1 mavzu tibbiyot deontologiyasi asoslari. Hozirgi zamon tibbiyotida yatrogeniya, evtanaziya muammolari. Muloqot turlari. Klinika faoliyati bilan tanishish. Davolash muassasalari faoliyatini tashkil etish
Download 278.01 Kb.
|
1-курс ЛОТИН ўзбекча КИТОБ тайёр
- Bu sahifa navigatsiya:
- Standart parhezlar sistemasi
Parhez №15 (umumiy stol)
Ko‘rsatmalar;parhez taomlardan odatiy ovqatlanishga o‘tish jarayoni, mazkur parhezni oshqozon ichak xastaliklariga chalinmagan bemorlarga tavsiya etiladi Parhez maqsadlari; Kasalxona sharoitida to‘laqonli taomlanishni taminlash bo‘lishi sog‘lom odam taomidan aslo farq qilmaydi. Vitaminlar miqdori oshirilgan bo‘ladi. Taomga barcha kulinar ishlov usullarida ishlov berish mumkin, taom harorati odatiy, taomnomadan faqat juda achchiq va juda qiyin hazm bo‘ladigan maxsulotlar chegaralanadi. Kimyoviy tarkibi va energetik qiymati; oqsillar 90-95 gr (55%hayvon), yog‘lar 100gr (30% o‘simlik) uglevodlar 400gr, energetik qiymati 11.7-12.1 MDj (2800-2900kkal) NaCl 15 gr .Suyuqlik mikdori1.5-2 l va undan ko‘p Ovqatlanish tartibi;4 martalik qabul CHeklanadigan taom va maxsulotlar; Juda yog‘li maxsulotlar garmidori xantal. Standart parhezlar sistemasi Standart parhezlar yuqoridagidek kasallik turiga qarab emas balki parhezning energetik qiymati inobatga olingan holda tuzib chiqiladi Standart parhezning asosiy varianti Bular 1,2,3,5,6,7,9,10,13,14va15 parhezlar. Ko‘rsatmalar gastrit o‘n ikki barmoq ichak va oshqozon yarasi, qabziyat ichak xastaliklari, jigar yetishmovchilik kasalligi, nefrolitiaz, fosfaturiya, qandli diabet, giperurekemiya, surunkali gepatit, diatez, podagra, surunali xolesistit Parhezning ko‘p oqsilli varianti Bular 7a, 7b parhezlar. Ko‘rsatmalar; surunkali glomerulonefit. Past kalloriyali parhez Bular 8,9,10c parhezlar Ko‘rsatmalar; oshiqcha vazn, semizlik qandli diabetning 2-chi tipi ortiqcha vazn bilan kuzatiladigan yurak qon tomir sistemasi xastaliklari. Ovqatlanish tartibi Parhezni davolash muassasalarida bosh vrach belgilaydi uning yo‘qligida mazkur muassasadagi bosh vrach o‘rinbosari belgilaydi. Shifobaxsh ovqatlantirish va parhez tuzish uning oqibatlariga vrach dietolog javobgar hisoblanadi. U diet hamshiralarni boshqaradi va ozuqa blok ishlari bilan ham shug‘ullanadi. Agar davolash muassasasida vrach dietolog lavozimi bo‘lmasa bu ishlarni diet hamshira bajaradi. Dietolog vrachning majburiyatlariga parhezlarni to‘g‘ri tuzish, ularning to‘g‘ri amal qilinishini kuzatish, taomnomani kuzatish, taomlarning kimyoviy va sifat tarkibini tekshirish va yana bir qancha ishlar kiradi. Diet hamshira bo‘lsa ozuqa blogida ishlarni kuzatish va sanitar gigienik qoidalarga amal qilinishini nazorat qilishni o‘z zimmasiga oladi. Parhezni tuzish va uni ro‘yxatga olish Parhezni vrach belgilaydi va kasallik tarixiga va maxsus parhez qog‘oziga kiritadi keyin odatda kunning ikkinchi yarmida palata hamshirasi ushbu parhez haqida malumot olib ikki ekzemplyarda porsionnik tayyorlaydi porsionnikda (4-3jadval.) ism sharif,palata raqami parhez raqami va sana yoziladi. 4-3 jadval
Jami ;parhez№ 12---….kishi
Ertalab palata hamshirasi porsionnilning birini katta hamshiraga ikkinchisini bufetga beradi katta hamshira palata hamshiralaridan olgan ma’lumotlarga tayanib porsion talabli jadvalni (4-4jadv.) to‘ldiradi va ozuqa blogiga taqdim etadi 4-4 Jadval porqion talabnamunasi
Bo‘lim boshlig‘i imzosi ………… Katta hamshira imzosi ………….. Download 278.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling