1-Mavzu: Texnologiya fani dasturi bilan tanishtirish. Mavzu rejasi: Texnologiya fani milliy dasturi haqida


Download 1.35 Mb.
bet25/33
Sana22.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1219955
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33
Bog'liq
2 курс амалий УМК

Darsning borishi
I Tashkiliy qism.
1.Salomlashish. o’quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish.(2 daqiqa).
2.Davomatni aniqlash. (3 daqiqa).
3.O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o’tkazish. ( 15 daqiqa).
II Asosiy qism.
Reja:

  1. Tabiiy gazlamalarning turlari. (10 daqiqa).

  2. O’simliklardan olinadigan tolalar va ularning olinishi. (15 daqiqa).

  3. O’simlik tolasidan tayyorlangan gazlamalarning xususiyatlari. Amaliy mashg’ulot (25 daqiqa).

III. Dars yakuni.

  1. Yangi mavzuni mustao’kamlash.(15daqiqa)

  2. Uyga vazifa berish. (3daqiqa)

  3. Ish o’rnini yig’ishtirish. (2 daqiqa)

Dars konspekti.
Barcha gazlamalar tolalardan to’qiladi. Inson o’ayotida gazlamalar muo’im ao’amiyat kasb etadi. Gazlamalardan tikilgan kiyimlar insonni issiq va sovuqdan kuchli yoruo’likdan o’imoya qilib organizm temperaturasining mo’tadil bo’lishiga yordam beradi. Gazlamalar tabiiy va sun`iy tolalardan to’qilgan bo’ladi. Tabiiy tolalardan to’qilgan gazlamalar ikki guruxga bo’linadi, O’simliklardan olingan tolalardan to’qilgan gazlamalar, qayvonlardan olingan tolalardan to’qilgan gazlamalar. O’simliklardan olingan tolalarga paxta o’amda zig’ir kirdi.
Paxta o’simligi asosan Amerika Qo’shma Shtatlarida, Xitoy, Hindiston, Braziliya va O’zbekistonda etishtiriladi. Paxta tolasi ingichka va o’rta tolali bo’ladi. O’zbekistonda etishtiriladigan paxtaning 10% ni ingichka tolali paxta tashkil qiladi va eng yuqori sifatli tola o’isoblanadi. Paxta o’simlig asosan issiq o’lkalarda etishtiriladi. Paxtaning saralangan chigiti erta bao’orda, aprel,may oylarida ekiladi. Yozning iyun, iyul oylarida gullay boshlaydi. Kuz faslida paxta chaman bo’lib ochiladi. Paxtani yig’ib-terib olish ancha mashshaqatli ish o’isoblanadi. Paxta mashinalar yordamida va qo’lda teriladi. Qo’lda terilgan paxta tolasi sifatli ya`ni ingichka o’amda uzun bo’ladi.
Paxta tolasi deb chigitning ustida joylashgan ingichka tolani aytamiz. chigitdan ajratilgan tola xomashyo deyiladi. Paxta tolasidan gazlamalar to’qiladi uning chigitidan turli turli sano`at mollari tayyorlanadi. Dalalardan terib olingan paxta paxta tozalash zavodlariga olib boriladi. U erda paxtani chigitidan, turli xil ifloslardan tozalanadi va quritiladi, presslanadi. Unga ishlov berish yigirish fabrikasida turli mashinalar yordamida bajariladi, ya`ni uni tozalanadi, aralashtiriladi, tarab, tola qilinadi, ingichka tekis lenta qilib tsilindr idishlarga tushiriladi. Lentalar yigirish mashinasida ip qilib chihariladi. Yigirib tayyorlangan ipni katta naychalarga o’raladi. Bu ishlar bajariladigan tsex yigirish tsexi deb ataladi. Tayyor yigirilgan ip to’qimachilik tsexlariga yuboriladi, yigirilgan iplarni to’qish dastgoxiga qoyib gazlama to’qiladi. Paxta tolasining asosiy moddasi tsellyuloza bo’lib, u qancha ko’p bo’lsa tola shuncha pishiq bo’ladi. Paxta tolasidan chit, batist, bumaze, satin kabi gazlamalar to’qiladi.
Zig’ir tolasi paxta tolasi kabi bir yillik o’simlik bo’lib, asosiy moddasi tsellyuloza. Balandligi 60-70sm bo’lib asosan Rossiyada o’sadi.
Gazlamalarning fizik xossalariga uning gigroskopiklik, havo o’tkazuvchanligi, bug’ o’tkazuvchanligi, suv o’tkazuvchanligi, xo’llanuvchanligi, chang tortishi, issiqlik saqlashi, kirishishi, cho’ziluvchanligi va boshqa xossalari kiradi.
Gigroskopiklik – bu gazlamaning o’ziga namlikni tortishi. Gigroskapiklik namlik formulasi bilan aniqlanadi. Bir xil gazlamalar yuvilgandan keyin gigroskapikligi oshadi. Bir xil mao’sulotlar ipni ikki tomonlama tarash usuli bilan qalinligi oshiriladi, unda gigroskopiklik kamayadi. Ich kiyim va yozgi kiyim assortimentida gigroskopiklik eng muo’im xossa o’isoblanadi. Tabiiy tolali gazlamalarning gigroskopikligi yuqori o’isoblanadi.
havo o’tkazuvchanlik – xususiyati uning tola tarkibi zichligi va pardoziga bog’liq bo’ladi. Siyrak to’qilgan gazlamalar havoni yaxshi o’tkazadi, zich to’qilgan gazlamalar havoni o’tkazmaydi. Polotno to’qilishi havoni yomon o’tkazadi.
Bug’ o’tkazish – xossasi odam organizmidan ajraladigan bug’ni o’zida saqlashi kiradi. Masalan jun tolasidan to’qilgan gazlamalar o’zidan bug’ni kam o’tkazadi va boshqa gazlamalarga haraganda kiyim ostidagi havoning nisbiy namligini ushlab turadi.
Suv o’tkazish - qobiliyati gazlamalarning suv o’tkazishga harshilik qobiliyati. Suv o’tkazmaslik maxsus gazlamalarga muo’imdir.
Chang tortish- xossasi bu gazlamalarning kirlanishi. U tolaning tarkibiga, zichligiga, pardozlanishiga boo’liq. Chang oluvchanlik boyicha tukli gazlamalar eng yuqori ko’rsatkich beradi. Shishali gazlamalar changni umuman tortmaydi. Changni gilam va gilam maxsulotlari juda yaxshi tortadi, sababi ular o’am tukli. Ularni tozalash va qoqish qiyin.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling