1-Mavzu: Texnologiya fani dasturi bilan tanishtirish. Mavzu rejasi: Texnologiya fani milliy dasturi haqida
Download 1.35 Mb.
|
2 курс амалий УМК
Dazmollash usullari.
1. Dazmollash – gazlamani yoki tayyor kiyimni silliqlash, tekislash demakdir. 2. Yorib dazmollash – Choklarning orasini ochib, ikki tomonga yotqizib dazmollash. 3. Bostirib dazmollash – Choklarni bir tomonga yotqizib dazmollash. 4. Siqib dazmollash – suvlab, bir tomonga siqib dazmollanadi. Engil kiyimlar tikishda qo’l ishlari uchun mo’ljallangan ish o’rnida stol, stul va oyoq qoyiladigan taglik bo’lishi shart. Stolning o’ng tomoniga qo’l etadigan joyga ipli g’altaklar uchun maxsus taglik qoyiladi. Qo’lda bajariladigan ishlar uchun zarur asbob va ish o’rniga harash predmetlari stol tortmalarida saqlanadi, ish vaqtida esa ular ishchining o’ng tomoniga stolga yoki tokchalarga qoyiladi. Qo’lda bajariladigan ishlar uchun zarur asboblarga; qo’l ignalari, angishvona, qaychi santimetrli lenta, moslamalarga esa maneken andoza, pichoqli ùalqa, to’nog’ich va boshqalar kiradi. Ishning sifati, ishchining ish unumi, ish qobiliyati va kayfiyati ko’p jixatdan asbob va moslamalarni to’g’ri tanlashga bog’liq. Asbob va moslamalar kiyim tikiladigan gazlama va bajariladigan ishlarning xiliga harab tanlanadi. Qo’l ignalari o’tkir, elastik, sinmaydigan, silliq, teshigidan bemalol ip o’tadigan bo’lishi lozim. Ignalarning yo’g’onligi va uzunligi teshiklarning kattaligi ùar xil bo’ladi. Ignalar uzunligi va diametri boyicha nomerlarga 1dan 12gacha bo’linadi. Toq nomerli ignalar juft nomerli ignalardan uzunroq bo’ladi. Ignalar tikilayotgan buyumning xiliga, gazlamaga va bajarilayotgan ishga harab tanlanadi. Ishlatilayotgan iplarning nomeri ùam ignalar va gazlamalarga moslab tanlanadi. Angishvona ignani gazlamaga qadash paytida barmoqni ignadan asrash uchun xizmat qiladi. U o’ng qo’lning o’rta barmog’iga taqiladi. Angishvona sirtida shaxmat tartibida joylashgan ko’zlar ignaning sirpanib ketishiga yo’l qoymaydi. Angishvona o’rta barmoqqa jips kiyilib turadigan bo’lishi kerak. Ishni qo’lda tikishda ipning uzunligi, ya`ni qatim 60-80sm dan oshmasligi kerak. Ninani o’ng qo’l bashmaldog’i va ko’rsatkich barmog’i bilan ushlash lozim. 1-rasm. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling