1-mavzu: Til va tafakkur, ularning o’zaro munosabati


Download 451.5 Kb.
bet10/75
Sana18.12.2022
Hajmi451.5 Kb.
#1031427
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   75
Bog'liq
REFERAT - TIL VA TAFAKKUR, ULARNING O’ZARO MUNOSABATI. TIL VA NUTQ. NUTQIY FAOLIYAT KO’RINISHLARI

Mavzu bo’yicha testlar:

    1. Hozirgi adabiy til qaysi shevalar asosida shakllantirilgan?

A) Buxoro, Samarqand
B) Toshkent, Farg’ona
C) Jizzax, Sirdaryo
D) Andijon, Marg’ilon
2. Hozirgi o’zbek adabiy tilining asosi bo’lgan Toshkent va Farg’ona shevalari qaysi lahjaga mansub?
A) qarluq
B) qipchoq
C) o’g’uz
D) uyg’ur
3. “Davlat tili haqida”gi qonunga qachon o’zgartirish kiritildi?
A) 1993-yil 2-sentabr
B) 1995-yil 24-avgust
C) 1989-yil 21-oktabr
D) 1995-yil 21-dekabr
4. Yangi tahrirdagi “O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari” qachon tasdiqlandi?
A) 1993-yil 2-sentabr
B) 1995-yil 24-avgust
C) 1989-yil 21-oktabr
D) 1995-yil 21-dekabr
5. “Davlat tili haqida”gi qonun necha moddadan iborat?
A) 20 B) 33 C) 82 D) 24
6. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida “O’zbekiston Respublikasining Davlat tili o’zbek tilidir”, deb yozilgan?
A) 4- moddasida
B) 1- moddasida
C) 8- moddasida
D) 5- moddasida

4-mavzu: To’g’ri yozish savodxonlik asosi. O’zbek imlosining nazariy asos va tamoyillari


Reja:


  1. Savodxonlik – madaniyatlilik belgisi.

  2. Talaffuz va imlo masalalari.

  3. O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari va bo’limlari.

Mavzuga bog’liq tayanch tushunchalar: savodxonlik, imlo, orfografiya, talaffuz, til me’yorlari.

Og’zaki va yozma savodxonlik til me’yorlarini puxta o’zlashtirish bilan bog’liq. Har qaysi zamonda, har qaysi makonda savodxonlik insonning yaxshi fazilati sifatida ulug’lanib kelingan. Og’zaki va yozma savodxonlikka erishishni ta’minlovchi tilshunoslikning bo’limi orfoepiya, orfografiya sanaladi.


Talaffuz imlo bir-biri bilan uzviy bog’liq. Adabiy til qonuniyati asosida to’g’ri yozish qanchalik muhim bo’lsa, to’g’ri talaffuz qilish ham shunchalik zarur. Ammo so’zning talaffuzi bilan yozilishi doim ham to’g’ri kelavermaydi. Masalan, iztirob, izquvar, bo’zchi, tuzsiz kabi so’zlarda jarangsiz undoshdan oldin “s” aytilsa ham, “z” yoziladi. Yoki baland, Samarqand, poyezd; do’st, g’isht kabi so’zlarda d,t tovushi ba’zan aytilmasa ham, yozuvda yoziladi.
1995-yilning 24-avgustda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan 339-son Qarorida 82 qoida mavjud bo’lib yetti bo’limda o’z ifodasini topgan. Bular: “Harflar imlosi”(1-32 qoida), “Asos va qo’shimchalar imlosi”(33-37 qoida), “Qo’shib yozish” (38-50 qoida), “Chiziqcha bilan yozish” (51-56 qoida), “Ajratib yozish” (57-65) “Bosh harflar imlosi” (66-74 qoida), “Ko’chirish qoidalari” ( 75-82 qoida)
5-mashq.
Ko’chiring. So’zlarning imlosi va talaffuziga e’tibor bering.
Tatbiq, taalluqli, taassuf, taomil, tafovud, tavsilot, xatti-harakat, oliyjanob, hasharot, mutaxassis, muomala, miqyos, toshbag’ir, qabihlik, dasturulamal, jangovar, istehzoomuz, tajovuzkor, xushmuomala, taraddut, astoydil, manba, felyeton, tazyiq, takabbur.



Download 451.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling