1-mavzu: Til va tafakkur, ularning o’zaro munosabati
Download 451.5 Kb.
|
REFERAT - TIL VA TAFAKKUR, ULARNING O’ZARO MUNOSABATI. TIL VA NUTQ. NUTQIY FAOLIYAT KO’RINISHLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- I topshiriq.
- II topshiriq
- Adabiyotlar
16-mashq.
Gaplarni ko’chiring. Bosh harflar bilan yozilgan so’z va so’z birikmalarini qaysi qoidaga muofiqligini aniqlang. 1. E. Vohidov va A.Oripov kabi iste’dodli adiblarimiz “O’zbekiston Qahramoni” unvoniga sazovor bo’lishgan. 2. E.Vohidovning “Nido” dostoni o’ta ta’sirli yozilgan. 3. A.Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asari 1913-yilda yozilgan. 4. Do’stimning opasi SamDUda o’qiydi. 6. Hurmatli K.Akobirov Sizni bu kungi tantanali visol oqshomiga taklif etamiz. 7. Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’atit turk” asari O’rta Osiyo turkiy tillarining eng bebaho yodgorligidir. I topshiriq. Bosh harf bilan yoziladigan geografik joy nomi, taxallus, tashkilot, orden, medal, adabiy asar, mahsulot nomlariga 10tadan misol yozing. Qisqartma so’zlar haqida bilib oling. So’z qismlarini qisqartirish yo’li bilan hosil bo’lgan so’zlar qisqartma deyiladi. Qisqartma otlarning yozilishi quyidagicha: So’zlarning birinchi harfidan tuziladigan qisqartma so’zlarning har bir tovushi bosh harf bilan yoziladi va ularning orasida nuqta qo’yilmaydi: BMT, MDH, EHM va b. Qisqartma tarkibida bo’g’inga teng qism bo’lsa, uning birinchi harfigina bosh harf bilan yoziladi: Tosh DTU (Toshkent davlat texnika instituti), BuxDU (Buxoro davlat universiteti) Izoh: Ism, ota ismi, familiyalar yoki ularning bir qismi qisqartirilishi mumkin: A.Fitrat, Z.M.Bobur. o’qishda ular to’la nom bilan aytiladi. Bularga nisbatan shartli qisqartmalar birikmasi qo’llaniladi. 17-mashq. Berilgan qisqartma so’zlarni o’qib ko’ring va to’liq holda ko’chirib yozing. AQSH, O’ZMU, MDH, XXP, EHM, SamPI, QarDU, AYQSH Esda saqlang: qisqartma so’zlarning talaffuziga e’tibor bering: BMT(Be em te), MDH (Em de ha) va b. II topshiriq. Qisqartma so’zlar ro’yxatini tuzing. Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: Turli faxriy unvon va ordenlarga sazovor bo’lgan kishilar nomini sanang. Yozuvchi va shoirlar taxallusini ayting. Qaysi shahar va tumanlarda bo’lgansiz? Qaysi dengiz, daryo, kanal, ko’l nomlarini bilasiz? Qisqartma so’zlar qaysi usullarda hosil bo’ladi? Atoqli otlar va bosh harflar imlosi bir hodisami, ularning farqi nimada? Adabiyotlar: Каримов И.А.Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиёти пойдевори. Тошкент. 1998. Abdurahmonov G’., Rustamov H. Ona tili. 10-sinf uchun darslik. Toshkent, “O’qituvchi ”, 2004. Rafiyev A., G’ulomova N. Ona tili va adabiyot. Toshkent, “Sharq”, 2009. O’zbek tilining imlo lug’ati. A.Hojiyev tahriri ostida. . Toshkent, “O’qituvchi ”, 1997. Download 451.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling