1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha


Download 360.06 Kb.
bet26/57
Sana15.06.2023
Hajmi360.06 Kb.
#1486181
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   57
Bog'liq
1-mavzu Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi h

Nafas fiziologiyasi. Nafas olish va nafas chiqarishning bir maromda almashinib turishi nafas akti deb ataladi. Osoyishta nafas olingan paytda tashqi qovurgʻalararo muskullar, diafragma va koʻkrak qafasini kengaytiradigan nafas muskullari qisqaradi, shuning natijasida plevra ichidagi bosim kamayib, oʻpkaning kengayishi uchun sharoit yuzaga keladi. Shu vaqtda atmosfera havosi havo o'tkazuvchi yollar orqali kirib, alveolalalarni to'ldiradi. Nafas olish nafas harakatlarining bir daqiqadagi soni nafas tezligi deb ataladi. Nafas tezligi erkaklarda 16 ta ayollarda 18 ta boiadi.
Nafas ikkita tashqi va ichki nafas olishga boʻlinadi. Tashqi nafas olish deb oʻpka bilan qon oʻrtasidagi gaz ahnashinuviga aytiladi. Ichki nafas olish yoki toʻqimalar aro nafas olish deb, hujayralarda modda almashinuvini taʻminlovchi toʻqimalar bilan qon o ʻrtasidagi gaz almashinuviga aytiladi. Tashqi muhitdan olinayotgan nafas havosida 20,95% kislorod, 0,03-0,04% karbonat angidrid gazi, 79,02% azot, 0,47% suv parlari boladi. Nafas bilan chiqarilgan havo tarkibida esa 16,3% kislorod, 4% karbonat angidrid, 79,1% azot bo'ladi. Havoda kislorod miqdori asosan bir meʻyorda saqlanadi, yuqori balandlikda biroz oʻzgaradi.
Odam nafas olayotganda havoda CO2 miqdorini 2-3% qadar ortishiga chiday oladi. Agarda CO2 miqdori 4-5%oga yetsa, odamning yurak qisqarishi tezlashadi, bosh ogʻriydi, qusadi, hushidan ketishi mumkin. Odam uchun ayniqsa CO2 gazi nihoyatda zararh bo'lib hisoblanadi.
Daqiqalik oʻpka ventilyatsiyasi deb bir daqiqada nafasga olinadigan havo miqdoriga aytiladi. Bu hajm 1 daqiqadagi nafas harakatlari sonkoʻpaytirilgan nafas hajmiga teng. oʻpkaning hayotiy sigimi deb oldin chuqur nafas olib turib, keyin nafas chiqarish mumkin bo'lgan havo miqdoriga aytiladi. Bu bir marta nafas olgandagi oʻpkaning hajmidir. Uni spirometrda olchanadi.

Oʻpkaning hayotiy sigʻimi va nafas olishning tartibga solinishi.


Nafas olish va nafas chiqarish harakatlari natijasida oʻpkalarga, yaʻni ularning alveolalariga uzluksiz ravishda tashqi muhitdan havo kirib va chiqib turadi. Odam tinch holda nafas olganda, uning oʻpkalariga oʻrtacha 500 mi havo kiradi va nafas chiqarganida 500 mi havo chiqariladi. Bu nafas havosi deb ataladi. Odam chuqur nafas olganida yuqoridagi 500 mi havodan tashqari, oʻpkalarga yana 1500 mi havo kiradi. Chuqur nafas chiq arganda, xuddi shuncha (1500 mi) havo chiqariladi. Bu qoʻshimcha havo deb ataladi.
Agar odam chuqur nafas chiqarib, soʻngra chuqur nafas olsa, nafas havosi va qoʻshimcha havodan tashqari oʻpkaga yana 1500 mi havo kiradi. Bu rezerv havo deb ataladi. Shunday qilib, nafas havosi (500 mi), qoʻshimcha havo (1500 ml) va rezerv havo (1500 ml)lar yig'indisi oʻpkaning tiriklik sigʻimi deb ataladi. Bu erkaklarda oʻrtacha 3500 mi, ayollarda 3000 mi boladi. Jismoniy mehnat, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanuvchi, chiniqqan odamlarda oʻpkaning tiriklik sigʻimi ortib, 4500 mi ga yetadi.
Aksincha, jismonan ojiz, jismoniy mashqlar bilan shugʻullanmaydigan odamlarda o ʻpkaning tiriklik sigimi yuqorida koʻrsatilgan normadan (3500 mm dan) kam boʻlishi mumkin. 0 ʻpkalar tiriklik sigimini kam yoki koʻp bo'lishiga qarab, odamning jismonan chiniqqanhgi yoki chiniqmaganhgiga baho berish mumkin.

Download 360.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling