil iflosliklardan tozalanishi, ularning sifatlarga ajratilishi, chigitidan tozalanishini diafilm, multimedia namunalardan foydalanib tushuntirish mumkun.
Paxta va zig’ir tolasidan to’qilgan gazlamalar namunalaridan foydalanib ularning tashqi ko’rinishiga harab ajrata olishni o’rgatish, ularning to’qilishiga e`tibor berishni o’rgatish kerak. Gazlamalarning fizik, mexanik, gigienik xossalariga nimalar kiradi va u qanday aniqlanishi haqida umumiy ma`lumot beriladi. Buni albatta labaratoriya shaklida o’tilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Gazlamalarning xususiyatini bilish nima uchun zarurligi, ulardan tikuvchilik buyumlarini tayyorlashda nimalarga e`tibor berishni o’rgatish lozim.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling