III topshiriq. Joy nomlari (topominlar)ni ifodolovchi qo’shma so’zlar yozing.
13-mashq.
Qavs ichidagi so’zlarni chiziqcha bilan, qo’shib, ajratib yozing, izohlang.
O’rta(Chirchiq), orom(baxsh), har (kun), she’r(yurak), temir(tersak), och(yashil), kiyim(kechak), rang(barang), achchiq(tosh), to’q(qizil), oz(moz), to’rt(kul), eks (chempion), qiyma(taxta), unter(ofitser), qo’zi(qorin), taklif(noma), kirdi(chiqdi), bir yuz yigirma(besh), sotib(olmoq), ko’k(sulton), yer-u(ko’k), yuzma(yuz), tasdiq(qildi), g’ayri(tabiiy), baqa(terak), jigar(rang), kilovatt(soat).
14-mashq.
Nuqtalar o’rniga mos so’zlarni qo’yib, juft va takror so’zlar hosil qiling.
Temir.., ota.., ekin..,shovqin..,to’y.., shon..,qosh.., harf.., yarog’..,say.., xatti.., raxm..,azob..,asbob..,orzu..,choy..,non..,yosh.., bola.., qavm..,urf..,ot..,kuch..,o’g’il..,yosh..,imo…
15-mashq.
Qismlari o’zaro sinonim, o’zaro antonim, o’zaro ma’nosi yaqin juft so’zlarni uch guruhga bo’lib yozing.
Azob-uqubat, alam-hasrat, yer-ko’k, chol-kampir, baxt-taxt, o’g’il-qiz, igna-ip, yem-xashak, or-nomus, tog’-tosh, mol-mulk, murod-maqsad, qish-u yoz, savol-javob, ko’rpa-to’shak, nevara-chevara, achchiq-chuchuk, yaxshi-yomon, uzoq-yaqin, qo’y-qo’zi
IV topshiriq. Yuqoridagi qatorni davom ettiring.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
Qo’shma so’z sodda,juft, takror so’zlardan qanday farqlanadi?
Qo’shib yoziladigan qo’shma so’zlar haqida gapiring.
Ajratib yoziladigan qo’shma so’zlar haqida gapiring.
Chiziqcha(defis) bilan yoziladigan so’zlar haqida ma’lumot bering.
Juft so’zlar o’rtasida ikki so’zni bog’laydigan -u, -yu bog’lovchisi bo’lsa, qanday yoziladi?
6. Non-pon, osh-posh, ot-pot, choy-poy shaklidagi takrorlarni izohlang. Nutqdagi imkoniyati qanday?
Adabiyotlar:
Каримов И.А.Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиёти пойдевори. Тошкент. 1998.
Abdurahmonov G’., Rustamov H. Ona tili. 10-sinf uchun darslik. Toshkent, “O’qituvchi ”, 2004.
Rafiyev A., G’ulomova N. Ona tili va adabiyot. Toshkent, “Sharq”, 2009.
O’zbek tilining imlo lug’ati. A.Hojiyev tahriri ostida. . Toshkent,
“O’qituvchi ”, 1997.
Do'stlaringiz bilan baham: |