1-Mavzu: Texnologiya fani dasturi bilan tanishtirish. Mavzu rejasi: Texnologiya fani milliy dasturi haqida


Download 1.35 Mb.
bet28/33
Sana22.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1219955
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
2 курс амалий УМК

Darsning borishi
1. Tashkiliy qism. (5 daqiqa).
Darsga o’qituvchi kirib keladi va o’quvchilar bilan salomlashib, navbatchini aniqlaydi, o’quvchilarning darsga tayyorgarligini, xona tozaligini tekshirib bo’lgach, davomatni aniqlaydi.
2. O’tgan dars mavzusi va yangi mavzu uchun zaruriy materiallarni takrorlash ( 10 daqiqa).
O’quvchilarga o’tgan mavzu yuzasidan tarqatma materiallar berish va ularning bilimlarini mustaxkamlash.
O’quvchilar javoblari umumlashtirilib va Yangi mavzu yuzasidan yo’l-yo’riqlar beriladi.
3. Yangi mavzu yuzasidan yo’l-yo’riqlar (60 daqiqa).
Reja:
Yangi mavzuni tushuntirish uchun reja beriladi va rejaga asosan tushuntiriladi.
1.Qo’lda bajariladigan ish turlari. (10 daqiqa)
2.Qo’l ishlarini bajarishda ish o’rnini tashkil qilish va ishatiladigan asboblar va jio’ozlar (10 daqiqa)..
3.Qo’l ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi va sanitariya-gigiena talablari (10 daqiqa)..
4. Qo’l Choklaridan namunalar tikish (amaliy mashg’ulot) (30 daqiqa).
III. Dars yakuni.

  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.(10daqiqa)

  2. Uyga vazifa berish. (3daqiqa)

  3. Ish o’rnini yig’ishtirish. (2 daqiqa)

Mashg’ulotni o’tkazish yuzasidan metodik tavsiyalar
Bu mavzu Mehnat ta`limining 5-sinf «Servis xizmati» yo’nalishi, «Asbob-uskunalar va ularni ishlatish» bo’limida o’qitiladi. O’quvchilar gazlamalarga ishlov berishda qanday qo’l ishlarining turlari mavjudligini, qo’l ishlarini bajarishda qanday asbob-uskunalardan foydalanish mumkinligini, ulardan foydalanishda xavfsizlik texnika qoidalariga rioya qilishni bilib olishlari kerak. Qo’l ishlari deganda o’quvchilar ko’proo’ qo’lda Chok tikishni tushunadilar, dazmol bilan ishlash, buyumlarni tikishga tayyorlash, ortiqcha iplardan tozalash ishlari qam qo’l ishlariga kirishini tushuntirib berish lozim bo’ladi. Boshlang’ich sinflarning Mehnat ta`limi darslarida shu mavzu umumiy tushuncha berish bilan tugallangan, endi esa tikuvchilik o’unariga kirishilgan xolatda ma`lumotlar beriladi.
Mavzuni o’qitishda nazariy dars shaklidan, suo’bat, og’zaki, ko’rgazmali dars metodlaridan foydalanish mumkun. Qo’lda bajariladigan ishlarni multimedia, diofilm orqali o’quvchilarga ko’rsatiladi. Qo’l ishlarini bajarishda ish o’rniga qanday talablar qoyiladi va ulardan asosiy maqsad nimadaligini suo’bat yoki og’zaki metoddan foydalanib o’quvchilarga etkazish mumkun. Qo’l ishlarini bajarishda ishlatiladigan asbob-uskunalarni to’g’ri joylashtirilishi ishchiga qulaylik yaratishini va xavfsizlik texnikasining ta`minlanishiga olib kelishini plakatlar orqali tushuntirish mumkun.
O’quvchilar dars jarayonida olgan bilimlarini tarqatma materiallardan foydalanib tekshirib ko’riladi. Yangi pedogogik texnologiyalaridan foydalangan o’olda o’quvchilarning olgan bilimlari mustaqkamlanadi. «Insert» texnologiyasi orqali «Bilar edim, bilishni xoxlar edim, bilib oldim» jadvalini to’ldirib chiqish mumkun. Bunda albatta o’quvchilarning olgan bilimlari yanada mustaxkamlanadi.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling