1-Mavzu: Texnologiya fani dasturi bilan tanishtirish. Mavzu rejasi: Texnologiya fani milliy dasturi haqida


Download 1.35 Mb.
bet22/33
Sana22.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1219955
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33
Bog'liq
2 курс амалий УМК

II-guruh- PAZANDACHILIK TARIXI VA TARAQQIYOTI.

Pazandalik insoniyatning eng qadimiy san'atlaridan biri bo'lib, uning kelib chiqishi olovdan foydalanish, dehqonchilik va chorvachilik kabi sohalarning ilk davri bilan birga boshlanadi va shu sohalarning ravnaqiga bog'liq holda rivojlanadi.


Pazandalik- pishirish san’ati dcmakdir.Ko'p yillar davomida pazandachilik rivojlanib kelmoqda va turli xalqlarda bu san'at vositasi bilan son-sanoqsiz taom va mahsulotlar ijod etilgan. Bu san’atning rivojlanishi oziq-ovqat masalliqlarini etishtirilishi vaturli tuman oziq-ovqat mahsulotlarini sanoatda ishlab chiqarilishiga bog'liqdir.
Ovqailanish inson hayolining asosiy sharti hisoblanadi. Ovqat tayyorlash usullari va ulaning rivojlanishi mamlakatning iqtisodiy hamda iqlim bilan, shuningdek, jamaiyat tarixi va xalqning madaniy turmushi darajasi bilan belgilanadi.
O'zbek milliy pazandaligi ham faoliyatning boshqa turlari kabi doimo o'zgarib va takomillashib borgan. XIX asrga kclib O’zbekistonda ham pomidor, karam. kartoshka. lavlagi kabi sabzavotlar; malina. qulupnay kabi rezavorlar etishurila boshlandi. Taomlarning turlari ko'paydi.Sabzavotlar, mevalar, ko'katlar ko'pligi sababli bizning taomlar xushboyligi, mazaliligi bilan ajralib turadi. Taomlarning xilma-xil va lazzatli bo'lishini ta'minlash, ularni did bilan dasturxonga tortish pazandachilikning asosini tashkil qiladi.
Pazandalik san'ati - o'simlik va hayvon mahsulotlaridan inson organizmi uchun zarur bo’lgan onsonning mehnat qobiliyatini oshiradigan, sog'lom hayot kechirishini ta'minlaydigan turli hil lazzatli, to'yimli va pokiza taomlar tayyorlash xamda did bilan bezab dasturxonga berishning muayyan usullari yig'indisidir
«Pazanda» deganda esa kishining bilimli, did- farosatli, o’quvli, mahoratli chaqqon bo'iishi,havas bilan taomlami tayyorlashni bilishi bilan birga oziq-ovqat mahsulotlaridan isrof qilmasdan,tejainkorIik,omilkorlik bilan foydalanadigan, oshxonani, asbob-anjomlami pokiza va sarishta tutadigan, mehmonlarni yaxshi kutib oladigan, xususiyallariga ega bo'lishi tushuniladi.
( 3-ilova )

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling