1-mavzu: Til va tafakkur, ularning o’zaro munosabati


Yonma-yon keladigan undoshlarning imlosi


Download 451.5 Kb.
bet13/75
Sana18.12.2022
Hajmi451.5 Kb.
#1031427
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   75
Bog'liq
REFERAT - TIL VA TAFAKKUR, ULARNING O’ZARO MUNOSABATI. TIL VA NUTQ. NUTQIY FAOLIYAT KO’RINISHLARI

Yonma-yon keladigan undoshlarning imlosi:
1) baland, Samarqand, poyezd; dost, artist, g’isht kabi so'zlarda d, t tovushi ba'zan aytilmasa ham, yoziladi;
2) metall, kilogramm, kilovatt, kongress kabi o'zlashma so'zlar oxirida bir undosh aytilsa ham, ikki harf yoziladi. Lekin bunday so'zga xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qism qo'shilsa, so'z oxiridagi bir harf yozilmaydi: metall + lar= metallar, kilogramm + mi = kilogrammi kabi.
- tutuq belgisi:
1) a’lo, ba'zan, ma’yus, ta'zim; ra'y, ta’b; e’lon, e’tibor, e’tiqod, me’mor, ne’mat, she’r, fe'l; Nu’mon, shu'la kabi o'zlashma so'zlarda unlidan keyin shu unli tovushning cho'ziqroq aytilishini ifodalash uchun qo'yiladi; mo'jiza, mo'tadil, mo'tabar kabi so'zlarda o’ unlisi cho'ziqroq aytilsa ham, tutuq belgisi qo'yilmaydi;
2) in'от, san'at, qat’iy, mas'ul kabi o'zlash­ma so'zlarda unlidan oldin shu unli oldingi undosh tovushdan ajratib aytilishini ifodalash uchun qo'yiladi.

II topshiriq. Yozilishi murakkab bo’lgan so’zlar qatnashgan saylanma diktant tashkil eting. Shu asosida “Eng zo’r savodxon” g’olibini aniqlang.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

    1. Kishilar nutqida kimgadir nisbatan “savodli inson” jumlasini eshitib qolasiz. Shu jumlaga munosabatingizni bildiring.

    2. Imlo savodxonligi deganda nima tushunasiz?

    3. Og’zaki va yozma til me’yorlari tilshunoslikning qaysi bo’limlarida o’rganiladi?

    4. Qo’sh unli va qo’sh undosh so’zlar asosan qaysi tillardan o’zlashgan so’z qatlamida uchraydi?

    5. Kitob javoningizda imlo lug’ati bormi? Yana qanday lug’at turlarini bilasiz?



III topshiriq. Imlo lug’atidan foydalanib, har bir harf bo’yicha imlosi qiyin so’zlardan 10-15 ta yozing.


Adabiyotlar:
1. Каримов И.А. Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиёти пойдевори. Тошкент. 1998.

    1. Abdurahmonov G’., Rustamov H. Ona tili. 10-sinf uchun darslik. Toshkent, “O’qituvchi ”, 2004.

    2. Rafiyev A., G’ulomova N. Ona tili va adabiyot. Toshkent, “Sharq”, 2009.

    3. O’zbek tilining imlo lug’ati. A.Hojiyev tahriri ostida. . Toshkent,

“O’qituvchi ”, 1997.

Download 451.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling