1-mavzu: Til va tafakkur, ularning o’zaro munosabati


Download 451.5 Kb.
bet34/75
Sana18.12.2022
Hajmi451.5 Kb.
#1031427
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75
Bog'liq
REFERAT - TIL VA TAFAKKUR, ULARNING O’ZARO MUNOSABATI. TIL VA NUTQ. NUTQIY FAOLIYAT KO’RINISHLARI

28-mashq.
O’qing. Metafora yo’li bilan ma’nosi ko’chgan so’zlarni aniqlang. Gaplarni ko’chirib, ma’nosi ko’chgan so’zlarning tagiga chizing.
1. Sodiq ham o’lim yoqasida. Endi siz bilan ikkimizgina qoldik. (A. Qodiriy) 2. Ikki ko’zi har nav mollar bilan to’la xurjunni yelkaga tashlab, inqillab kirdi. (Oybek) 3. Tog’larning etagidan uchib maysaga yetar. (Mirmuhsin) 4. Quyosh botib ketdi. Bir tutam nuri varrak dumlariga ilashib qoldi. (Shukrullo) 5. Xayriyat, eshikning kaliti burnida qolgan ekan. (S. Ahmad).


I topshiriq. Badiiy asarlardan metafora yo’lida ma’no ko’chish kuzatiladigan o’n ta gap yozing.


II topshiriq. Sifat, fe’l turkumiga oid metaforalarga misollar toping.


III topshiriq. Xom, pishgan, kesmoq, so’ramoq so’zlarini ko’chma ma’noda qo’llab gaplar tuzing.
29-mashq.
Metonomiya yo’li bilan ma’nosi ko’chgan so’zlarni topib, izohlang.
1. Butun vujudi bilan berildi u o’qishga. Har kun olib papkasin, Qatnar u “Navoiy”ga. (Mirmuhsin) 2. Butun qishloq bizni so’zlaydi, To’yimizni doim ko’zlaydi. (H. G’ulom) 3. Sizning kelishingizni eshitib, butun Marg’ilon ko’chib chiqdi. (H. Nu’mon) 4. Sakkizda eding, o’n oltiga qadam qo’yding. (H. G’ulom) 5. Zal gurullab kulib yubordi. (A. Qahhor)


IV topshiriq. Metonimiya yo’lida ma’no ko’chgan she’riy misralar ayting va izohlang.


V topshiriq. Quyidagi she’riy parchada kuzatiladigan ma’no ko’chishni aniqlang.
Lermontovni tashlamadim hech,
So’ngra qo’lga oldim Hofizni.
Pushkin menga ko’rsatdi har kech,
Yig’lab turgan bir cherkas qizni.


30-mashq.
Gaplarni o’qib, ko’chma ma’noli so’zlarni aniqlang. Sinekdoxa yo’li bilan ma’nosi ko’chgan gaplarni ko’chiring.
1. Egizakni ko’p tug’ar qo’ylar, Ko’payadi suruvga tuyoq. (Mirmuhsin) 2. Eshitgan quloq nima deydi. (H. G’.) 3. Allo, hozir Toshkent bilan gaplashasiz. 4. O’ttizga kirsam ham cho’chib turaman, Ko’zim tushsa oq xalatlarga. (E. Vohidov) 5. Surxonboy zal etagida tik turib bolalarini uzundan-uzoq duo qildi. (I. R.) 6. Qulingizdan qolgan yolg’iz tirnoq bu. (Y. Sulaymon) 7. Qishloq uyg’onmoqda. 8. Quvnoq tongning oltin bo’sag’asida, Tongni kutar quvnoq ming-ming ko’z. (Mirmuxsin)


VI topshiriq. O’qib turgan badiiy asarlaringizdan metafora, metonimiya, sinekdoxaga misollar topib ko’chiring, izohlab bering.

Download 451.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling