1-mavzu: Til va tafakkur, ularning o’zaro munosabati


Download 451.5 Kb.
bet64/75
Sana18.12.2022
Hajmi451.5 Kb.
#1031427
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   75
Bog'liq
REFERAT - TIL VA TAFAKKUR, ULARNING O’ZARO MUNOSABATI. TIL VA NUTQ. NUTQIY FAOLIYAT KO’RINISHLARI

6-topshiriq
1. Ulusni kim etar baxtiyor?
Mast, beparvo taxtda hukmdor?
Tafakkurni uzdi shu dami
Yosh mulozim chiroyli sasi:
Ruxsat tilar ikki musofir. (Oybek)
2. Ikki qo’li qonga belangan jallod ham bu xil nafis tongda ... hayotidan kechgan eng lazzatli, eng mo’tabar onlarni eslaydi. (S. Ahmad)
3. Solihboyning oldiga qozi, hokim, pristavlar kirib kelishdi. (Hamza)
4. Yetmish kunlik qamaldan keyin uch ming sipohini bir yarim mingga tushirib, bir yarim ming sipohini Toshkent qo’rg’onlari ostida qurbon berib, Normuhammad qushbegi quruq qaytishga majbur bo’ldi. (A. Qodiriy)
5. Uyqudan uyg’onib xon,
Oygulni so’ramadi.
Zindonga tashlangan jon
Ne bo’ldi ham demadi. (H. Olimjon)
6. Mirqosim yengil ta’zimdan so’ng mirshabxonaga qarab ketdi. (M.Ismoilov)
7. Komilov: A-a! Imoningiz komilmi? Demak, imoningiz bor ekan-da. Dushmanlarimiz bizni iymonsiz deydilar. Yolg’on! Bo’hton! Biz iymonsiz odamlar emasmiz. Bizning yuksak iymonimiz bor. Davrimizning eng ilg’or e’tiqodi va axloqi bizninng imonimiz bo’ladi. (I.Sulton).
1.Ko’chiring. Birinchi matndagi uslubiy betaraf so’zlar ostiga bir chiziq, uslubiy chegaralangan so’zlar ostiga ikki chiziq chizing.
2.Barcha matndagi, istorzmlar ostiga bir chiziq va arxaizmlar ostiga ikki chiziq chizing
3.Arxaizm, istorizm haqida ma’lumot bering, arxaizm, istorizmlarning o’zaro farqini bayon qiling.


7-topshiriq
1. Ba’zan dovon oshishingga ko’zing yetmay, yuraging orqangga tortib ketadi. (O’.Umarbekov)
2. So’nggi bir-ikki soat ichida yuz bergan bu ikki quvonchli hodisa Rahim Saidovning boshini aylantirib qo’ygan, kim bilandir ularni o’rtoqlashgisi kelib qolgan edi. (O’. Umarbekov)
3. Voy, qulog’ingizga tanbur chertyapmanmi? Uzukni-da! Qarang, shunaqasi menga juda yarashar ekan. (O’. Umarbekov)
4. Tansiq, go’yo bo’g’ilganday uh tortdi. Shunday qarindoshlarni ko’kka ko’targan dadasidan xafa bo’ldi u. (Oybek)
5. Zokir o’z bo’yniga olgan tashvishning naqadar qiyinligini endi sezdi. (P.Qodirov)
6. Ammo Egamberdi mashinaning quli. Tez orada uncha-muncha mexanikka ham so’z bermay qo’yadi u. (Oybek)
7. Jumaniyoz aka o’zi borib, Xiva xonining oyog’iga bosh urmoqchi. (Oydin)
8. Shermatov hozir nimadan og’iz ochsa, raisga kaltak bo’lib tushmoqda. (H.No’mon)

1. Ko’chiring. Frazeologizmlarning ostiga chizing. Frazeologizm haqida, uning turlari, o’zaro farqlari haqida ma’lumot bering.



Download 451.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling